Samarqand veterinariya medisinasiinstituti iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.06.2020
Hajmi0.7 Mb.
#118828
1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI-Sadinov Javlon - 405-guruh


3.1.1- jadval 

Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda1 s. mahsulotlarning 

tannarxi o’zgarishi (2009-2017 yy.)* 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

2017 yil 2009 

№ 

Mahsu- 


 

 

 



Yillar   

 

 



yilga nisbatan 

lotlar 


 

 

 



 

 

 



 

o’zgarish 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

2009 


2010 

2011 


2012 

2014 


2016 

2017 


+,– 

1. 



G’alla 

19800 


18900  19700  26200  32200  41600  45933  26133 

2,3 m 


2. 

Paxta 


38800 

48000  52200  58900  78600  94600  121655  82855 

3,1 m 

3. 


Tamaki 

126500  156000  254600  248700  250300  260000  271000  144500 

2,1 m 

4. 


Sabzavot 

9000 


12400  12900  16850  19440  36490  41380  32380 

4,6 m 


5. 

Kartoshka  29900 

27000  26900  30100  47700  74000  78096  48196 

2,6 m 


6. 

Poliz 


9800 

11700  12500  18100  19700  38400  43570  33770 

4,4 m 

7. 


Meva 

13300 


21200  21100  25800  39800  71800  59144  45844 

4,4 m 


8. 

Uzum 


18200 

26900  26500  30100  44100  72400  65493  47293 

3,6 m 

9. 


Go’sht 

235000  320500  475100  565300  573000  721300  904595  669595 

3,8 m 

10.  Sut 



42700 

47900  67600  81000  78900  80700  66200  23500 

155,0 

11.  Tuxum 



15600 

14400  17700  22200  22200  27500  28600  13000 

183,3 

12.  Pilla 



134300  128600  158000  279800  368600  443000  512000  377700 

3,8 m 


 

*

 



O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent  to’plam materiallari 

va Samarqand viloyati qishloq xo’jaligi boshqarmasi ma’lumotlari

 

 

Mahsulot  birligi  tannarxidan  tashqari  ayrim  ishlarning  (traktor,  avtotransport, 



ishchi  hayvon  va  boshqalar),  shuningdek  qishloq  xo’jaligiga  yaroqli  yerga  ishlov 

berish, bir bosh hayvondan mahsulot olish xarajatlari ham aniqlanadi. 

 

Kattaqo’rg’on  tumanining  asosiy  iqtisodiy  ko’rsatkichlari  va  mahsulot  ishlab 



chiqarish ko’rsatkichlari tahlil etildi (3.1.2-jadval). 

 

 



 

 

 



 

16 


Kattaqo’rg’on  tumani  qishloq  xo’jaligining  asosiy  iqtisodiy  ko’rsatkichlarini 

tahlil qilib o’tdik (3.1.2-jadval). 

 

3.1.2-jadval 

Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jaligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari 

tahlili (2016-2018 yy.)* 

 

 



O’lchov 

 

Yillar 



 

2018 yilda 2016 yilga 

№  Ko’rsatkichlar 

 

 



nisbatan o'zgarish 

birligi 


 

 

 



 

 

2016 



2017 

2018 


+/- 

 



 

 

 



 

1.  Jami daromad  mln so’m  647546,0  679923,3  867173,8  219627,8 

 

133,9 


2.  Jami 

 

 



 

 

 



  

 

xarajatlar 



mln so’m  523538,5  550238,9  697117,2  173578,7 

 

133,2 



3.  Yalpi foyda 

mln so’m  124007,5  129684,4  170056,6  46049,1 

 

137,1 


4.  Rentabellik 

 

 



 

 

 



  

 

darajasi 



23,7 


23,6 

24,4 


0,7 punkt ko’paygan 

 

*Manba: Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jaligi bo’limi 



ma’lumotlari 

 

 



3.1.2-jadval  ma’lumotlaridan  ko’rinib  turibdiki,  Kattaqo’rg’on  tumani  qishloq 

xo’jaligini  2016-2018  yillar  ma’lumotlari  asosida  o’rganish  natijasida  jami 

daromadlar  –  33,9%ga,  xarajatlar  –  33,2%,  yalpi  foyda  –  37,1%ga  ko’payishi, 

rentabellik darajasini 0,7 punktga oshishiga ta’sir etganligini ko’rish mumkin. 

 

3.2. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy asoslari 

 

“Fermer  xo‘jaligi  to‘g‘risida”  gi  (1998  yil  va  2004  yil  yangi  tahrirda) 



qonunlarini  qabul  qilinishi  natijasida  tadbirkor  va  qobiliyatli  dehqonlarga  50 

yilgacha,  30  yildan  kam  bo‘lmagan  muddatga  yerlar  biriktirildi,  fermer  xo‘jaliklari 

boshqa xo‘jalik sub'ektlari bilan teng sharoitda faoliyat ko‘rsatishiga erkinlik berildi. 

 

1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “yer kodeksi”, “O‘zbekiston 



Respublikasining  mulkchilik  to‘g‘risida”gi  qonuni  qabul  qilindi  va  shular  asosida 

agrar  tarmoqda  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish  uchun  to‘la  huquqiy  asos 

yaratildi va mulkiy munosabatlar rivojlandi. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.  Mirziyoevning  2017  —  2021-yillarda 



O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha 

harakatlar  strategiyasining  3-3  bandida  qishloq  xo‘jaligini  modernizatsiya  qilish  va 

jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘yidagilar belgilab berildi

3



 

  tarkibiy  o‘zgartirishlarni  chuqurlashtirish  va  qishloq  xo‘jaligi  ishlab 



chiqarishini  izchil  rivojlantirish,  mamlakat  oziq-ovqat  xavfsizligini  yanada 

mustahkamlash,  ekologik  toza  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  kengaytirish,  agrar 

sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; 

 



 paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga 

kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi 

 

 

3



 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha

 

 

harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-



modda 

 

17 



intensiv  bog‘  va  uzumzorlarni  joylashtirish  hisobiga  ekin  maydonlarini  yanada 

optimallashtirish; 

 



  fermer  xo‘jaliklari,  eng  avvalo,  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  ishlab 



chiqarish bilan  bir  qatorda, qayta  ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish  ishlari 

va  xizmatlar  ko‘rsatish  bilan  shug‘ullanayotgan  ko‘p  tarmoqli  fermer  xo‘jaliklarini 

rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

 



  qishloq xo‘jaligi  mahsulotlarini  chuqur qayta  ishlash, yarim  tayyor  va  tayyor 

oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy 

yuqori  texnologik  asbob-uskunalar  bilan  jihozlangan  yangi  qayta  ishlash 

korxonalarini qurish,  mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha 

investitsiya loyihalarini amalga oshirish

 



  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  saqlash,  tashish  va  sotish,  agrokimyo, 

moliyaviy  va  boshqa  zamonaviy  bozor  xizmatlari  ko‘rsatish  infratuzilmasini  yanada 

kengaytirish; 

 



  sug‘oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini  yanada  yaxshilash,  melioratsiya 

va  irrigatsiya  ob'ektlari tarmoqlarini  rivojlantirish,  qishloq  xo‘jaligi ishlab chiqarish 

sohasiga  intensiv  usullarni,  eng  avvalo,  suv  va  resurslarni  tejaydigan  zamonaviy 

agrotexnologiyalarni  joriy  etish,  unumdorligi  yuqori  bo‘lgan  qishloq  xo‘jaligi 

texnikasidan foydalanish; 

 



  kasallik  va  zararkunandalarga  chidamli,  mahalliy  yer-iqlim  va  ekologik 

sharoitlarga  moslashgan  qishloq  xo‘jaligi  ekinlarining  yangi  seleksiya  navlarini 

hamda  yuqori  mahsuldorlikka  ega  hayvonot  zotlarini  yaratish  va  ishlab  chiqarishga 

joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; 

 



  global  iqlim  o‘zgarishlari  va  Orol  dengizi  qurishining  qishloq  xo‘jaligi 



rivojlanishi  hamda  aholining  hayot  faoliyatiga  salbiy  ta'sirini  yumshatish  bo‘yicha 

tizimli chora-tadbirlar ko‘rish. 

 

Iqtisodiyotni  diversifikatsiyalashdan  maqsad  ishlab  chiqarish  sub‘ektlarini 



ixtisosligiga bog‘liq bo‘lmagan yangi mahsulotlar bozoridagi faoliyatini kengaytirish, 

ularni marketing strategiyasini rivojlantirishga yo‘naltirishdir. 

 

Diversifikatsiya  ishlab  chiqarishda  yuqori  samaradorlikka  erishish,  iqtisodiy 



foyda  olish,  bankrotlikka  barham  berish  va  boshqa  maqsadlarda  amalga  oshiriladi. 

Ilgari bir sohada ixtisoslashgan sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, moliya va boshqa 

sohalardagi  firmalarning  boshqa  ishlab  chiqarish  tarmoqlari,  xizmat  ko‘rsatish 

sohalariga, birinchi navbatda, yuqori samara beradigan sohalarga kirib borishi

 

ularning 



xo‘jalik 

faoliyati 

sohalari 

va 


imkoniyatlarini 

kengaytirish 

diversifikatsiyaning asosiy tamoyilidir. 

Diversifikatsiyaning asosiy ikki ko‘rinishi yaxshi rivojlangan

4

. Ular quyidagilar: 



1.  Ishlab  chiqarish  diversifikatsiyasi.  Bunda  diversifikatsiya  natijasida 

turlituman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmatlar ko‘rsatadigan keng tarmoqli, ammo 

hamisha ham texnologik jihatdan o‘zaro bog‘langan majmualar vujudga keladi. 

 

Bunday majmualarga agrosanoat majmuasi, o‘rmon-sanoat majmuasi va boshqa 



shunga o‘xshash majmualarni misol keltirish mumkin. 

 

 



4

 

Аронов А. М., Петров А. Н. Диверсификация производства: теория и стратегия развития.- СПб.: Лениздат, 2000.



 

 

18 



2. Kredit diversifikatsiyasi. Bunda kredit sifatida beriladigan capital mablag‘lar 

xavf-xatarini  kamaytirish  va  yuqori  foyda  olish  maqsadida  turli-tuman  ob’ektlar 

o‘rtasida  taqsimlanadi.  Kredit  diversifikatsiyasining  rivojlanishiga  tarmoqlararo 

kapital  konsentratsiyasi  jarayoni  va  korxonalararo  ichki  beqarorlikning  kuchayishi 

sabab bo‘ladi. 

 

Dunyo  mamlakatlarida  diversifikatsiya  jarayoni  XX  asrning  50-yillari 



o‘rtalarida  rivojlana  boshladi.  Dastlab  AQSh,  Yaponiya  va  G‘arbiy  Evropa 

mamlakatlarida diversifikatsiya sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga 

keldi  va  keyinchalik  boshqa  mamlakatlarda  rivojlandi.  Rivojlanishdagi  bu 

nomutanosiblik  diversifikatsiya  xarakteriga  ta’sir  etuvchi  omillarni  shartli  ravishda 

ikki guruhga bo‘linishiga olib keldi. 

 

1. O‘ziga xos omillar. O‘ziga xos omillar diversifikatsiyaning, dastavval, AQSh, 



Yaponiya, G‘arbiy Evropa mamlakatlarida rivojlana boshlashi va ushbu mamlakatlar 

ijtimoiy-iqtisodiy  omillari  bilan  bog‘liq  ravishda  vujudga  kelgan.  Bu  omillar, 

keyinchalik  ham  boshqa  davlatlardagi  diversifikatsiyalash  jarayonida  muhim 

ahamiyat kasb eta boshlagan. 

 

2.  Umumuy  omillar.  Bu  omillar  diversifikatsiyalash  jarayoni  keyinchalik 



rivojlangan  davlatlarga  tegishli  bo‘lgan  umumiy  omilladir.  Ularga  ilmiy-texnika 

inqilobi,  yuqori  foyda  olish  uchun  kurash,  raqobat  kurashi,  texnika  taraqqiyotidan 

qolib ketmaslik va boshqa omillar kiradi. 

 

Diversifikatsiyada  firmalar,  ayniqsa,  monopol  firmalarning  ko‘p  tarmoqlilik 



ta’siri  oshadi.  Ular  avvalo  ko‘p  daromadli,  tez  rivojlangan  sohalar  (masalan 

elektronika,  kimyo)  da  faoliyat  boshlaydi.  Kompaniyalar  mahsulot  ishlab  chiqarish 

bilan  birga  shu  mahsulotlar  uchun  zarur  bo‘lgan  xom-ashyolarni  ham  o‘zlari 

tayyorlashga  kirishadilar.  Mablag‘lar  kam  daromadli  sohadan  tejab  ko‘p  daromad 

keltiradigan  tarmoqlarga  sarf  etiladi.  Masalan,  AQSh  konsernlari  xizmat  ko‘rsatish, 

qurilish ishlari, savdo-sotiq  axboroti, jihozlarni ijaraga berish va  boshqa ishlar bilan 

shug‘ullanadilar. 

 

So‘ngi  yillarda  respublikamizda  barcha  sohalar  singari qishloq  xo‘jaligini  ham 



diversifikatsiyalash,  texnik  va  texnologik  jihatdan  qayta  jihozlashga  alohida  e’tbor 

berilmoqda.  Respublika  agrar  tarmog‘ining  asosiy  ishlab  chiqarish  sub‘ekti 

hisoblangan  fermer  xo‘jaliklarining  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  barqaror 

rivojlanishida  faqat  bir  sohada  ishlab  chiqarish  faoliyati  bilan  shug‘ullanishi  etarli 

emasligi  nazariy  va  amaliy  tomonlama  o‘z  isbotini  topib  bormoqda.  Faoliyatni 

bunday  tarzda  olib  borish  ishlab  chiqarish  rentabelligini  oshirish  imkoniyatlarini 

pasaytiradi.  Qo‘shimcha  daromadning  yo‘qligi  yangi  faoliyat  turlarini  tashkil  etish, 

ishlab  chiqarishni  modernizatsiyalash  va  ko‘zda  tutilmagan  zararlarni  oqilona 

bartaraf  etish  imkoniyatini  kamaytiradi.  Bu  salbiy  omillar  esa  o‘z  navbatida,  fermer 

xo‘jaliklarini  iqtisodiyotimizda  barqaror  va  raqobatbardosh  sub‘ekt  sifatida 

shakllantirishga to‘sqinlik qiladi. 

 

Uchinchidan,  qishloq  xo‘jaligida  investitsion  muhit  yaxshilanadi.  Boshqa 



faoliyat  turlarining  moddiy-texnik  bazasi  va  moliyaviy  daromad  manbayining 

mavjudligi  investitsion  tavakkalchilik  darajasini  kamaytirishga  yordam  beradi. 

Shuningdek, tashqi investitsiya hisobiga ichki investorlik faoliyatini yuritish imkoni 

 

19 



shakllanadi. Bunda ichki investitsion faoliyat sub‘ekti sifatida diversifikatsiyalangan 

faoliyat sohalari namoyon bo‘ladi. 

 

3.3. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning iqtisodiy asoslari 

 

O‘zbekiston  Respublikasida  fermer  xo‘jaliklari  faoliyatini  diversifikatsiyalash, 



ularni  faoliyatiga  zamonaviy  texnologiyalarni  jalb  etish  bo‘yicha  respublikamizda 

etarli  darajada  huquqiy  asoslar  yaratilgan.  Bu  borada  O‘zbekiston  Respublikasi 

“Fermer  xo‘jaligi  to‘g‘risida”gi  va  “Mulk  to‘g‘risida”gi  qonunlari  asosiy  huhuqiy 

hujjatlar  bo‘lib  xizmat  qilmoqda.  Ushbu  qonunlarga  muvofiq  fermer  xo‘jaliklari 

asosiy  ishlab  chiqarish  faoliyatidan  tashqari,  ishlab  chiqarishning  boshqa  turlari  va 

xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanish huquqiga ega. 

 

Fermer  xo‘jaliklarining ushbu huquqi  so‘ngi  yillarda ham  bir  qancha  qonunlar 



hamda me’yoriy hujjatlar bilan mustahkamlanib kelinmoqda. Bu borada O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2008  yil  6  oktabrdagi  “Fermer  xo‘jaliklari  yerlarini 

optimallashtirish  va  yiriklashtirish  to‘g‘risida”gi  Farmoyishi  fermer  xo‘jaliklari 

faoliyatini  diversifikatsiyalash  bo‘yicha  muhim  tadbirlarni  o‘z  ichiga  oladi. 

Farmoyishda  fermer  xo‘jaliklari  yer  maydonlarini  yiriklashtirish  va  past  rentabellik 

bilan  ishlab  kelayotgan  fermer  xo‘jaliklari  yer  maydonlarini  davlat  ixtiyoriga 

o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

 

Keyingi yillarda ham bu tadbir rivojlantirilib borildi. Xususan, 2009 yilning 22 



oktabrida  Prezidentimizning  “Fermer  xo‘jaliklarining  yer  uchastkalari  hajmlarini 

yanada  maqbullashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PF-3287-sonli  farmoyishiga 

asosan, past rentabellik bilan ishlayotgan fermer xo‘jaliklari yer uchastkalarini yuqori 

samara bilan ishlayotgan fermer xo‘jaliklariga qo‘shib berish hamda ularning faoliyat 

turlarini yanada kengaytirish ishlari amalga oshirildi. 

 

Ushbu  farmoyishlar  pirovardida  fermer  xo‘jaliklari  ishlab  chiqarish  faoliyati 



turlarini  kengayishiga  hamda  qo‘shimcha  faoliyat  turlarini  tashkil  qilinishiga  olib 

keldi. Fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini muqobillashtirish borasidagi qonunchilik 

tizimini  yanada  takomillashtirish  maqsadida  2011  yil  18  aprelda  Prezidentimizning 

“Fermer  xo‘jaliklarini  qayta  tashkil  etish  va  ularning  yer  maydonlarini 

optimallashtirishda  qonunchilikka  rioya  etish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Farmoni 

e’lon  qilindi.  Ushbu  farmonning  2-bandida  quyidagi  masala  keltiriladi:  “Belgilab 

qo‘yilsinki,  fermer  xo‘jaliklarini  qayta  tashkil  etish  va  ularning  yer  maydonlarini 

optimallashtirishga  doir  barcha  masalalar  mahalliy  hokimiyat  organlari  yoki  boshqa 

vakolatli  organlar  tomonidan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibga  qat’iy  muvofiq 

ravishda  taqdim  etiladigan  da’volar  asosida  sud  orqali  hal  qilinadi”  Demak,  fermer 

xo‘jaliklari yer maydonlarini optimallashtirish juda muhim masalalardan hisoblanib, 

bu tadbirga doir barcha masalalar vakolatli organlar tomonidan sudda hal qilinadi. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidentining  2009  yil  15  maydagi 



“Tadbirkorlik  faoliyatini  yanada  qo‘llab-quvvatlash  va  rivojlantirish  choratadbirlari 

to‘g‘risida”gi  PQ-1112-sonli  qarorida  hamda  2011  yil  7  fevral  "Kichik  biznes  va 

xususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturi to‘g‘risidagi PQ-1474 –sonli qarorida kichik 

biznes va xususiy tadbirkorlik yanada rivojlantirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish, 

 

20 


mamlakat  iqtisodiyotining  barqaror  faoliyat  yuritishida  uning  rolini  oshirish,  yangi 

ish  joylarini  shakllantirish  va  aholi  bandligini  ta’minlash,  shuningdek,  xususiy 

tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish uchun qo‘shimcha ravishda qulay 

shart-sharoitlar  yaratish,  tadbirkorlik  sub‘ektlarining  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlariga  rioya  etilishini  ta’minlash  masalalari  yoritilgan.  Bu  qarorga  muvofiq 

mamlakatimiz  va  uning  hududlarida  yanada  qulay  biznes-muhit  yaratish,  xususiy 

mulkchilikning  ustuvorligini  mustahkamlashga  yo‘naltirilgan  qonun  hujjatlarini 

takomillashtirish  va  bu  borada  ishonchli  kafolatlarni  ta’minlash,  tadbirkorlikka 

ko‘proq  erkinlik  berish,  davlatning  boshqaruv  funksiyalari  va  ruxsat  beruvchi 

normalarini  qisqartirish,  byurollatik  to‘siq  va  g‘ovlarni  olib  tashlash,  kichik  biznes 

subektlarining  moliya-kredit  va  xomashyo  resurslaridan,  ular  ishlab  chiqaradigan 

mahsulotlarga  davlat  buyurtmalari  berilishidan  keng  foydalanishini  ta’minlaydigan 

bozor  vositalari  va  mexanizmlarini  tadbiq  etishni  yo‘lga  qo‘yish  amalga 

oshirilmoqda. 

 

Fermer  xo‘jaliklarini  modernizatsiyalash  ularni  ishlab  chiqarish  faoliyatini 



 

diversifikatsiyalashda 

muhim 

omil 


hisoblanadi. 

Fermer 


xo‘jaliklarini 

modernizatsiyalash  mexanizmini  yanada  takomillashtirish  borasida  O‘zbekiston 

Respublikasi  birinchi  Prezidentining  2008  yil  16  iyuldagi  “Innovatsion  loyihalar  va 

texnologiyalarni  ishlab  chiqarishga  tatbiq  etishni  rag‘batlantirish  borasidagi 

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori muhim me’yoriy hujjat hisoblanadi. 

Ushbu qaror barcha kichik biznes sub‘ektlari qatori fermer xo‘jaliklarida ham ishlab 

chiqarishni  modernizatsiyalashning  tashkiliy-huquqiy  asoslarini  mustahkamlaydi. 

Ushbu  qaror  ilmiy-amaliy  tadqiqotlar  va  innovatsionishlanmalarni  rivojlantirish 

hamda  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  yangilash 

jarayonlariga  tadbiq  etishni  rag‘batlantirish  bo‘yicha  amaliy  mexanizmlar  yaratish, 

fan  va  ishlab  chiqarishning  yanada  mustahkam  aloqasini  ta’minlash,  shuningdek, 

ilmiy-tadqiqot  tashkilotlari  hamda  real  iqtisodiyot  tarmoqlari  korxonalari  o‘rtasida 

uzviy  hamkorlik  aloqalarini  o‘rnatish  mexanizmlarini  yanada  takomillashtirish 

masalalarini qamrab olgan. 

 

Respublikamizda  fermer  xo‘jaliklari  faoliyatini  diversifikatsiyalash  bo‘yicha 



etarli  darajada  ilmiy  va  tashkiliy-huquqiy  asoslar  yaratilgan.  Tadbirkorlikning 

qonunda  ko‘zda  tutilgan  har  qanday  shakllari  faoliyati  tegishli  davlat  organlari 

tomonidan qo‘llab quvvatlaniladi. Bu esa o‘z navbatida fermer xo‘jaliklari faoliyatini 

 

diversifikatsiyalash 



tadbirlari 

oldida 


turgan 

ilmiy 


hamda 

tashkiliyhuquqiymuammolarni yumshatadi. 

 

Mamlakatning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tarkibi shakllanishida birlamchi 



ravishda  uning  geografik  o‘rni,  tabiiy-iqlim  resurslari  va  resurs  salohiyati  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Mavjud  tabiiy  imkoniyatlar  etarli  bo‘lgan  holatda,  qishloq 

xo‘jaligi  hududiy  ixtisoslashuvi  shakllantiriladi  hamda  mamlakat  aholisining  oziq-

ovqat  mahsulotlariga  va  sanoat tarmoqlarining xom-ashyoga  bo‘lgan talabidan kelib 

chiqib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beruvchi 

samarali  ishlab  chiqarish  tanlanadi.  Qishloq  xo‘jaligida  ishlab  chiqarish  tarkibi 

tanlanganidan  so‘ng,  bozor  qonuniyatiga  ko‘ra  zarur  bo‘lgan  tovar  ishlab  chiqarish 

jarayoni boshlanadi, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchi 

 

21 


tomonidan  yaratilgan  mahsulotga  bozorda  talabning  bo‘lishi  ishlab

 

chiqaruvchi 



 

daromadini  ta’minlasa,  mahsulotning  haddan

 

tashqari  ortiqchaligi  esa  mavjud 



bozorning  to‘yinishiga  va  bozorda  mahsulot

 

turlarining  ortishiga  olib  kelishi 



oqibatida daromadning oshishiga aks ta’sir etadi. 

 

Diversifikatsiyalashuvning  asosiy  maqsadi  bir  necha  yo‘nalishda  faoliyat  olib 



borgan holda tavakkalchilikni kamaytirish va daromadni oshirish bo‘lib, u o‘ziga xos 

ravishda  davriylik  kasb  etishi  mumkin  (bir  tarmoqning  tanazzulni  boshidan 

kechirayotgan  davrida,  boshqasi  o‘zining  rivojlanish  cho‘qqisiga  erishishi 

mumkinligi).  Diversifikatsiyalashgan  korxonalar  raqobat  kurashida  ancha  barqaror 

bo‘lib,  ularda  siklik,  tarkibiy  va  kon’yunkturaviy  tebranishlardan  hosil  bo‘lishi 

mumkin bo‘lgan zararlar xavf-xatari kamayadi. Diversifikatsiya sub‘ektlar xo‘jalik 

 

faoliyatini rivojlantirishning umumqabul qilingan va zaruriy usullaridan hisoblanadi. 



 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi PF-5199-sonli 

“Fermer,  dehqon  xo‘jaliklari  va  tomorqa  yer  egalarining  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlarini  himoya  qilish,  qishloq  xo‘jaligi  ekin  maydonlaridan  samarali 

foydalanish  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 

farmonida  ko‘p  tarmoqli  fermer  xo‘jaliklarini  yanada  rivojlantirishda,  qishloq 

xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini barqaror oshirib borishda hamda 

yer  maydonlaridan  samarali  foydalanishda  qator  muammo  va  kamchiliklar 

kuzatilganligi,fermer  xo‘jaliklarining  asosiy  qismi  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini 

yetishtirish  bilan  cheklanib  qolayotganligi,  ularning  qayta  ishlash,  saqlash,  tayyor 

mahsulotlarni  sotish  va  xizmatlar  ko‘rsatish  kabi  ko‘p  tarmoqli  faoliyatini  yo‘lga 

qo‘yishda  mavjud  imkoniyatlardan  foydalanilmayotganligi  e'tirof  etilgan  holda 

“...2022  yilning  1  yanvaridan  boshlab  ko‘p  tarmoqli  faoliyatni  yo‘lga  qo‘ymagan 

fermer  xo‘jaliklari  bilan  yer  ijarasi  shartnomalari  qonun  hujjatlariga  muvofiq  bekor 

qilinadi” deb belgilab qo‘yildi. 

 

“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi” ning asosiy tarmog‘i sifatida – fermer xo‘jaligi 



tashkil etilishi paytida yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasida 

 

belgilangan asosiy ixtisoslashuv yo‘nalishi qabul qilinishi to‘g‘ri bo‘ladi. 



“Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi” – fermer xo‘jaligi tashkil etilishi paytida yer 

uchastkalarini  uzoq  muddatli  ijaraga  olish

 

shartnomasida  belgilangan



 

asosiy 


 

ixtisoslashuv yo‘nalishidan boshqa qonunchilik bilan ta'qiqlanmagan sohalarda ishlab 

chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etgan xo‘jalik yuritish sub'ekti hisoblanadi. 

 

Ko‘p  tarmoqli  fermer  xo‘jaliklarida  ishlab  chiqarishning  qo‘shimcha  tarmog‘i 



asosiy  tarmoq  bilan  bog‘liq  holda  yoki  asosiy  tarmoq  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan 

sohalarda tashkil etilishi mumkin

5

. Xususan: 



 

·  qo‘shimcha  tarmoq  asosiy  tarmoq  bilan  bog‘liq  holda  tashkil  etilganda  – 

masalan, fermer xo‘jaligi sabzavotchilik yo‘nalishida (asosiy tarmoq) faoliyat yuritsa 

qo‘shimcha  tarmoq  sifatida  sabzavotni  qayta  ishlash  sexlari  faoliyatini

 

yo‘lga 


 

 

 



 

 

5



 

Mamarasulov X. va boshqalar “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish masalalari”-Amaliy qo‘llanma.T-2016 y

 

 

 



 

22 


qo‘yishi, mahsulotlarni tayyorlash, tashish va saqlash, chorvachilik mahsulotlari 

yetishtirish kabi sohalarda o‘z faoliyatini kengaytirishi nazarda tutiladi; 

 

· qo‘shimcha  tarmoq  asosiy  tarmoq  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  sohalarda  tashkil 



etilganda – masalan, fermer xo‘jaligi paxta g‘allachilik yo‘nalishida (asosiy tarmoq) 

yuritsa  qo‘shimcha  tarmoq  sifatida  aholiga  taransport  xizmati  ko‘rsatish,  xo‘jalik 

qoshida kichik tikuv sexlarini tashkil etish kabi sohalarda o‘z faoliyatini kengaytirishi 

nazarda tutiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

23 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling