Samarqand shahar 56-umumta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Urokov Xasan Ulmasovichning “omon matjon ijodi. “Vatan mehri”, “Avvalgilarga o‘xshamas” she’rlari mavzusida


Download 103.42 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi103.42 Kb.
#211882
1   2
Bog'liq
Omon Matjon

DARSNING BLOK SXEMASI


T/r

Bajariladigan ishlar mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yangi mavzu bilan bog‘lash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

4

Mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

Darsni yakunlash va rag‘batlantirish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi:

O‘quvchilar noan’anaviy tarzda guruhlarga ajratiladi.

  • I guruh “Matonat” III guruh “ Nafosat”
  • II guruh “Jasorat” IV guruh “ Kamolat”

Darsning tashkiliy qismi

  • salomlashish;
  • davomatni aniqlash;
  • sinf tozaligiga e’tibor berish.

O‘tgan darsni takrorlash:


Savollar

Javoblar

1.Tasavvuf ta’limotining maqsadi nima?

2.Tasavvufda komillikning qanday bosqichlaridan o‘tish kerak?

3.Tariqat so‘zining ma’nosi?

4.Tasavvuf adabiyotining markaziy tushunchasi.

5.Ishq necha turli bo‘ladi?

 

6.Majoziy ishq nima?

 

7.Haqiqiy ishq- chi?

Komil insonni tarbiyalash.

 

Shariat, tariqat, haqiqat.

 

Yo‘l

Ishq

 

2 xil bo‘ladi, 1.Majoziy ishq 2. Haqiqiy ishq

Olloh tonidan yaratilgan barcha narsaga bo‘lgan ishq.

Yaratganni tuyish, anglash va u bilan birashish.

OMON MATJON HAYOTI VA IJODI

Omon Matjon 1943-yili Xorazm viloyatining Gurlan tumani Bog‘olon (Balandlikdagi joy) qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi – Matjon Jumaniyoz o‘gli qishloq pochta bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Katta bobolari Jumaniyoz yirik savdogar boy bo‘lgan. Omonning onasi Xotira opa go‘zal va oqila ayol bo‘lib, bo‘lajak shoir hali go‘dak ekanligida olamdan o‘tgan.

SHOIR BOLALIK XOTIRALARI:

Shoir o‘z bolalik xotiralarini quyidagicha eslaydi:Otam pochtada ishlaganlaridan uyda non bo‘lmasa-da, gazeta-jurnal bo‘lar edi. Esimda, 1953-yilning 5-martida maktabda ertalab, hovlida majlis bo‘lib, maktab o‘quv bo‘lim mudiri stalinning o‘lganini yig‘ilganlarga ma’lum qildi. Bolalar, muallimlar dod-faryod solib qoldilar. Men yig‘lab uyga keldim. “Ota, Stalin otamiz o‘libdi!” u kishi mollarga xashak solib yurgan edilar. “Nishatiyin, mening otam ham o‘lgan!”-dedilar beparvo.

SHOIRNING ILK SHE’RI

Tabiatan iste’dodli, ta’sirchan va g‘oyat ko‘p o‘qiydigan Omon Matjon 3-sinflarda o‘qib yurgan paytlarida she’rla, ertaklar yozgan. Ilk she’ri 1958-yilning 15-martida Yangibozor tumani gazetasida bosilib chiqqan.

ASKAR SHE’RLARI:

Samarqandda tahsil olayotganda, o‘qish o‘rtasida harbiy xizmatga boradi. Harbiy qismning katta kutubxonasidagi deyarli barcha asarlarni o‘qib chiqadi. Askarlikdagi uch yil bekor ketmasin deb, deyarli har kun bitta she’r yozadi. Xizmatda yozgan she’rlaridan bir turkumini o‘zidan bir yil oldin ketgan do‘stidan berib yuboradi. “Sharq yulduzi” jurnalining 1965-yil 5-sonida askarning she’rlari bosilib chiqadi.

MEHNAT FAOLIYATI:

1960-1968-yillarda SamDu filologiya fakultetida, 1969-2002-yillar mobaynida G‘afur G‘ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim boshlig‘i, so‘ngra “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir, “Cho‘lpon” nashriyotida direktor bo‘lib ishlaydi. Umrining so‘nggi yillarida “Gulxan” jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlagan.

ADIBNING ASARLARI:

  • “Ochiq derazalar”(1970),
  • “Karvon qo‘ng‘irog‘i”(1973),
  • “Yonayotgan daraxt” (1977),
  • “Yarador chaqmoq”(1979),
  • “Haqqush qichqirig‘i”(1979),
  • “Seni yaxshi ko‘raman”(1983),
  • “Daraxtlar va giyohlar”(1984),
  • “Gaplashadigan vaqtlar”(1986),
  • “Ming bir yog‘du”(1989),
  • “O‘rtamizda birgina olma”(1990),
  • “Qush yo‘li”(1993),
  • “Imon yog‘dusi”(1994),
  • “Saylanma”(1997),
  • “Ardaxiva”(2001)

ADIB SHE’RLARI:

  • “Amu”,
  • “Oybek”,
  • “Shu’lalardan hayratlanish”,
  • “Ona degan so‘z”,
  • “Turnalar”,
  • “Mezon”,
  • “Chorlov”,
  • “O‘n uchinchi eshik”,
  • “Umrimiz haqida”
  • “Vatan mehri”
  • “Avvalgilarg’a o’xshamas”
  • “Eng so’nggi xazina”

Omon Matjon ijodida

“Cho‘ldagilar” doston xronikasi, ayniqsa, “Gaplashadigan vaqtlar” nomli she’riy qissasi alohida o‘rin egallaydi. Ular o‘zining yangicha shakli, ohangi bilan kitobxon e’tiborini tortadi.

2000-yilda

G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti Avestoning 2700 yilligiga bag‘ishlangan “Ardaxiva” asarini chop etdi.

2002-yilda

Islom dunyosining buyuk namoyondasi Xo‘ja Ahroriy Valiy hayoti, taqdirini hikoya qiluvchi “Xaloskor ruh” asari chop etildi.

BULARDAN TASHQARI,

adibning “To‘rabekxonim”, “Najmiddin Kubro” kabi tarixiy asarlari ham mavjud.

MUXAMMASLARI

Shoir ijod faoliyati davomida ikkita muxammas ham yaratgan: shulardan biri Ogahiyning “Ustina” radifli g‘azaliga yozilgan bo‘lsa, ikkinchisi Navoiyning “O‘xshamas” g‘azaliga yozilgan.

TARJIMALARI:

Omon Matjon tarjimon sifatida qardosh va chet el adabiyotlaridan ko‘plab asarlarni ona tiliga mahorat bilan ag‘dargan. Xususan, uning A. Shiller, Sh. Bodler jahon klassiklari ijodidan qilgan tarjimalari e’tiborga loyiq.

“Vatan mehri”

  • Parvoz etdim men qushlarga qo‘shilib erkin
  • Oq bulutlar peshonamni o‘pdilar silab.
  • Zamin sehrin shunda qalbga jo etgan edim,
  • Oq xirmondan har yoqamga tolalar ulab.
  •  
  • O‘zbekiston zo‘r tabarruk ma’volar yurti,
  • Beruniylar, Xorazmiylar, kubrolar yurti.
  • Yeti iqlim maftun bo‘lgan navolar yurti,
  • Vatan birla millatga jon fidolar yurti!

“Avvalgilarga o‘xshamas”(Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas)

  • Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
  • Kotib-u davri raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
  • Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas,
  • Ko‘nglum ichra dard-u g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas.
  • Kim ul oyning hajri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas.
  •  
  • Ne uchar yulduzlar o‘tdi chalg‘itib elni juda,
  • Necha avlod yo‘li-yu umidin aylab behuda,
  • Davr mezoni bilan tortay bu kun o‘zimni-da,
  • Ne sitamkim qilsa rahm, maxfiy erdi zimnida,
  • Emdi qilsa ne sitam avalgilarg‘a o‘xshamas.

OMON MATJON

14.02.1943 – 29.10.2020

Men she’r yozsam, endi uni qog‘ozga emas,

Anov yal-yal yonayotgan o’tga yozaman.


Download 103.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling