Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali
Download 1.18 Mb.
|
Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Toshboyev R. Qabul qildi: Alimov B.S. 2022 Reja: Tug’ishdan keyingi sapremiya. Tug’ishdan keyingi eklampsiya. Hayvonlar homila yo’ldoshini yeb qo’yishi. Hayvonlar o’z bolasini yeb qo’yishi. Tug’ishdan keyingi sapremiya (Sapraemia puerperalis) bachadonning subinvalyutsiyasi paytida organizmning bachadondagi suyuqliklar, homila pardalarining parchalanishidan va chirishidan hosil bo’lgan zaharli mahsulotlarning qonga so’rilishi oqibatida intoksikatsiyasi natijasida kuzatilib, urg’ochi hayvon jinsiy a’zolarida hech qanday mahalliy yallig’lanish kuzatilmasligi bilan harakterlanadi. Klinik belgilari. Holsizlanish, ishtahani yo’qolishi, gipo yoki agalaktiya, zardobli mastit, ich qotishi yoki ich ketishi kuzatiladi. Ba’zan bo’g’inlar pay qinlarining zardobli yallig’lanishi shishi qayd etiladi. Bachadon atoniya holatida bo’shashgan qo’lansa hidli eksudat to’plangan bo’ladi. Davolash. Bachadonga ta’sir etuvchi va siydik haydovchi dorilar bachadonni dezinfeksiyalovchi eritmalar (kaliy permanganat eritmasi va boshqalar) bilan yaxshilab yuvish va bachadonga yuborilgan suyuqlikni albatta qaytarib chiqarib tashlash kasallikning o’tkir kechishida qon tomirlardan qon oqizib yuborish va uning o’rniga 0,9 % li natriy xlorid eritmasi va glyukoza eritmalaridan yuborish tavsiya etiladi. Tug’ishdan keying eklampsiya (Eclampsia puerperalis) asab tizimining o’tkir kechadigan kasalligi bo’lib tutqanoq va qaltiroqlar bilan harakterlanadi. Kasalik qishloq xo’jalik hayvonlarida ko’pincha itlarda bolallarini emizish paytida qayd etiladi. Kasallikning sabablari aniq emas faqat bachadondagi loxiy suyuqligi va homila yo’ldoshi qoldiqlarining parchalanishidan hosil bo’lgan oqsillarning qonga so’rilishi natijasida anafilaksiya yoki autointaksikatsiya kuzatilishi, bosh miyaning anemiyasi yoki giperemiyasi, og’iz suti tarkibidagi oqsillarning so’rilishiga nisbatan reaksiya bo’lishi mumkin degan xulosalar mavjud. Klinik belgilari. Kasallik tug’ishdan keying davrda qayd etiladi. Hayvonda ko’z olmasini o’ynatish, bezovtalanish, tana va bo’yin muskullarining qaltirashi kuzatiladi. Kasal hayvon to’satdan yiqiladi, ko’pincha hushdan ketadi. Cho’chqalarda nafasni tezlashishi, og’izdan ko’pikli so’lak ajralishi qayd etiladi. Tana harorati o’zgarmaydi. Kasal hayvon har qanday tashqi kuchli qaltiroq tutishi bilan javob qaytaradi. Tutqanoq 5-30 daqiqa davom etib, bir necha soatdan keyin yoki 1-2 kundan keyin qaytarilishi mumkin.Tutqanoqlar orasida kasallikning hech qanday belgilari qayd etilmaydi. Davolash. Hayvonni qorong’i, tinch joyda ajratish, qlin to’shama bilan ta’minlash lozim. Og’iz orqali yoki vena qon tomiriga xloralgidrat yuboriladi. Sigirlar tez-tez sog’iladi. Hamma turdagi hayvonlarda qon tomirlaridan qon oqizib yuborish yahshi natija beradi. Cho’chqalarga 0,5-1 g kofein teri ostiga yuboriladi, og’iz orqali 50-100 ml kaliy bromid kuniga 1-2 marta ichiriladi. Agar itlarda eklampsiya tug’ish paytida kuzatilgan bo’lsa tug’ish jarayonini tezroq tugatishga harakat qilish, keyin hayvonni tinch joyda saqlash lozim. Teri ostiga morfiy, to’g’ri ichak orqali xloralgidrat tavsiya etiladi. Homila yo’ldoshini yeb qo’yish. Hamma hayvonlarda o’z yo’ldoshini yeb qo’yishga moyillik bor. Biyalarda esa bu hol kamdan kam uchraydi. Sigirlar homila yo’ldoshini ishtaxa bilan yeydi. Shandak keyin ularda oshqozon ichak kasalliklari yuzaga keladi. Yo’ldoshni yeb qo’ygan hayvonda gastroenterit kasalligining belgilari, kavshovchilarda- timpaniya, yurak urishi, nafas soni tezlashadi, ayrim holda tana harorati ko’tariladi, otlarda sanchiq kuzatiladi. Go’ngidan qo’lansa hid keladi, ba’zan ich ketish kuzatiladi. Davolash. Simptomatik davolash tashkil etiladi. Biyalar va kavshovchi hayvonlarni davolashda och qoldirish dietasi keyin yengil hazm bo’luvchi ozuqalarni berish tavsiya etiladi. Surgi dorilar, xlorid kislota, pepsin, shuningdek, tabiiy va sun’iy oshqozon shirasi tavsiya etiladi. Hayvonlarning o’z bolalarini yeb qo’yish kasalligi ko’pincha cho’chqa va quyonlarda, shuningdek, kemiruvchilarda va go’shtxo’r hayvonlarda uchraydi. Cho’chqalar tuqqandan keyin, ayniqsa, birinchi marta tuqqandan keyin, juda kamdan-kam hollarda emiza boshlagandan keyin o’z bolalarini yeb qo’yishi mumkin. Kasallikni paydo qiluvchi asosiy sabablardan biri bo’g’ozlik davrida no’g’ri oziqlantirish (mineral moddalarning yetishmasligi, go’sht yoki hayvon mahsulotlari beib boqilishi) natijasida ro’y beradi. Bunga yana cho’chqa bolalari o’tkir tishlari bilan onasining so’rg’ichlarini jarohatlashi, yelin va jinsiy a’zo kasalliklari ham sabab bo’ladi. Oziq ratsionida mineral moddalar yetishmasa, kataklarida toza suv bo‘lmasa, urg‘ochi quyonlar ham o‘z bolalarini yeb qo‘yishlari mumkin. Birinchi navbatda ular o‘lik tug‘ilgan bolalarini yeydi, keyinchalik esa tirik bolalarini ham yeyish payiga tushadi. Kasallikning oldini olish uchun cho’chqalarni bo’g’ozlik davrida to’g’ri parvarishlash, ratsionda suyak uni, kalsiy fosfat, bo’r bo’lishini ta’minlash, bo’g’ozlikning ikkinchi yarmida ratsionda xom go’sht bo’lishiga umuman yo’l qo’yilmasligi, birinchi marta tug’ayotgan cho’chqalarning yelinini tug’ishdan oldin masaj qilish lozim. Shunda cho‘chqa bolalari so‘rg‘ichlarni og‘ziga olganida, ularda bezovtalanish hollari ro‘y bermaydi. Tug‘ish vaqtida kuzatib turish va yo‘ldoshni darhol yig‘ishtirib olish kerak.Cho‘chqa o‘z bolalarini yeyish payiga tushgudek bo‘lsa, uning tumshug‘iga burundiq tutib qo‘yish lozim. Cho‘chqa bolalarini hayotining birinchi kunlaridanoq yashikda alohida asrash va emizish uchungina ona cho‘chqa yoniga qo‘yib, emib bo‘lguncha qarab turish kerak. Birinchi bolasini yeb qo‘ygan ona cho‘chqalarga o‘stiruvchi dorilarning (verantin, o‘stiruvchi tosh) berilishi boshqa bolalarini yeb qo‘yishining oldini oladi. Bunday holning oldini olish uchun o‘lik tug‘ilgan va nobud bo‘lgan quyon bolalarini darhol kataklardan olib tashlash kerak. Bolasini yeb qo‘yadigan quyonlar yaroqsiz hisoblanadi. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASI SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINA INSTITUTI TOSHKENT FILIALI Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 304-guruh talabasining Veterinariya akusherligi fanidan Mavzu: Yangi tug’ilgan hayvonlarda anal teshigini yopilib qolishi. Uraxus fistulasi Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling