Samarqand so’zining kelib chiqishi to’g’risida bir qancha taxmin va


Download 21.8 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi21.8 Kb.
#1306463
Bog'liq
Etimologiya


  1. Samarqand – samarqand so’zining kelib chiqishi to’g’risida bir qancha taxmin va

gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari Samarqand so’zining birinchi qismi, ya’ni “Samar” so’zi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sun’iy ta’riflarni taklif etdilar. Biroq bu tarixda bunday ismli shaxs to’g’risida ma’lumotlar aniqlanmagan. So’zning ikkinchi qismi “kent” (kand) – qishloq, shahar degan ma’noni bildiradi. Ba’zi yevropalik olimlar bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha “Samarya”ga yaqin, ya’ni “yig’ilish”, “yig’in” so’zidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin bo’lib, Marokanda – Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshg’ariy shahar nomining kelib chiqishini “semizkent”, ya’ni “semiz qishloq” so’zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar. Manba: geografiya.uz

  1. Chiroqchi – I. aytishlaricha, Temurning onasi Buxoroga ketayotganida, uni to’lg’oq

tutadi. Kechqurun bo’lganligi sababli ular xotirjam bir yer izlashadi. Uzoqdan chiroq ko’rishadi. Borishsa, bir chayla, ichida esa bir momo o’tiribdi. Shu kecha, o’sha chaylada, Temur dunyoga keladi. Axmin qilganingizdek, bu yerda keyin “Chiroqchi” nomidagi qishloq paydo bo’ldi. Manba:Poyon Ravshanov “Sohibqiron tug’ilgan joy yoxud Zanjirsaroy qissasi”.
II. Chiroqchi so’zi “chiroq alangasiga qarab fol ochuvchi” ma’nosini ham bildiradi.
III. Chiroqchi so’zining tarixi haqida bu yerga 1882-yilda sayohat qilgan rus zobiti V.Krestovskiyning fikricha, shaharning nomi sopoldan chiroq yasovchi hunarmand va butun chiroqchilarning piri, avliyo Chiroqchi ota nomiga qo’yilgan.
IV. Shevada chiroqchi – elektrik ma’nosini ham berishi mumkin.

  1. Chiyal – I. bu nom chiya – “yovvoyi olcha”dan olingan deb hisoblanadi. Manba:

Qorayev “O’zbekiston toponimiyasi”.
II. Chiyal bu turkey urug’lardan birining nomi. U qadimgi turk urug’I chigillar nomidan olingan bo’lishi mumkin. Manba: Shamsuddin Kamoliddinov tarixchi olim.
III. Xalq orasida tarqalgan rivoyatlarga ko’ra, ushbu qishloq joylashgan qir-adirlarda qadimda chiya bo’rilar juda ko’p bo’lgan va xalq shundan kelib chiqib qishloqni Chiyalisoy (chiyabo’rilar yuradigan soy) deb atagan, keyinchalik soy qo’chimchasi tushib, chiyali tarzida aytilgan.

  1. Chakmon – I. bu so’z asosan, XV asr va undan so’nggi yozma adabiyotda uchraydi.

Chakmon turkiy so’z bo’lib, chak/chek – chekmoq fe’lidan –mon affiksi qo’shib yasalgan. Ko’chmanchi turkiy-tojik qabilalarda jundan chekib, bosish, jun ipdan chekib mato to’qish qadimdan kasbdir. Manba: M.Asomiddinova “Kiyim-kechak nomlari” lug’ati, 1981.
II. Chakmon – tuya yoki qo’y junidan xonaki usulda to’qilgan qo’pol mato va shu matodan tikilgan kiyim. Manba: «Таджикско-русский словарь», 1954.
5. Tepchik – “Devoni lug’oti turk” asarida bu so’z tepchidi shaklida uchraydi. Tepchik so’zi anglatuvchi tushuncha o’zbek tilining ayrim shevalarida kavish so’zi bilan ifodalangan, tepa kavish – do’ppi tepasini tepchish kabi. Manba: M.Asomiddinova “Kiyim-kechak nomlari” lug’ati, 1981.
6. Yubka – ayollarning beldan pastga kiyadigan kiyimi. Bu nom o’zbek tilida revolyutsiyadan keyin paydo bo’lgan. Yubka fransuzcha jupe so’zidan olingan bo’lib, yevropa tillariga fransuz tilidan o’tgan. Manba: M.Asomiddinova “Kiyim-kechak nomlari” lug’ati, 1981.
7. Mursak – bu nom arabcha murassa so’zidan olingan. Mursak arablarning qadimiy ust kiyimi turidan bo’lib, u qimmatli tosh va zarlar bilan bezatilgan . Shuning uchun ham arablar bu kiyimga murassa (ziynatlangan, bezatilgan) deb nom qo’yganlar. Arabcha murassa so’zi o’zbek tilining fonetik xususiyatlariga muvofiq mursak deb talaffuz qilinadi. Manba: M.Asomiddinova “Kiyim-kechak nomlari” lug’ati, 1981.
8. Boqchasaroy – turkiy so’z bo’lib, “bog’dagi saroy” , “bog’dagi qasr” demak. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
9. Keles – daryo. Keles gidronimi ikki qismdan keli (turkiy tilda “til” degan ma’noda) va s yoki su (fonetik o’zgarishga uchragan variant) komponentlaridan tuzilgan bo’lib, “til suv” yoki “tilga o’xshash daryo” ma’nosida izohlanadi. Manba: Е. Койчубаев
10. Kesak – qishloq. Andijon viloyati, Jalaquduq rayonid. Toponimni kesak so’zi bilan bog’laydilar. Aslida toponimning bu so’z bilan hech qanday aloqasi yo’q. Bu nom aslida sug’d tilidagi kes yoki kesh so’zi asosida vujudga kelgan. Kes atrofi devor bilan o’ralgan joy, qal’a degan ma’noni anglatadi. Ak kichiklik bildiruvchi affiks. Kesak “kichik qal’a, kichik qishloq” demakdir. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
11. Kitob – “suv orqasi, suv yuqorisi” demakdir. Qashqadaryo viloyatidagi Kitob rayonining markazi. Toponim kift “yelka, orqa” va ob “suv” so’zlaridan yasalgan. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
12. Marg’ilon – Farg’ona viloyatidagi shahar. X-XII asrlarda Marg’ilon yirik savdo markazi sifatida ma’lum bo’lgan. Toponim yozma manbalarda Marg’ilon, Marg’inot shaklida uchraydi. Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Marg’ilon fors tilidagi Marg’ “o’tloq” so’zi bilan aloqadordir. J.Latipovning Marg’ilon toponimining kelib chiqishi haqidagi fikriga qaraganda u Marg’i etnonimi bilan aloqadordir. Haqiqatan ham toponimning qadimgi variantlaridagi on va ot qo’shimchalari ko’plik belgilari bo’lib, kishilar gruppasini anglatadi. Shunday ekan toponim marg’lar degan ma’nodadir. Marg’i etnonimining etimologiyasi “o’tloq, o’rmoncha, yashil yer” kabi ma’nolarni bildiruvchi Marg’ so’zi bilan bog’liqdir. Marg’i “o’tloqda yashovchi o’rmonda yashovchi yoki chorvador” degan ma’nodadir. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
13. Moylijar – Qashqadaryo viloyati Chiroqchi rayonidagi qishloq. Ko’p tadqiqotchilar moy so’zi bilan yasalgan toponimlarni neft bilan aloqador deb hisoblaydi. H.Hasanov Moyli suv (Farg’ona) toponimi neft konining alomati deb hisoblaydi. Y.Koychubayev Qozog’iston SSR territoriyasida uchraydigan Maybaliq, Maybuloq, Mayqayin, Mayqapchag’ay, Mayko’l kabi o’nlab toponimlarning birinchi komponenti moy so’zini suv va yer Xudosi Mayena nomi bilan bog’laydi va ularni “tabarruk, iohiy” deb hisoblaydi. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
14. Namaton – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz rayonidagi qishloq. Toponimni xalq Namat so’zi bilan bog’laydi. Bu nomning tashqi ko’rinishi asosida vujudga kelgan etimologiyadir. Aslida toponim maton, miton so’zi bilan aloqador. V.L.Vyatkin Miton “qal’a, qo’rg’on” degan ma’noni bildiradi, deb yozgan edi. Nomning birinchi komponenti na, nav, nau “yangi” so’zining fonetik o’zgarishiga uchragan shakli. Demak, Namaton “yangi qo’rg’on” degan ma’noni anglatadi. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
15. Novxos – Xorazm viloyati Yangiariq rayonidagi qishloq. Novxos toponimi qadimiy xorazmiy tiliga xos bo’lib, “qishloq, qal’a” degan ma’nolarni bildiradi. Xorazmiylarning avlodi hisoblangan hozirgi osetin tilida nauxos “yig’ilish joyi, yig’in bo’ladigan joy” ma’nolariga ega. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
16. Nukus – shahar. Nukus aslida urug’ nomidir. Shahar nomi ham shundan kelib chiqqan. Q.Abdimurotov Nukus so’zi eron tillariga mansub bo’lib, Nuh “to’qqiz” – Kas “kishi” shaklida yasalganini aytadi va qoraqalpoqlarning to’qqiz bahodiri haqidagi afsonani keltiradi. Bizningcha, Nukus toponim xorazm tilida so’zlashuvchi xalq tomonidan qo’yilgan bo’lishi mumkin. Chunki, bu shahar Xorazmshohlar hukmronlik qilgan territoriyada barpo etilgan. Bu so’zning etimologiyasi xorazm tili zaminida juda aniq izohlanadi: Nuz nuv “yangi” , kas “qo’rg’on” . Nukus “yangi qo’rg’on, yangi qishloq” demak. E.Murzayev toponimning nu “to’qqiz” kesh “uy, tom” degan ma’noni bildirishini aytadi. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
17. Obdon – tog’. Toshkent viloyatining Pskent rayonida. Toponim ob “suv” va dona “xona, saqlagich” so’zlari orqali yasalib, “suvxona” degan ma’noni anglatadi. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
18. Palasan – qishloq. Farg’ona viloyatining Oltiariq rayonida. Toponim mo’g’ulcha Balgas so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “shahar” ma’nosini ifodalaydi. Ammo –on qo’shimchasi shahar nomiga qo’shilib, joy nomini yasamaydi. Bu qo’shimchaning mavjudligi toponim asosida biror kishilar mavjudligidan darak beradi. Bizningcha, toponim forscha Palas so’zi bilan aloqadordir. Shunday ekan, Palason “darveshlar” demakdir. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
19. Pedana – qishloq. Surxondaryo viloyatining Boysun rayonida. Nomni Qashqadaryo shevalarida mavjud bo’lgan Pidana “yalpiz” so’zi bilan bog’liq bo’lishi mumkin, degan taxmin bor. Ba’zilar toponim Bedana so’zi bilan bog’liq bo’lishi kerak, degan fikrni aytadilar. Toponim forscha Pex “keng, katta” va Dana “ombor, istehkom, atrofi o’ralgan joy” so’zlaridan yasalgan bo’lib, “katta istehkom, katta ombor” ma’nolarini anglatadi. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
20. Romiton – qishloq. Buxoro viloyati Romiton rayonida. V.V.Bartoldning yozishicha, Buxoro shahri barpo qilinguncha Buxoro o’lkasi hokimlarining rezidensiyasi shu Romitonda bo’lgan. Romiton toponimining etimologiyasi haqida “Buxoro tarixi”da shunday afsona keltiriladi: “Afrosiyobning bir qizi bo’lib, uning doimo boshi og’rir ekan. Romtin (Romiton) ga kelgach , bu yerning havosi muvofiq kelib, darddan xalos bo’ldi va bu joyga Oromitan “tan oromi” deb nom qo’yildi. Odiy xalq esa uni Romtin degan. L.S.Tolstova Romiton toponimining birinchi komponenti Ro – forscha rax “yo’l” so’zi bilan aloqador bo’lsa kerak, degan fikrni bildiradi. Romiton uning fikricha, Riximitan , ya’ni “mitan qabilasining yo’li” degan ma’nodadir. Toponimning ikkinchi qismi etnik nom bo’lmay, balki o’rta fors tiliga mansub Matean – “yashash joyi, uy, qishloq” so’zi bilan aloqador bo’lishi mumkin. Romitan – “yo’l ustidagi qishloq” ma’nosini anglatadi. Manba: Z.Do’simov, X.Egamov “Joy nomlarining izohli lug’ati” , 1977.
21. Afandi – yunoncha “afendus” so’zidan olingan bo’lib, janob degan ma’noni bildiradi. Keyinchalik latifa janrining bosh qahramon nomiga ko’chgan. Manba: S.Ro’zimboyev, H.Ro’zmetov “Folklor atamalari qisqacha lug’ati”, 2007.
22. Badik – “baz” so’zidan olingan bo’lib, “titramoq” ma’nosiga ega. Badik qo’shiqlari badanga toshma kasalliklari chiqqanda aytiladi. Manba: S.Ro’zimboyev, H.Ro’zmetov “Folklor atamalari qisqacha lug’ati”, 2007.
23. Filologiya – lotin tilidagi filo – sevmoq so’zi o’zagidan yasalgan bo’lib, so’z san’atini , til va adabiyot sohasidagi bilimlarni o’rganish bilan aloqador fanning nomini anglatadi. Manba: S.Ro’zimboyev, H.Ro’zmetov “Folklor atamalari qisqacha lug’ati”, 2007.
24. Tumor – arabcha o’rog’liq xat, noma, yozuv. Xalq tasavvurida g’ayritabiiy, sehrli kuchga ega bo’lgan, egasini ofat va falokatlardan, yomon ko’zlardan asraydigan ashyo, bitik. Manba: Z.Husniddinov “Islom ensiklopediya”, 2004.
25. Sirk – lotincha kirkus doira degani. Muzlik o’yishi va surilma natijasida hosil bo’ladi. Shuning uchun muzlik sirki, surilma sirki, deb ikki xil sirk farq qiladi. Manba: P.N.G’ulomov “Maktab jug’rofiya atamalari va tushunchalari izohli lug’ati”, 1994.
26. Kaktus – lotinchada cactus, yunon tilida esa kaktos – tikan, tikanak degani. Janubiy o’lkalarda o’sadigan, tikan bilan qoplangan, bargsiz, etdor tanali o’simlik.
27. Kamnamo – kam+ forscha “namo” – ko’rinish; kam ko’rinadigan. Manba: O’zbek tilining izohli lug’ati.
28. Kosov – ko-sov bo’lgan; o’t, olovni to’g’irlash, tortish kabilar uchun ishlatiladigan yog’och yoki temir tayoq. Manba: O’zbek tilining izohli lug’ati.
29. Abdiberun xonaqosi – Samarqand shahri atrofidagi joy. Bu yodgorlik XVII arsga mansub. Berun “tashqari” degan ma’noni bildiradi. Shunday ekan shu nom “shahar tashqarisidagi xonaqoh” demakdir.
30. Amur – Amir tangus-manjur tillaridagi amar – “katta daryo” so’zi asosida vujudga kelgan.
31. Aravon – aslida arabon bo’lib, “arablar demakdir. Manba: S.Qorayev
32.
Download 21.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling