Amaliy mashg‘ulotlar.
O‘zbekiston turoperatorlarining ikki xil turistlik mahsulotni (turini) oling va ularning iste’molchilik xususiyatlarini baholang. Ularni taqqoslang va xulosa qiling.
Tadqiqot qilanayotgan turlardagi xizmatlar optimalligini baholab xulosa chiqaring. Qaysi hollarda optimalroq dastur taklif etiladi? Bu ishlab chiqarishning qaysi omillariga bog‘liq?
Tadqiqot qilanayotgan turlarning har birida mehmondo‘stlikni ta’minlash dasturini ishlab chiqing.
Turoperatorlar reklama e’lonlarini tahlil qiling va ular orasidagi inklyuziv turlarni ajrating. Bunda o‘z qaroringizni tushuntirib bering.
Biror bir inklyuziv turning qo‘shimcha xizmatlarni inobatga olgan holda asosiy xizmatlar to‘plamini tuzing.
Tayanch iboralar: Turistlik mahsulot, tur, jozibador turistlik mahsulot yaratish, individual turlar, guruhli turizm, xizmat ko‘rsatish klasslari, «Lyuks klass», «Iqtisod klassi,» xizmatlar paketi (to‘plami), kompleks xizmat ko‘rsatish, buyurtmali tur, inklyuziv tur, paket tur, milliy turistlik mahsulot.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
Turistlik xizmatlarga nimalar kiradi?
Turistlik mahsulot deganda nimani tushunasiz?
Jozibador turistlik mahsulot yaratish qanday amalga oshiriladi?
Xizmat ko‘rsatish klasslarining turlarini bayon qiling.
Xizmatlar paketiga nimalar kiritiladi?
Milliy turistlik mahsulotning tarkibiga nimalar kiradi?
Amaliy mashg‘ulotlar natijalarini asoslab bering.
R
Tabiiy-
iqlim
resurslari
Tarixiy yodgorliklar
Do'stlaringiz bilan baham: |