Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 39-umumta’lim maktabi


Oʻqish darslarida zamonaviy metodlaridan foydalanishng ahamiyati


Download 315.5 Kb.
bet3/9
Sana21.01.2023
Hajmi315.5 Kb.
#1106364
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
eshnazarova ko\'rsatma 2021 oktabr

Oʻqish darslarida zamonaviy metodlaridan foydalanishng ahamiyati
Boshlangʻich sinf darslarida o‘qitishning yangi zamonaviy metodlaridan foydalanish jamiyatimiz hayotida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar ta’limning maqsadi, mazmuni va vazifalarini ham qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi. Buning natijasida o‘quvchi dars jarayonida faol ishtirokchiga aylandi, uning fikrlash doirasi kengaydi, undan ijodkorlik, tashabbuskorlik talab etila boshlandi. PIRLS, PISA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda ham o‘quvchining mustaqil fikrlashi va ijodkorligiga alohida e’tibor beriladi. Dars jarayonida o‘qituvchi emas, o‘quvchi faol bo‘lishi, savol topshiriqlar va bahs-munozaralarda ko‘nroq ishtirok etib, bilimini oshirishi fanlararo uzviylik ta’limning ilg’or pedagogik texnologiyasida muhim rol o‘ynaydi. Darslarda mustaqil mutolaa, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish, o‘quvchining zehnini o‘stirish, atrof olamga nisbatan mehr va e’tiborni, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda zamonaviy dars o‘tish usullaridan foydalanish zamon talablaridan biridir. Darslarni zamon talablariga javob beradigan holda o‘qitishda "Sahnalashtirilgan", "O‘yin-musobaqa", "Test-sinov", "Sayohat" darslaridan foydalanish samarali natija beradi.
Zamonaviy dars o‘tish usullarining o‘ziga xos xususiyatlari:

  • mavzuni muhokama qilish;

  • erkin fikrlash;

  • hamkorlikda ishlash;

  • juft bo‘lib guruhlarda ishlash;

  • davra suhbatlari, bahs-munozaralar; rollar ijro etish;

  • muammolarni birgalikda hal etish uchun fikrlash.

Zamonaviy usullar o‘quvchilarning chuqur bilim olishi uchun qator imkoniyatlar yaratish bilan birga ularda o‘z fikrini himoya qilish ko‘nikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlash, hayotda uchrab turadigan qiyinchiliklarni birgalikda yengish tajribasini singdiradi.
Zamonaviy usullardan foydalanish:
- sinf muhitini o‘zgartiradi;
- mavzu qanday o‘rganilishi kerakligini belgilab beradi;
- bir o‘quvchini faollashtiradi.
Bugungi kunda o‘qituvchi o‘qitish uchun faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olishi va o‘quvchini bevosita mustaqil bilim olishga o‘rgatmog‘i zarur. Bu jarayonda o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning chuqur bilimi, odob-axloqi muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda zamonaviy usullardan foydalanib dars berishda o‘qituvchi mohirlikdan ijodkorlikka intilishi va bu bilan ta’lim sohasi rivojiga xissa qo‘shmog‘i talab etiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda noan’anaviy dars usullaridan foydalanish orqali iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarda o‘z kuchlariga ishonch hosil qilishlari uchun imkon yaratish, sinfdagi o‘quvchilar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamkorlik aloqalarini shakllantirishga erishish nazarda tutiladi.
Dasturlashtirilgan o‘qitish. Darslarda dasturlashtirilgan o‘qitish, ya’ni amaliy ishlardan, qiziqarli topshiriqlardan foydalanish muammosi o‘ta dolzarbdir. Hozirgi paytda o‘quvchilarning bilim olish faoliyatini jadallashtirish va ularni atrof-olam bilan tanishtirish darslarida olgan bilimlarini tekshirish maqsadida har bir o‘quvchining o‘quv jarayonida mustaqilligini ta’minlovchi va o‘quv materialini o‘zlashtirishda yordam beruvchi amaliy ishlar tizimi qo‘llanilmoqda. Nazorat ishlarini dasturlashtirishning tamoyili o‘quvchilarning og‘zaki javoblarini shartli belgilar va chiziqlar bilan yozma ravishda almashishdir. Ularning afzal jihati shundaki, ular qisqa vaqt ichida har bir o‘quvchining o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirish darajasini aniqlay oladi. Tajriba atrof-olam bilan tanishish darslarida bilim olish faoliyatini faollashtirish maqsadida dasturlashtirilgan o‘qitish usullaridan foydalanishning afzalliklarini ko‘rsatadi. Afzalligi shundaki, o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini o‘quvchilarning o‘zlari shu dars mobaynida tekshirishlari mumkin. 2-sinfda dasturlashtirilgan o‘qitishda tezis turidagi tarqatma topshiriqlar, raqamlar, tarqatma testlar, grafik topshiriqlardan foydalanish mumkin. Grafik topshiriqlarni bajarayotganda o‘quvchilarga «-» noto‘g‘ri javob, «l» - to‘gri javob ekanligini tushuntirish lozim. O‘qituvchida esa, grafik usuldagi javoblarni tezda aniqlashga moslashtirilgan asbob bo‘lishi kerak. Masalan: 21 - mart – Navro‘z bayrami, 1-sentabr – Mustaqillik bayrami, 1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni, 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.

Download 315.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling