Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali


Download 1.18 Mb.
bet8/8
Sana25.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1118983
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali

MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Toshboyev R.


Qabul qildi: Alimov B.S.

2022
Reja:





  1. Mastitlar haqida ma’lumot.

  2. Spesifik mastitlar.

  3. Kam sutlilikni profilaktikasi.



Mastitlar (Mastitis) yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, sut bezlarining yallig‘lanishidir. Mastit hozirgi paytda chorvachilikda ko‘p tarqalgan kasalliklardan hisoblanadi.
Mastit tufayli chorvachilikga katta iktisodiy zarar yetkaziladi:

  1. Olinadigan umumiy sut miqdori 15-20% va uning yog‘lilik darajasi 0,8-1% gacha kamayadi;

  2. Yuqori mahsuldor hayvonlarni xo‘jalikda foydalanish muddati 6-8 yoshgacha qisqaradi;

  3. Sutning sanitariya sifati pasayadi, ya’ni bunday sutdan tayorlanadigan sut mahsulotlari sifasiz bo‘ladi;

  4. Sigirlar qisir qoladi.

  5. Yosh hayvonlarda dispepsiya va yosh bolalar iste’mol qilganda skarlatina (qizil qo‘ylak) kasalligini keltirib chiqaradi.

Mastitlarning sabablari va tasnifi. Mastit hamma chorva hayvonlarida uchraydi. Ular sigirlarda va asosan sog‘in davrining birinchi yarmida (sut bezi zo‘r berib ishlaydigan davrda) ayniqsa ko‘p uchraydi. Sigirlarda yelinning ko‘pincha bitta choragi ba’zan ikki va bundan ko‘proq choragi mastitdan shikastlanadi.
Mastitlarnig klassifikasiyasi (A. P. Studensov buyicha):

  1. Zardobli mastit

2.Kataral mastit:

  • sut sisternasi va sut yo‘llarining katari;

  • alveolalar katari

3.Fibrinli mastit
4.Yiringli mastit:

  • Yiringli-kataral mastit;

  • Yelin abssessi;

  • Yelin flegmonasi

5. Gemorragik mastit
6.Spesifik mastitlar:

  • Yelin oqsili;

  • Yelin aktinomikozi ;

  • Yelin sili.

7.Mastitlarning asoratlari:

  • Yelin indurasiyasi;

  • Yelin gangrenasi.

Mastitlarning sabablari har xil. Kasallik ko‘pincha hayvonlar antisanitariya sharoitlarida boqilganda, Yelin yaxshi parvarish qilinmagan hollarda paydo bo‘ladi. Sigirlar tor molxonalarda tiqis saqlanganda va butali, xarsang toshlar hamda to‘nkalar ko‘p bo‘lgan notekis, o‘nqir-cho‘nqir joylarda o‘tlatilganda yelinning lat yeishi va jarohatlanishi, noto‘g‘ri sog‘ish, sutni chala sog‘ib olish, yelinning sovqotishi va hayvonlarni sifasiz oziqa bilan boqish natijasida ham mastit paydo bo‘lishi mumkin. Mastit asosan har xil patogen mikroorganizmlarning (streptokokklar, stafilokokklar, ichak tayoqchasi, protey, ko‘k yiring tayoqchasi va b.) yelin to‘qimasiga kirishi tufayli vujudga keladi. Mikroorganizmlar yelinga yelin kanali orqali tashqaridan kirishi hamda qon va limfa yo‘llari orqali o‘tishi ham mumkin. Mikroorganizmlar qon va limfa orqali ko‘pincha bachadonning yiringli yallig‘lanishida bachadondan o‘tadi. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklarida mikroorganizmlar oshqozon ichak kanalidan yelinga o‘tishi mumkin. Qindan, yelinidan va boshqa a’zolaridan yiringli ekssudat oqib turadigan kasal hayvonlar sog‘lom hayvonlar bilan birga boqilganda mastitning rivojlanishiga yo‘l ochadi. Bundan tashqari, sut bezi sil, aktinomikoz va oqsil singari kasalliklarda ikkilamchi jarohatlanishi mumkin.
Yelinning yallig‘lanish sabablaridan biri - zaharlanishdir (intoksikasiya). Toksinlar qon va limfa bilan yelinga tushishi mumkin.
Hayvonlarni boqish, asrash va ishlatish hamda ularni parvarishlash qoidalarining buzilishlari ham mastitlarga sabab bo‘ladi.
Mastitlarni kelib chiqishiga biologik, mexanik, klimatik, alementar va termik omillar sabab bo‘ladi. Bundan tashqari mastitlarni kelib chiqishi hayvonni yoshiga ham bog‘liq ekanligi tajribada aniqlangan. Masalan: 5 yoshgacha - 12,1%, 5-10 yoshgacha - 63,6%,10 yosh va undan yuqori yoshda - 24,3% sigirlar kasallanishi kuzatilgan. Kasallik asosan organizm tabiiy rezistentligining pasayishi oqibatida yuzaga keladi. Kasallikni asosiy chaqiruvchilari 26,9% hollarda stafillakokk, 25% holda streptakokk, 28,2% ichak tayoqchasi va shuningdek salmonella, diplokokk, protey, korinebakteriya va zamburug‘lar bo‘lishi mumkin. Bu mikroorganizmlar yelinga asosan 3 yo‘l orqali: yelin so‘rg‘ichlari orqali (galaktogen), qon tomirlari (gemotogen) va limfa yo‘llari - (limfogen)o‘tadi.
Mastitlar o‘tkir (5-7 kungacha), yarim o‘tkir (3 haftagacha) va surunkali (20-25 kungacha va undan ko‘proq) tarzda kechadi.
Spesifik mastitlar: Yelin oqsili. Kasallik yelin terisida aftalar va yaralar paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi, shunga ko‘ra yelin parenximasining yallig‘lanishi uchun juda qulay sharoit vujudga keladi.
Yelin aktinomikozi. Bunda shikastlangan yelin choragining to‘qimalarida ham yuza, ham chuqur abssesslar paydo bo‘ladi. Shularning bir qismi tashqariga yoriladi va o‘rnida tezda bitavermaydigan oqma va yaralar qoldiradi. To‘qimalarning ichkarisidan joy olgan abssesslar sut yo‘llariga yoriladi yoki kapsulalarga o‘raladi.
Yelin sili. Silda yelinning shikastlangan choragi yoki yarmi kattalashadi. Paypaslab ko‘rilganda yelin to‘qimalarida har xil kattalikdagi og‘riqsiz zich o‘choqlar qo‘lga bilinadi.
Yelin chechagi. Bu kasallik ko‘pincha yosh sigir, echki va qo‘ylarda uchraydi. Sut sog‘uvchilarning qo‘llari, to‘shamalar orqali bir hayvondan ikkinchi hayvonga tarqalishi mumkin. Sabablari - filtrlanuvchi viruslar.
Belgilari. Qisqa muddatli (4-8 kun) yashirin davrdan keyin kasallikning klinik belgilari rivojlanadi. Kasal hayvonda umumiy tana harorati ko‘tariladi, ishtaha yo‘qoladi va suti kamayib qoladi. So‘rg‘ichlar terisida va ba’zan yelinning boshqa qismlarida chechaklar paydo bo‘ladi, bular avvaliga qizil gardish bilan o‘ralib turgan kichik pushti dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi. 1-2 kundan keyin qizil tugun (papula)lar va 2-3 kundan keyin pufakcha (vezikula)larga aylanadi. 3-4 kundan keyin pufakchalar qovjiraydi, va po‘st tashlay boshlaydi.
Davolash. yelin toza va quruq bo‘lishi kerak. Dori vositalaridan ruxli yoki borli malhamlar ishlatiladi. Terining yaxshi bitmaydigan jarohatlariga yod nastoykasi surtib turiladi. Yelin og‘riydigan bo‘lsa, sut steril sut katyeteri yordamida sog‘ib olinadi.
Mastitlarning oldini olish. Mastitlarning kelib chiqish sabablari turlicha bo‘lganligi uchun ularning oldini olish choralari har tomonlama bo‘lishi kerak. Mastitlarni oldini olishda asosiy chora-tadbirlar quyidagilardir: hayvonlarni to‘laqimmatli va yuqori sifatli oziqalar bilan boqish, oshqozon ichak tizimi kasalliklari, zaharlanishlar va moddalar almashinuvi buzilishlarining oldini oshish; hayvonlarni zoogigienik talablarga javob beradigan sharoitlarda asrash, yelinning kasallanishi va shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Sigirlarning agalaktiyasi, sigirlarning gipo-agalaktikasi - sog'in sigirda sutning sezilarli darajada kamayishi yoki to'liq yo'qligi.
Agalaktiya - ko'pincha elin kasalligi, mastit deb ataladigan kasallik natijasida yuzaga keladi.
Mastitning sabablari ko'pincha shartli patogen va patogen mikroorganizmlar - stafilokokklar, streptokokklar, E-coli, Pseudomonas aeruginosa.
Sog'lom hayvonlarning infektsiyasiga podada kasal hayvonlarning mavjudligi, binolarning mikrobial ifloslanishining kuchayishi, uning ko'p o'tishi natijasida mikrofloraning yuqori patogenligi yordam beradi. Ko'pincha elin kasalliklari abortdan so'ng, yo'ldoshni ushlab turish, hayvonlarni tug'ish paytida va tug'ruqdan keyingi davrda yomon sanitariya sharoitida saqlashda sodir bo'ladi.
Yelin kasalliklari (mastit) sut mollariga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu sigirlarning mahsuldorligining pasayishi va sut xususiyatlarining yomonlashishi, gipo-agalaktika yoki agalaktiya tufayli hayvonlarni o'ldirish zarurati, past sifatli sutni boqish tufayli buzoqlarning kasallanishi va nobud bo'lishi.
Sigir agalaktiyasining sababi metabolik kasallik bo'lishi mumkin, masalan, sigirlarning ketozi. Bu qonda, siydikda va sutda keton tanalari miqdorining keskin oshishi bilan namoyon bo'ladi, qondagi shakar miqdori esa kamayadi.
Ketozning paydo bo'lishining sababi hayvonlarning uglevodlar va iz elementlari: mis, kobalt va boshqalar uchun muvozanatsiz ovqatlanishidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Veterinariya akusherligi B.M.Eshburiyev Toshkent 2018.

  2. Veterinariya akusherligi, ginekologiyasi va sun’iy qochirish A.R.Jabborov, S.S.Sotiboldiyev Toshkent 2004.

  3. Internet saytlari.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling