Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali
Download 1.18 Mb.
|
Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Toshboyev R. Qabul qildi: Alimov B.S. 2022 Reja: Homila pardalarida suv to’planishi. Bachadon grijasi. Bachadondan qon ketishi. Homila pardalarida suv to‘planishi (vodyanka). Bo‘g‘ozlik davrida amnion bo‘shlig‘ida homila suyuqligi, ya’ni amnion epi teliy sekryeti hosil bo‘ladi. Allantois bo‘shlig‘ida esa uraxus (siydik yo‘li) bilan kelgan siydik yig‘iladi. Bo‘g‘ozlik normal o‘tayotganda amnion suyuqligi va siydikning miqdori ma’lum darajada ko‘payib yoki kamayib turadi. Homila pardasi bo‘shlig‘ida suyuqliklarning xaddan tashqari ko‘p miqdorda yig‘ilib qolishi homila pardasida suv to‘planishi (istisqo) kasalligi deyiladi. Kasallik ko‘pincha sigirlarda, kam darajada boshqa tur hayvonlarda uchraydi. Sabablari. Amnion epi teliy qavati ish faoliyatining buzilishi gidroamnioning rivojlanishiga, homila buyraklarining kasallanishi esa gidroallantois rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu kasalliklar ko‘pincha sigir va biyalarning qornida egizak yoki yirik bola bo‘lganda plasentar qon aylanishning buzilishi natijasida kuzatiladi. Belgilari. Kasallik og‘ir kechganda urg‘ochi hayvonning qorni bo‘g‘ozlikning oxirgi uchinchi qismi boshlanishida juda kattalashib ketadi. Homila pardalarida suyuqlikning miqdori ko‘paygan sari hayvonning umumiy ahvoli og‘irlashib boradi. Kasal hayvonning ishtahasi pasayadi, yurak urishi tez-tez, kuchsiz bo‘ladi, nafas zo‘riqqan va yuzaki, teri qoplamasi hurpaygan, ko‘zlar xiralashgan, hayvonda ariqlash kuzatiladi. Kechishi. Kasallik yengil o‘tganda bo‘g‘ozlik normal bo‘ladi, hayvon tugadigan vaqtda to‘lg‘oq to‘tishi kuchsiz bo‘ladi. Bunday xollarda akusherlik yordami ko‘rsatilmasa bolaning tug‘ilishi qiyinlashadi ba’zan og‘ir shakllarida bachadon yorilishi yoki qorin muskullarining uzilib kyetishi kuzatiladi. Diagnozi. Hayvonni tashqi va ichki tomonidan tekshirish bilan kasallikni oson aniqlash mumkin. Davolash. Kasallik yengil o‘tganda hayvonga tuyimli oziqalardan oz-ozdan berish va har kuni ochiq havoda yayratish bilan bo‘g‘ozlikning normal o‘tishini ta’minlash lozim. Kasallik og‘ir kechganda bo‘g‘oz hayvonni vaqtidan ilgari tug‘dirish zarur, aks holda homila nobud bo‘lishi mumkin. Buning uchun bachadon buyni kanali ochiladi va undan so‘ng kanal ichiga ikki yoki uch barmoq kirgiziladi. Bachadon buyni yaxshilab ochilgandan keyin barmoqlar bilan homila pardasi yirtib tashlanadi yoki zond tiqilib, asta-sekin homila suvi tashqariga chiqarib yuboriladi. Bo‘g‘oz hayvonda qorin devori muskullarining yirtilishi(bachadon grijasi, Hernia uteri, s. hysterocele) Kasallik qorin muskullarining yirtilishi oqibatida grija xaltasining hosil bo‘lishi va unga ichida bolasi bo‘lgan bachadonning tushishi bilan xarakterlanadi. Qorin muskullarining jarohatlanishi travmatik jarohatlanishlar oqibatida yoki o‘z-o‘zidan bo‘lishi mumkin. Bachadon grijasi ko‘pincha biya, sigir va qo‘ylarda, kam hollarda boshqa turdagi hayvonlarda uchraydi. Hayvon qornidagi bolaning juda katta bo‘lishi, egizak homiladorlik va homila pardalarining istisqosi kasalligi va bo‘g‘oz hayvonlarga to‘yimligi past, katta hajmli oziqalarning berilishi, masionni yo‘qligi ikkilamchi omillar bo‘lishi mumkin. Kasallik ko‘pincha qorin devorining pastki qismida qorin devorining to‘g‘ri muskullari paylarining bir tomonlama yoki ikki tomonlama tos suyagiga birikadigan joyidan uzilishi oqibatida kelib chiqadi. Klinik belgilari. Dastlab yumshoq konsistensiyaga ega bo‘lgan kichik shish paydo bo‘ladi. Keyin homilaning o‘sishi bilan shish kattalashib boradi. Qorin devorining to‘g‘ri muskullari yirtilganda (uzilganda) elin oldinga va pastga yoki bir yoniga qarab siljiydi. Qorinning yonbosh devori grijasi biyalarda asosan chap tomonda, kavshovchi hayvonlarda o‘ng tomonda joylashadi. Katta bo‘lganligi uchun odatda grija halqasini aniqlab bo‘lmaydi. Bunday hollarda qorin devori (mayda kavshovchi hayvonlarda) pastga osilib tushadi va hatto erga tegib turadi. Kasal hayvonlarda tug‘ish jarayonlari og‘ir kechadi va uzoq davom etadi, asfiksiya oqibatida homilaning o‘limi kuzatilishi mumkin. Prognoz. Bachadon grijasi hayvonning umumiy holatiga unchalik yomon ta’sir qilmasada, grija xalqasi homilani qisib qo‘yadi, natijada uni nobud qiladi. Kasal hayvonda tug‘ish paytida to‘lg‘oq juda kuchsiz bo‘ladi. Shuning uchun bunday hayvonga akusherlik yordami ko‘rsatish zarur. Bolasi tug‘dirib olingandan so‘ng hayvondan reproduktiv maqsadlarida foydalanish tavsiya etilmaydi. Davolash usuli ishlab chiqilmagan. Operativ usulda davolash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bunda veterinariya mutaxassisining vazifasi homilani sog‘lom tug‘ilishini ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Grija xaltasining yanada kattalashib ketishining oldini olish maqsadida hayvonga bandaj bog‘lanishi tavsiya etiladi. Hayvonga to‘yimligi yuqori oziqalar kam-kamdan beriladi. Bachadon grijasi bilan kasallangan hayvonning tug‘ishida faol akusherlik yordami ko‘rsatilishi lozim. Buning uchun bolani tortib olish, qorinni keng mato bilan mahkam bog‘lash, talab etilganda Kesarev usulida bolani olish tavsiya etiladi. Tug‘ayotgan hayvonni orqasi bilan chalqancha yotqizish kerak, bu bilan homilaning bachadondan tashqariga qarab to‘g‘ri yo‘nalishiga imkon yaratiladi. To‘lg‘oqni kuchaytirish maqsadida grija xaltasi qo‘l bilan bosilib harakatlantiriladi. Bachadondan qon ketishi (Haematometra). Bachadondan qon ketishi sigir, biya va echilarda qon tomirlarning jarohatlanishi oqibatida kuzatiladi. Boshqa turdagi hayvonlarda kam qayd etiladi. Bachadon bo’shlig’ida xorionni,shilliq pardalar qon tomirlari yorilishi yoki homila va ona hayvon qon tomirlarini bir vaqtda jarohatlanishi oqibatida qon ketishi mumkin. Bachadondan qon ketishini bevosita sabablari bachadoni ezilishi,yuqumli va invasion kasaliklar qo’zg’atuvchilarining patogen ta’siri,endokrin tizim funksiyalarining buzilishi, mineral moddalar almashinuvlar buzilishi va A gipovitaminozi bo’lishi mumkin. Bazan endometrit paytida ham qon ketishi kuzatiladi. 3-5% sigir va tonalarda jinsiy kuyikish paytida yoki kuyikishning qo’zg’alish bosqichi tugagandan keyin kuzatilishi mumkin. Klinik belgilari. Jinsiy a’zolardan doimiy ravishda yoki to’xtab-to’xtab qon oqib turadi. Kam miqdorda qon ketishida bazan kuchsiz bezovtalanish qayd etiladi. Ko’p miqdorda qon ketishi umumiy kamqonlik (anemiya) belgilari kuzatiladi. Diagnozni aniqlashda qonni qindan emas,balki bachadondan ketayotganligiga ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun qin oynasi yordamida qin bo’shlig’i va bachadon qin qismi tekshiriladi. Qin bo’shlig’ida yig’ilib qolgan qon olib tashlanib, kornsang yordamida tampon bilan bachadon bo’yni artiladi va undan qon oqishi kuzatiladi. Bachadondan qon ketishida qon ivimasi to’plangan bo’ladi. Qindan qon ketishida esa qinda qon laxtasi bo’lmaydi. Prognozi hamma vaqt gumonli bo’ladi, chunki qon ketishining manbasi va xarakterini aniqlash qiyin bo’ladi. Sigirlarda ko’p sonli plasentomalar bo’lib, ko’p miqdorda qon ketganda ham qon plasentomalar orasida to’planib turadi va homilani qon bilan ta’minlanishiga ta’sir etmaydi. Qon ketishida homilani tashqariga chiqarilishi kuzatilmasa qon qisman so’rilib ketadi, qisman ohaklanib, bachadon qumiga aylanadi.Biyalarda homila pardalari orasiga qon to’planishi ularni bir-biridan ajratib yuboradi va bola tashlashga sabab bo’ladi. Bachadondan qon ketishining oqibati uning xarakteri (arterial, venoz, kapillyarlardan qon ketishi) va hayvonning turiga bog’liq. Davolash. Qon ketishi to’xtatiladi. Buning uchun hayvon tinch joyga ajratilib, orqa tomoni baland joyga qo’yiladi va diagnoz aniqlangandan keyin qin va to’g’ri ichak orqali har qanday tekshirishlar to’xtatiladi. Ko’krak qafasi va oldingi oyoqlarga chalg’ituvchi o’tkir malhamlarni surtish va quymich sohasiga sovuq qo’yish yaxshi natija beradi. Og’iz orqali xloralgidrat (per os ) qo’llanadi va morfiy (biyalarga) ineksiya qilinadi. Sigirlarga 3-5 kun davomida muskul orasiga yoki vena qon tomiriga askorbin kislotasidan 2gr kuniga bir marta, vena qon tomiriga kalsiy xlorid yoki kalsiy glyukonatning 10%-li eritmasi 150-200 ml ineksiya qilinadi.Vikasol (K vitamini ) og’iz orqali yoki muskul orasiga 0,1-0,3gr kuniga 2-3 marta tavsiya etiladi. Kuchli kamqonlik belgilari namoyon bo’lganda qon quyish yoki fiziologik eritmalardan ko’p miqdorda qon tomirlarga yuborish mumkin. Kuchli qon ketishi kuzatilganda sun’iy abort qilinadi va qon ketishini to’xtatuvchi va bachadonga yuboriladigan dorilar tavsiya etiladi. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASI SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINA INSTITUTI TOSHKENT FILIALI Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 304-guruh talabasining Veterinariya akusherligi fanidan Mavzu: Tug’ishdan keyingi sapremiya va eklampsiya. Homila yo’ldoshini va bolasini yeb qo’yish Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling