Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instuti Moliya va moliyaviy texnika kurs ishi topshirdi Qo'nishov Doston Qabul qildi Xolboyev Umid


Download 0.72 Mb.
bet12/21
Sana12.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1767889
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
Qo\'nishov Doston kurs ishi

Funksional talab iqtisodiy ne′matning o`ziga (tovar yoki xizmat turiga) xos bo`lgan iste′mol xususiyatlari ta′sirida shakllanadi.
Nofunksional talab iqtisodiy ne′matga xos bo`lmagan iste′mol xususiyatlari ta′sirida shakllanadi. Unga ijtimoiy, spekulyativ va noratsional omillarni kiritish mumkin.
Ijtomoiy omillar iste′molchilarning ne′matga bo`lgan munosabati bilan uzviy bog`liqlikka ega. Ayrim iste′molchilar ko`pchilikka taqlid qilishni yoqtiradi va ko`pchilik nimani xarid qilsa, o`shani olishni ma′qul ko`radi. Ikkinchi turdagi iste′molchilar boshqalardan ajralib turishni xohlashadi va nihoyat yana bir toifasi yuqori darajadagi turmush farovonligi ta′sirida obru-e′tibor talab namoyishkorona iste′molni xush ko`radi. Shundan kelib chiqib amerikalik iqtisodchi X. Leybenstayn ijtimoiy omillar ta′sirida shakllanadigan talabni uch toifaga ajratgan:

  1. Ko`pchilikka ergashish samarasida iste′molchi atrofdagilar va modadan ortda qolmaslikka tirishib, ko`pchilik nimani ma′qul ko`rsa shuni

xarid qilishga moyil bo`ladi. Bunda uning xaridga oid hatti-harakati boshqalarning fikriga bevosita bog`liq bo`lib qoladi. Ko`pchilikka ergashish samarasi deganda iste′molchining umum qabul qilingan normalar ta′sirida ko`pchilik xarid qiladigan ne′matlarga talabini oshishi bilan bog`liq samara tushuniladi. Bunda talab elastikligi yuqori va talab chizig`i yotiq bo`ladi.

  1. Snob samarasida iste′molchining atrofdagilardan ajralib turishga ishtiyoqi baland boladi. Bu yerda ham uning tanlovi atrofdagilar hatti- harakatiga bog`liq, ammo bu teskari bog`liqlik. Snob samarasi boshqa insonlar shu ne′matni iste′mol qilishi ta′sirida talabda yuz beradigan teskari o`zgarishni ifodalaydi. Ya′ni, agar atrofdagilar shu ne′matga talab hajmini oshirsa, snob uni qisqartiradi yoki umuman iste′moldan voz kechadi. Snob samarasida talab elastikligi past bo`ladi.

  2. Veblen samarasi (T. Veblen nomidan olingan) obru-e′tibor ketidan quvib unutilmas taassurot qoldirish maqsadini ko`zlovchi namoyishkorona iste′molni nazarda tutadi. Bunda tovarning narxi ikki qismdan: real narx va obru keltiruvchi narxdan tashkil topadi. Veblen samarasi tovarning narxi qimmatligi tufayli iste′molchi talabining oshishi bilan bog`liq samarani aks ettiradi. Snob va Veblen samaralarining asosuy farqi shundaki, agar snob samarasida muayyan tovarga talab boshqalarning shu tovarni iste′mol qilish hajmiga bo`g`liq holda o`zgarsa, Veblen samarasida talab tovar narxining qimmat yoki arzonligiga qarab o`zgaradi.

Ne′matga xos xususiyatlardan xoli bo`lgan nofunksional talabga yana spekulyativ va noratsional talablar kiradi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling