Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 39-umumta’lim maktabi


Download 315.5 Kb.
bet8/9
Sana21.01.2023
Hajmi315.5 Kb.
#1106364
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
eshnazarova ko\'rsatma 2021 oktabr

“Kim ko‘p so‘z tuzadi” o‘yini.
O‘quvchilarga biror harf (tovush)ga oid so‘zlar topish vazifasi yuklatiladi. Bu harf (tovush) so‘z boshi, so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida keishi lozimligi vazifasi beriladi. Masalan. "a" tovushiga oid so‘zlar toping.
So‘z boshida: ayiq, asal,... .
So‘z orasida: sariq, maktab
So‘z oxirida: bog‘cha, chana... kabi.
Harflarni shunday o‘zgartirinki so‘z hosil bo‘lsin” o‘yini.
Bolalarga so‘zlar yozilgan varaqalar beriladi. O‘quvchilarga so‘zdagi biror harfni o‘zgartirish orqali boshqa so‘z hosil qilishlari kerakligi tushuntiriladi. Kim ko‘p so‘z tuza olsa. ana o‘sha o‘quvchi g‘olib sanaladi.
Masalan: Maktab – maqtab, bor - bosh - bos kabi.
Berilgan harflar asosida she’rlar to‘qing” o‘yini
Mavzuga oid biror so‘zning bosh harfiga moslab she’r, matn yaratish vazifasi qo‘yiladi. O‘quvchilar so‘z mazmunini inobatga olib she’rlar to‘qishlari kerak.
Masalan:
Vatan azizdir Azizdir elda.
Tinchligin istaydi Aziz elimda Nomi o‘chmas Mening dilimda, kabilar.
So‘zlar hosil qiling” o‘yini.
Bir bo‘g‘inli so‘z berilib, unga bir harf qo‘shish orqali o‘quvchilar yangi so‘z hosil qilishlari kerak.
Masalan:
Far: farq, fard. Farz
Dar: dard, dars, darz ...kabi.



Xulosa
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishda turli ko‘rinishda va usulda ishlash talab etiladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini noan’naviy usullardan sayohat, kichik guruhlarda ishlash, o‘yin shaklida o‘tkazish, yangi texnologiyalar yordamida guruhlar bilan ishlash, yuqorida berilgan didaktik o‘yinlardan foydalangan holda tashkil etish dars samaradorligini yanada oshirib, o‘quvchilarning faolligi va qiziqishlarini, umuman badiiy, turli janrdagi asarlarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqni o‘sishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, biz o‘qituvchilar oldida ma’naviy merosimizdan xabardor, aqlli, bilimdon, jismonan va ma’nan sog‘lom bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashdek yuksak va ma’suliyatli vazifa turar ekan, o‘z oldiga barkamol avlodni tarbiyalashni maqsad qilib olgan har bir ustoz va murabbiyning o’zi, avvalo yuqorida ta’kidlangan pedagogik odob va pedagogik mahorat talablariga javob berishlari, jismonan va ma’nan sog‘lom bo‘lishlari kerak. Bolalarga boshlang‘ich sinflardanoq manmanlik va kamtarlik, johillik va bosiqlik, sabr-toqatlik va sabrsizlik, yaxshilik va yomonlik kabi sifatlarni hayotiy misollar bilan tushuntirish orqali bolalar ongiga barkamol shaxsning vazifalarini ham singdirib borishlari lozim. Farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalash, ularni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat, samimiy, sadoqatli, mehnati va fidoyiligi bilan o‘zgalarga foyda keltira oladigan haqiqiy insonlar qilib tarbiyalash har bir pedagogning eng ezgu maqsadi bo‘lmog‘i kerak.

Download 315.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling