Samarqand veterinariya medisinasiinstituti iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti


 Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.06.2020
Hajmi0.7 Mb.
#118828
1   2   3   4   5
Bog'liq
KURS ISHI-Sadinov Javlon - 405-guruh


4. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy 

asoslarini takomillashtirish 

 

4.1. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashni qonuniy takomillashtirib 



borish 

 

Qishloq  xo‘jaligi  korxonalarida  ishlab  chiqarishni  oqilona  tashkil  etishning 



tamoyillaridan  biri  ularda  ixtisoslashuvni  chuqurlashtirish  va  ishlab  chiqarishda 

mavjud  tarmoqlarni  eng  yuqori  samaradorlik  ko‘rsatkichlariga  muvofiq 

uyg‘unlashtirishdan  iboratdir.  Qishloq  xo‘jaligi  sohasida  korxonalarning 

ixtisoslashuvi  deyilganda  ularning  faoliyati  natijasida  mahsulotlarning  avvaldan 

belgilangan  yoki  ma'lum  bir  turlarini  ishlab  chiqarishga  qaratilganligi  tushuniladi. 

Qishloq xo‘jaligi korxonalarida bu jarayon, odatda ma'lum bir sohalarning qisqarishi 

tufayli ikkinchi bir soha yoki sohalarning kengayishi bilan bog‘liq. 

 

Ixtisoslashuvning maqsadi korxona sohalarining ma'lum bir tovar mahsulotlarini 



ishlab  chiqarishga  moslashuvidan  keladigan  daromadlarni  ko‘paytirish  uchun  shart-

sharoitlar  yaratish,  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  hajmini  ko‘paytirish,  chiqimlarni 

kamaytirish,  mehnat  samaradorligini  yuksaltirish  hamda  mahsulot  sifatini 

yaxshilashdan iboratdir. 

 

Ixtisoslashuv  ishlab  chiqarish  resurslarini  markazlashtirib,  ko‘p  tarmoqli 



xo‘jalikdan  ixtisoslashgan  xo‘jalikka  o‘tish,  qishloq  xo‘jaligi  oldida  samaradorlik 

hamda  sifat  ko‘rsatkichlarini  oshirish  vazifasi  turgan  hozirgi  iqtisodiy  islohotlar 

chuqurlashayotgan bir paytda O‘zbekiston Respublikasi uchun alohida ahamiyat kasb 

etadi. 


 

Ixtisoslashuv ishlab chiqarishning yuksak samaradorligi ko‘rsatkichlari asosida 

mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  ko‘paytirish,  qishloqlarda  ijtimoiy  muammolarni  hal 

etishda  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishining  tashkiliy  asosining  dastagi  sifatida 

harakat qiladi. 

 

Mehnat  taqsimoti  va  uning  o‘ziga  xos  shakli  ya'ni-ixtisoslashuv  ishlab 



chiqarishning tovar  formasi  bilan  bir paytda paydo bo‘lgan.  Ular,  mehnat taqsimoti 

tovar  ishlab  chiqarilishi  rivoji,  korxonalar  va  tovar  mahsu-lotlari  ishlab 

chiqaruvchilar  o‘rtasida  mahsulot  almashuvi  hamda  o‘zaro  xizmat  ko‘rsatishda 

muhim rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuvning o‘z ob'ektiga ega bo‘lgan 

turli shakllari mavjud. 

 

Xo‘jalik  faoliyatini  samarali  yuritish,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishdagi 



ko‘pgina  muammolarni  to‘g‘ri  hal  qilishda  ilmiy  asoslangan  rejalashtirish,  moddiy-

texnik  ta'minot, ishlovchilarni  moddiy  rag‘batlantirishda qishloq xo‘jaligi korxonasi 

va bo‘linmalarining ixtisoslashuvi, ya'ni ishlab chiqarish yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash 

katta ahamiyatga ega. 

 

Shakllangan  ixtisoslashuvni  to‘g‘ri  aniqlash  uchun  ma'lum  ko‘rsatkichlar  va 



mezonlardan  oqilona  foydalanish  zarur.  Ixtisoslashuv  joriy  va  qiyosiy  baholarda 

hisobla-nadigan tovar mahsuloti ishlab chiqarish samarasini belgilaydigan hodisadir. 

 

 

 



 

24 


Amaliyotda  shakllangan  ishlab  chiqarish  yo‘nalishini  asosiy  qishloq  xo‘jaligi 

mahsulotlarining  umumiy  daromadda  so‘nggi  uch  yil  davomidagi  mahsulot 

realizatsiyasidagi ulushi bo‘yicha aniqlash tavsiya etiladi. 

 

Ixtisoslashgan  xo‘jaliklar  deb  mahsulot  realizatsiyasidan  bosh  tarmoqda 



umumiy  foydaning  50  %  dan  kam  bo‘lmagan  hissasiga  ega  bo‘lgan  korxonalarni 

hisoblash  mumkin.  Masalan,  agar  xo‘jalikda  paxta  yoki  g‘alla  hissasi  50%  yoki 

undan  ortiqni  tashkil  etsa,  bunday  korxona  paxtachilik  yoki  g‘allachilik 

yo‘nalishidagi xo‘jalik hisoblanadi. Agar qishloq xo‘jaligi korxonasida ikki sohadan 

har  birining  hissasi  25  %dan  kam  bo‘lmasa,  bunday  xo‘jalik  ham  ixtisoslashgan 

korxona hisoblanadi va uning ishlab chiqarish yo‘nalishi bosh tarmoq, ya'ni qishloq 

xo‘jaligi  mahsu-lotlari  realizatsiyasidan  tushgan  umumiy  foydaning  nisbatan  ko‘p 

qismini tashkil etgan sohaning ulushiga qarab aniqlanadi. 

 

Uch yoki undan ziyod asosiy sohalarga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari 



ixtisoslashgan xo‘jaliklar tarkibiga kirmaydi. 

 

O‘zbekiston  Respublikasida  ixtisoslashuv  yo‘nalishi  bo‘yicha  qishloq  xo‘jaligi 



korxonalari asosan quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 

 

-o‘simlikchilik:  g‘allachilik,  sabzavotchilik,  paxtachilik, pillachilik, sholikorlik, 



mevachilik, poliz mahsulotlari va h.z. ishlab chiqaruvchilar; 

 

-chorvachilik:  sut  mahsulotlari,  go‘sht  mahsulotlari,  yilqichilik,  qo‘ychilik  va 



parranda mahsulotlari yetkazuvchilar. 

 

Ko‘p  tarmoqli  xo‘jalikdan  ishlab  chiqarish  resurslarining  yuksak  darajada 



markazlashgan  ixtisoslashgan  xo‘jalikka  o‘tishi  qishloq  xo‘jaligi  sohasida 

samaradorlik  va  sifat  ko‘rsatkichlarini  yaxshilash  vazifalari  turganda  alohida 

ahamiyat  kasb  etadi.  Ixtisoslashuv  qishloq  xo‘jaligining  barqarorligini  ta'minlovchi, 

ishlab  chiqarishning  yuksak  samaradorligida  mahsulot  ishlab  chiqarishni 

ko‘paytiruvchi,  qishloqda  ijtimoiy  muammolarni  hal  qilishni  ta'minlovchi  tashkiliy 

omil sifatida yuzaga chiqadi. 

 

Mehnat  taqsimoti  va  uning  o‘ziga  xos  shakli  bo‘lgan  -  ixtisoslashuv  ishlab 



chiqarishning tovar formasi bilan birga paydo bo‘lgan. U tovar ishlab chiqarish rivoji

tashkilotlar hamda tovar ishlab chiqaruvchilararo mahsulot va xizmat ayirboshlashga 

jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. 

 

Qishloq xo‘jaligi korxonalari ixtisoslashuvi murakkab iqtisodiy jarayon sifatida 



ko‘pincha  qarama-qarshi  yo‘nalishlarda,  ya'ni  goh  tezlashtiruvchi,  goh 

sekinlashtiruvchi  ko‘pgina  omillarning  ta'sirida  rivojlanadi.  Har  qanday  sharoitda 

ham  u  ishlab  chiqarishni  tashkillashtirishga  katta  ta'sir  ko‘rsatadi.  Xo‘jaliklarda 

ixtisoslashuvning tezlashuvi, xususan qishloq xo‘jaligi mashinasozligida ilmiy-texnik 

taraqqiyotga  imkon  yaratadi.  Qishloq  xo‘jaligini  yirik  mashinali  ishlab  chiqarish 

tarmog‘iga  aylantirish,  asosiy  texnologik  jarayonlarni  mexanizatsiyalashtirish  va 

avtomatlashtirish, tizimga mashinalarni kiritishga imkon beradi

6



 

Qarama-qarshi yo‘nalishda o‘z-o‘zini ta'minlash, yil davomida ishning bir tekis 

taqsimlanishi,  qo‘shimcha  mahsulotdan  foydalanish  kabi  ixtisoslashuvga  to‘siq 

bo‘ladigan omillar amal qiladi. Universalligi bilan farqlanadigan ko‘p tarmoqli 

 

 

6



 

Yusupov M.S. Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish: O‘quv qo‘llanma. –T.: Adab, 2009

 

 

25 



xo‘jaligi bo‘lgan tumanlarda shunday holatlar mavjud bo‘ladi. Ular bir xil nisbatlarda 

bir  xil  mahsulotlarga  ishlov  beradilar,  almashlab  ekishda  bir  xillikga  egalar,  bir  xil 

turdagi  jonivorlarni  boqadilar.  Ixtisoslashuvning  chuqurlashuvi  turli  tarmoq-lar  va 

ishlab 


chiqarishda 

universal 

ishlab 

chiqarish 



kuchlarining 

yaratilishidan 

foydalanishga to‘sqinlik qiladi. 

 

Qishloq  xo‘jaligi  korxonalarida  tarmoqlarni  muvofiqlashtirishning  quyidagi 



tamoyillari mavjud: 

 

-  o‘z-o‘zini mablag‘ bilan qoplash asosida ishlab chiqarishni yuritishning eng 



samarador va iqtisodiy barqaror darajasiga erishish; 

 

- xo‘jalikning tuproq-iqlim va iqtisodiy o‘ziga xosliklarini eng yuqori darajada 



hisobga olish; 

 

-  xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan 



ta'minlash; 

 

-  ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo traktorlar, kombaynlar va boshqa 



qimmatbaho mashina hamda jihozlardan samarali foydalanish; 

 

-  mahsulotlarni realizatsiya qilish punktlarini tashkil qilish, transport 



chiqimlarini kamaytirish; 

 

-  korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, turli 



xizmatlarga ichki ehtiyojlarini qondirish; 

 

- mahalliy aholining kasbiy ko‘nikmalaridan foydalanish. 



 

Qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishi  ixtisoslashish  xarakteriga  ko‘ra  asosiy, 

qo‘shimcha  va  yordamchi  sohalar  (tarmoqlar)ga  bo‘linadi.  Ishlab  chiqarishning  bu 

xilda  ixtisoslashuvi  yer,  mehnat va  moddiy  resurslaridan  unumli  foydalanish va  shu 

asosda ko‘proq xilma-xil qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish imkonini beradi. 

 

 



 

 

 



 

 

4.1.1-jadval 

 

Kattaqo’rg’on tumanida chorva bosh soni holati tahlili (2016-2018 

yy.)* 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



O'lchov 

 

Yillar 



 

2018 yilda 2016 

№ 

Ko'rsatkichlar 



 

 

yilga nisbatan farq 



birligi 

 

 



 

 

 



2016 

2017 


2018 

(+/-) 


 

 



 

1  Jami qoramol bosh soni 

bosh 

54729 


63009 

63501 


8772 

116,0 


sh.j.: sigirlar bosh soni 

bosh 

21719 


28774 

28870 


7151 

132,9 


2  Qo'y-echkilar soni 

bosh 


533774 

515493 


561221 

27447 


105,1 

3  Otlar 

bosh 

2339 


2379 

2465 


126 

105,4 


4  Parrandalar 

ming bosh 

224960 

273587 


315006 

90046 


140,0 

 

*Manba: Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari 



 

 

4.1.1-jadval  ma’lumotlaridan  ko’rinib  turibdiki,  Kattaqo’rg’on  tumanida  2016-



2018 yillarda barcha chorva turlari sonida o’sish kuzatildi. 

 

4.2. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashni me’yoriy-



xuquqiy xujjatlarni kabul qilinishi 

 

Qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  ko‘paytirishning  eng  ustuvor 



yo‘li  –  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlari  yetishtirishda  intensiv  agrotexnologiyalarni 

qo‘llash, sohani tom ma'noda modernizatsiya qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi 

 

26 


Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  PF-4947-sonli  farmoni  bilan  tasdiqdangan 

“2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor 

yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi”da  qishloq  xo‘jaligini  modernizatsiya 

qilish  va  jadal  rivojlantirish  bo‘yicha  aynan  shu  vazifalarning  yechimini  topish  va 

amalga oshirishga asosiy e'tibor qaratilgan (2.1 - rasm). 

 

Qishloq  xo‘jaligida  tarkibiy  o‘zgartirishlarni  chuqurlashtirish  orqali  ishlab 



chiqarishni  izchil  rivojlantirish,  mamlakatimiz  oziq-ovqat  xavfsizligini  yanada 

mustahkamlash,  agrar  sektorning  eksport  salohiyatini  sezilarli  darajada  oshirish 

istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan eng muhim vazifalardan sanaladi. 

 

Birinchi 



navbatda 

2016-2020 

yillar 

oralig‘ida 



paxta 

xomashyosi 

yetishtiriladigan maydonlarni 170,5 ming va sug‘oriladigan g‘alla maydonlarini 50,0 

ming  gektarga  qisqartirish  hisobiga  kartoshka  maydonini  36,0  ming,  sabzavotlar 

maydonini  91,0  ming,  intensiv  bog‘lar  maydonini  18,0  ming,  ozuqa  ekinlarini  50,3 

ming,  moyli  ekinlarni  14,0  ming  va  uzumzorlarni  11,2  ming  gektarga  kengaytirish 

bilan bog‘liq ekin maydonlarini yanada optimallashtirish ishlari amalga oshiriladi. 

 

Harakatlar  strategiyasi  doirasida  oziq-ovqat  mahsulotlari  yetishtirishni 



ko‘paytirish  bo‘yicha  2016-2020  yillarda  quyidagi  tadbirlarni  amalga  oshirish 

belgilangan: 

 

-  yangi intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil qilish, mavjudlarni rekonstruksiya 



qilish ishlarini davom ettirish; 

 

-  jami mevali bog‘lar maydonida intensiv bog‘larning ulushini 2016 yildagi 10 



foizdan  2020  yilgacha  30  foizga  yetkazish  natijasida  ularning  hosildorligini  kamida 

3-4 martaga oshirish; 

 

-  intensiv bog‘lar va tokzorlarda bosqichma-bosqich yiliga 5,7 ming gektardan 



tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish; 

 

-  respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos pakana va yarim pakana daraxt 



ko‘chatlari va payvantaklari yetishtirishni 7000000 taga oshirish; 

 

-  dunyo bozorlarida talab yuqori bo‘lgan eksportbop intensiv bog‘ mevalari 



ko‘chatlari navlarini sinash va ularni Davlat reestriga kiritish; 

 

-  shaxsiy tomorqalardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha zamonaviy 



texnologiya va tajribalarni targ‘ibot qilish hamda tarqatish; 

 

-  aholi  tomorqalari  va  dehqon  xo‘jaliklarida  muqobil  elektr  energiyasi 



manbalaridan 

foydalanadigan 

yengil 

konstruksiyali 



issiqxonalar, 

kichik 


parrandachilik,  baliqchilik,  asalarichilik  va  boshqa  yuqori  daromadli  xo‘jaliklarni 

tuzishda amaliy yordam ko‘rsatish; 

 

-  xo‘l  meva-sabzavotlar,  qayta  ishlangan  mahsulotlarni  saqlash  va  eksportga 



jo‘natishga mo‘ljallangan muzlatkichli omborxonalarning umumiy hajmini 632 ming 

tonnaga yetkazish

 

-  almashlab  ekish  tartibini  qo‘llagan  holda,  uzoq  muddatga  qishloq  xo‘jaligi 



ekinlarini joylashtirishni rejalashtirishga o‘tish asosida tuproq unumdorligi va ekinlar 

hosildorligini oshirish; 

 

-  respublika  tuproq-iqlim  sharoitiga  mos,  qurg‘oqchilikka,  sho‘rlikka, 



issiqlikka,  kasalliklarga  chidamli  qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  navlari  va  xayvonot 

turlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish. 

 

27 


Bugungi kunda ushbu dasturiy vazifalarning bajarilishini ta'minlash maqsadida 

hamda  jahon  tajribasidan  kelib  chiqqan  holda  qishloq  xo‘jaligini  modernizatsiya 

qilish jarayonini quyidagi yo‘nalishlarda olib borish maqsadga muvofiq (1– rasm): 

 

 



 

 

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish jarayonining asosiy 

 

yo‘nalishlari 

 

yer  va  suv  resurslaridan  oqilona,  samarali  va  tejamkorlik  bilan  foydalanishni 



ta'minlovchi  innovatsion  texnologiyalarni  amaliyotga  joriy  etish  hamda  bu  sohaga 

tashqi va ichki investitsiyalarni jalb etish 

 

qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishni ta'minlash 



 

tovarlik  darajasi  yuqori  bo‘lgan  oziq-ovqat  mahsulotlari  –  bog‘dorchilik  (meva, 

sabzavot,  uzum),  parranda  va  baliqchilik  hamda  sut  va  sut  mahsulotlari  ishlab 

chiqarish sohalarini modernizatsiya qilish 

qishloq xo‘jaligini ekologik omillar asosida rivojlantirish 

 

qishloq xo‘jaligini suv bilan ta'minlash va suvdan foydalanish tizimini 



modernizatsiya qilish 

 

agrar soha uchun kadrlar tayyorlash, qishloq xo‘jaligi mutaxasisilarining bilimi va 



kasbiy malakasini oshirish 

 

iqlim o‘zgarishi va unga moslashish yo‘nalishidagi modernizatsiya, iqlim 



o‘zgarishiga mos ravishda tarmoqlarni diversifikatsiyalash 

 

respublikamiz biotexnologiya sohasini jadal sur'atlarda taraqqiy ettirish 



 

qishloq  xo‘jaligi  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  ishlab  chiqarish 

jarayonlarining mexanizatsiyalashganlik darajasini oshirish 

 

dehqon va fermer xo‘jaliklari, qishloq tadbirkorlarini mini texnika va texnologiyalar 



bilan  ta'minlash  tashkiliy-iqtisodiy  mexanizmlarini  zamon  talablari  asosida 

o‘zgartirish 

 

qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  sohalarni  rivojlantirish, 



qishloq  ijtimoiy-hududiy  infratuzilmasini  shakllantirish  hamda  qishloq  xo‘jaligida 

mehnat munosabatlarini takomillashtirish 

 

 

1– rasm. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari 



 

- yer  va  suv  resurslaridan  oqilona,  samarali  va  tejamkorlik  bilan  foydalanishni 

ta'minlovchi  innovatsion  texnologiyalarni  amaliyotga  joriy  etish  hamda  bu  sohaga 

tashqi va ichki investitsiyalarni jalb etish. Buning uchun agrar tadbirkorlik sohasining 

investitsion  jozibadorligini  oshirishni  ta'minlovchi  moliyaviy-iqtisodiy  sharoitlardan 

iborat investitsion iqlim yaratish; 

 

- qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  hosildorligini  oshirishni  ta'minlash.  Bunda  asosiy 



e'tibor  mahsulotning  sifat  ko‘rsatkichlarini  yaxshilanishni,  ya'ni  uning  xaridorgir, 

iste'molbop  va  xushxo‘rligini  ta'minlovchi  ko‘rsatkichlar  tizimi  shakllantirilishiga 

qaratilishi lozim; 

 

28 



XULOSA VA TAKLIFLAR 

 

Hozirda  fermer  xo‘jaliklari  ishlab  chiqarish  faoliyatini  diversifikatsiyalash 



bo‘yicha  keng  ko‘lamli  ilmiy  izlanishlar  olib  borilmoqda.  Izlanishlar  natijasida 

fermer  xo‘jaliklari  ishlab  chiqarish  faoliyatini  diversifikatsiyalashning  o‘ziga  xos 

yo‘llari ishlab chiqildi. Bunda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalashning jahonning 

rivojlangan  mamlakatlari  tajribalari  va  respublikamiz  iqtisodiyoti  va  qishloq 

xo‘jaligining o‘ziga xos iqtisodiy-ijtimoiy xususiyatlari inobatga olingan. Erishilgan 

yutuqlar,  o‘z  navbatida,  respublikamiz  fermer  xo‘jaliklari  faoliyatiga  izchillik  bilan 

jalb  etilmoqda.  Optimal  tarzda  tashkil  qilingan  diversifikatsiyalashning  boshqa 

turdagi  tadbirlardan  asosiy  farqi  shundaki,  u  ishlab  chiqarish  samaradorligi  va 

faoliyat rentabelligini oshishiga tez ta’sir ko‘rsatadi. 

 

Respublikamizda  fermer  xo‘jaliklari  faoliyatini  diversifikatsiyalashning  asosiy 



turlari  sifatida  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlash,  boshqa  fermer 

xo‘jaliklariga agrotexnik xizmatlar ko‘rsatish, turli moliyaviy operatsiyalarda ishtirok 

etish  va  boshqalar  muhim  yaxshi  rivojlangan.  Fermer  xo‘jaliklarining  qo‘shimcha 

tarzda  ushbu  faoliyat  turlari  bilan  shug‘ullanishi,  birinchidan,  qo‘shimcha  daromad 

manbaining  tashkil  topishiga  olib  keladi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  ishlab  chiqarishni 

modernizatsiyalash  imkonini  beruvchi  moliyaviy  mablag‘lar  manbalarini 

shakllantiradi. Chunki ishlab chiqarishni ichki manbalar hisobidan qayta tashkil etish, 

kengaytirish  yoki  yangilash  har  doim  ham  taqsimlanmagan  foyda  asosida  amalga 

oshiriladi.Ikkinchidan, bir-birini qoplash mexanizmi shakllanganligi hisobiga faoliyat 

barqarorligi  ta’minlanadi.  Bunda  asosiy  ishlab  chiqarish  faoliyatidagi  ko‘zda 

tutilmagan  zararlar  qo‘shimcha  faoliyatdan  olingan  foyda  hisobiga  qoplanadi.  Bu 

holat  teskari  tarzda  ham  ro‘y  berishi  mumkin.  Ayniqsa,  bu  xususiyat  iqtisodiy 

tavakkalchilik kuchli bo‘lgan qishloq xo‘jaligida qo‘l keladi. 

 

Tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 



 

1.  Kattaqo’rg’on  tumanida  2009-2018  yillarda  suv  ta’minoti  turli  ko’rinishda 

bo’lgan  va  so’nggi  yillarda  suv  ta’minotida  miqdoran  pasayish  kuzatilgan.  Tuman 

qishloq xo’jaligi 2010-2014 yillarda 116,8 -145 mln m

3

 suv resurslariga ega bo’lgan 



bo’lsa, 2015-2018 yillarda 77,9-111 mln m

3

 suv resurslari bilan ta’minlangan. 



 

2. Kattaqo’rg’on  tumani  qishloq  xo’jaligini  2016-2018  yillar  ma’lumotlari 

asosida  o’rganish  natijasida  jami  daromadlar  –  33,9%ga,  xarajatlar  –  33,2%,  yalpi 

foyda  –  37,1%ga  ko’payishi,  rentabellik  darajasini  0,7  punktga  oshishiga  ta’sir 

etganligini  ko’rish  mumkin.  Tumanda  asosiy  qishloq xo’jalik mahsulotlaridan 2018 

yilda kartoshka – 82670,6 tonna, g’alla – 41669,0 tonna, sabzavot – 270144,5 tonna 

yetishtirilgan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar 2016 yilga nisbatan kamayganligi kuzatildi. 

 

Kattaqo’rg’on tumani barcha turdagi xo’jaliklarida go’sht va sut ishlab chiqarish 



miqdori,  qilingan  xarajatlar  va  tannarxida  o’sish  kuzatilgan.  Jami  xarajatlar  2016-

2018  yillarda  go’sht  ishlab  chiqarishda  –  139094,9-153680,6  mln  so’m  oralig’ida 

bo’lib,  tahlil  etilgan  davrda  14585,6  mln  so’mga  yoki  10,5%ga  oshgan;  sut  ishlab 

chiqarishda  -  34544,5-47685,6  mln  so’m  oralig’ida  bo’lib,  tahlil  etilgan  davrda 

13141,0  mln  so’mga  yoki  38,0%ga  oshgan.  Tannarxning  ham  mazkur  davrda  – 

go’sht yetishtirishda – 1,9% va sut yetishtirishda – 33,3%ga oshganligi kuzatildi. 

 

29 


Qishloq xo‘jaligi korxonalarida tarmoqlarni muvofiqlashtirishning quyidagi 

tamoyillari mavjud: 

 

-  o‘z-o‘zini mablag‘ bilan qoplash asosida ishlab chiqarishni yuritishning eng 



samarador va iqtisodiy barqaror darajasiga erishish; 

 

- xo‘jalikning tuproq-iqlim va iqtisodiy o‘ziga xosliklarini eng yuqori darajada 



hisobga olish; 

 

-  xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan 



ta'minlash; 

 

-  ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo traktorlar, kombaynlar va boshqa 



qimmatbaho mashina hamda jihozlardan samarali foydalanish; 

 

-  mahsulotlarni realizatsiya qilish punktlarini tashkil qilish, transport 



chiqimlarini kamaytirish; 

 

-  korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, turli 



xizmatlarga ichki ehtiyojlarini qondirish; 

 

- mahalliy aholining kasbiy ko‘nikmalaridan foydalanish. 



 

Fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash uchun olib boriladigan muhim 

vazifalar sifatida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur: 

 

– fermer xo‘jaliklarida moddiy-texnika bazasini yangi texnika va texnologiyalar 



kiritish asosida yaxshilash va yangilash

 

– ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va qishloq xo‘jalik 



mahsulotini yetishtirishda tor ixtisoslashtirishga o‘tish; 

 

– xo‘jalikdagi har bir jarayonni ilmiy asoslangan holda raxbarlik qobiliyatiga 



ega shaxs tomonidan boshqarilishi va kadrlarni to‘g‘ri tanlay bilish; 

 

– har bir xo‘jalik yurituvchi sub'ekt o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib istiqbolli 



diversifikatsiya strategiyasini ishlab chiqishi lozim. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



30 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling