Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 39-umumta’lim maktabi


Oʻqish darslarida o‘quvchilarni mustaqil o‘qishga tayyorlash


Download 315.5 Kb.
bet2/9
Sana21.01.2023
Hajmi315.5 Kb.
#1106364
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
eshnazarova ko\'rsatma 2021 oktabr

Oʻqish darslarida o‘quvchilarni mustaqil o‘qishga tayyorlash
Buyuk yozuvchilar tarixiga nazar tashlansa, iste’dodning tug‘ulishi har kimda har xil kechganini ko‘rish mumkin. Boshlang‘ich sinflarda mustaqil o‘qish o‘zining pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko‘ra bosqichlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo etadi.
O‘quvchilarda kitob tanlash tamoyillari, mustaqil o‘qish, sinfdan tashqari o‘qish darslari mavzulari, yozuvchi va shoirlar bilan tashkil etiladigan uchrashuvlar, sinfdan tashqari o‘qish darslarida yozuvchi va shoirlarning asarlarini o‘rganish, sinfdan tashqari o‘qish darslarida krossvordlar, ta’limiy o‘yinlardan foydalanish masalasi ko‘rib chiqilgan. Mustaqil o‘qish darslarini tashkil etish bo‘yicha B.Ma’qulova tadqiqot ishi olib borgan. Uning ishida ham o‘quvchilar mustaqil o‘qish darslarini tashkil etish borasida salmoqli fikrlar bayon qilingan, lеkin hozirgi davr talabi bu ishlarni takomillashtirishni taqozo etadi.
Boshlang‘ich ta’limda mustaqil o‘qish darslari samaradorligini ta’minlovchi innovatsion usullardan foydalanish, o‘qitishning noan’anaviy usullarini qo‘llash juda muhimdir. Jumladan, mustaqil o‘qish darslarida uyushtiriladigan o‘yinlar ko‘ngilochar mashg‘ulot bo‘lmasdan, ta’limiy xaraktеrga ega bo‘lishi, o‘rganilayotgan asar mavzuni o‘zlashtirishga, asar yuzasidan ta’limiy va tarbiyaviy xulosa chiqarishga qaratilishi lozim. Innovatsion usullardan o‘rinli, o‘quvchilarning qobiliyatlarini hisobga olgan holda foydalanish lozim. Maktablarda qo‘yilayotgan eng muhim talablardan biri shaxsning ijodiy sifatlarini rivojlantirishdir. Shuning uchun, o‘qitish jarayoni samarali usullar asosida tashkil etish bilimlarni mustahkam egallashga, ta'lim jarayonidagi qiyinchiliklarni yеngishga o‘rgatadi, bilim olishga qiziqishni kuchaytiradi. Lеkin o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘otish uchun ular ma’lum darajada boshlang‘ich bilimga ega bo‘lishi lozim. Bu bilimlar zahirasini suhbat usulda yaratish mumkin.
Noan’anaviy shaklda tashkil etilayotgan sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarning jamoa bo‘lib kichik guruhlarda faoliyat ko‘rsatishi ko‘nikmalarini shakllantiradi, mustaqil fikr yuritish, fikrini erkin ifodalash, boshqalar fikrini tinglash, mulohaza yuritish, ulardan eng muhimlarini ajrata olish, o‘z fikrini ilgari surish, uni dalillash, fikrlarni umumlashtirish va xulosalashga o‘rgatadi. Innovatsion usullar o‘quvchilarda o‘quv materialini o‘rganishga qiziqish uyg‘otish bilan birga, unda ehtiyojni ham yuzaga keltiradi. Ta’lim samaradorligini oshirishning omili sifatida e’tirof etilayotgan innovatsion usullardan boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari, mustaqil o‘qish darslariga ham tadbiq etish orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi ko‘tariladi.

O‘qish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxminiy tayorlanadi, albatta. O‘quvchilarni mustaqil ishga tayorlashda topshiriqning ularga qisqa va aniq tushuntiriladi. Mustaqil ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va o‘quvchilar saviyasiga mos bo‘lishi lozim. Mustaqil ish turlari har xil bo‘lib uni tanlashda o‘quvchilarning tayorligi o‘qiladigan matnning harakteri asarni o‘rganish bosqichi hisobga olinadi. Boshlang‘ch sinflarning o‘qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Asarni ichda o‘qish. 1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin ayrim so‘zlarni kesma harflar bilan tuzdirish va uni o‘qishni mashq qildirish maqsadga muvofiq. Oquv yilining ikkinchi yarmida boshlab ichda o‘qib ayrim qatnashuvchi shaxslarning gaplarini topish uni o‘qish va o‘z so‘zi bilan gapirib berish matndan o‘qituvchi bergan savolga javob bo‘ladigan o‘rinni topish kabi topshiriqlar berish mumkin.
2. O‘qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bu mashq bolalarni diqqat-e’tabor bilan o‘qishga o‘rgatadi. Bu ish turidan o‘z komplektli maktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga yordam beradi. Masalan: 4-sinf o‘qish kitobidagi ,”Davlat ertagi” matni ustida ishlanganda ertakda davlat dehqonning uyida umrbod qolishga jazm qilibdi. Nima uchun? savoli beriladi. Bu savol hikoyaning asosiy mazmunini aniqlashga yordam beradi. 2- sinfdan boshlab bolalar nima uchun hikoya shunday nomlanganligini aytib berishga o‘rganadilar.
3. O‘qilgan asar masmunini toʻliq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi topshirig‘ini bajarish. Ba’zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi.
a) Matnning ayrim o‘rinlaridan foydalanib, ko‘chirma olib, qayta hikoyalash;
b) Hikoyani bir sujet chizig‘I asosida qayta hikoyalsh;
d) Matnni qisqartirib,qayta hikoyalash;
e) Matnning shaxsini o‘zgartirib qayta hikoyalash va boshq.
4.Oqilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.
Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi;
1.O‘qilgan matnga oid rasm chizish.
2. Rasmga matndagi so‘zlar yoki o‘z so‘zi bilan sarlavha qo‘yish
3. O‘qituvchi tomonidan tartibsiz berilgan savollardan foydalanib reja tuzish
4. Matnni qismlarga bo‘lish va har bir qismga sarlavha qo‘yish va hokazo.
Matn ustida ishlash murakkablashib boradi, bolalar o‘qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning xatti-harakatini ifodalovchi so‘z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so‘z bilan tasvirlashga o‘rganadilar. Ularda so‘z boyligiga talab ortadi.
O‘quvchilar mustaqil o‘qigan asarlarni hisobga olib borishga katta e’tibor qaratildi. 1-2- sinfda o‘quvchilar kundalik daftarlariga mustaqil o‘qigan asarlari nomi va muallifini yozib bordilar. 3-4-sinfda o‘quvchilar o‘qigan asarlarini hisobga olib boruvchi, o‘z munosabatlarini qisqa qilib yozib qo‘yuvchi mazsus daftar tutdilar. Yil oxirida ota-onalar yig‘inida, maktab pedagoglari kengashida mustaqil kitobxonlik darajasi yuksak o‘quvchilar rag‘atlantirib borildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobxonlik saviyasi targ‘ib qilinayotgan asarlar, yozuvchilar ijodi, o‘qilgan asar yuzasida uyushtirilgan bahz-munozaralar sifatiga bog‘liq bo‘ldi.
Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o‘quvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashi va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni toʻg‘ri tashkil qilish uchun materiallar tanlashda o‘qituvchiga yordam beradi.

Download 315.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling