Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali


Download 1.18 Mb.
bet2/8
Sana25.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1118983
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Samarqand veterinariya meditsina instituti toshkent filiali

MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Toshboyev R.


Qabul qildi: Alimov B.S.

2022
Reja:





  1. Sperma va uning tuzilishi.

  2. Spermaning xususiyatlari.

  3. Spermalarga tashqi omillar ta’siri.

Sperma - deb erkaklik jinsiy xujayralari (spermiy) va plazmadan (urug‘don ortig‘i va qo‘shimcha jinsiy bezlar sekreti) iborat suyuqlikka aytiladi. Jinsiy aloqa paytida erkak hayvon bir marta ajratadigan spermaga eyakulyat deb ataladi.


Turli hayvonlarning spermasi miqdori va tarkibi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
Ayg‘irlarda eyakulyatning o‘rtacha hajmi 50-100 ml va eng ko‘p miqdori 600 ml gacha; cho‘chqalarda shunga mos ravishda 200-400 ml va 1 litrgacha, qo‘chqorlarda 1-2 va 3-5 ml; buqalarda 4-5 va 10-15 ml; itlarda o‘rtacha 2-8 ml; xo‘rozlarda 0,3-2 ml gacha bo‘ladi.
Hayvonlar turiga ko‘ra, spermaning konsentrasiyasida ham farqlar kuzatiladi. Qin tipida urug‘lanadigan hayvonlarda bachadon tipida urug‘lanadigan hayvonlarga nisbatan spermaning konsentrasiyasi 5-10 marta yuqori bo‘ladi. Masalan, quchqorlarning 1 ml spermasida spertozoidlarning soni - 2,5-3,5 mlrd., buqada 0,8-1,2, erkak cho‘chqada - 0,15-0,21, ayg‘irda - 0,10-0,15 mlrd. dona spermiylar bo‘ladi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra ham sperma organizmdagi murakkab suyuqliklar qatoriga kiradi. Spermaning 90-98 foizini suv, 2-10 foizini quruq modda, shundan 60 foizga yaqinini oqsillar tashkil etadi.
Sperma tarkibidagi oqsillarning asosiy qismini oltingugurt saqlovchi aminolipidlar tashkil etadi. Oqsillar miqdori ham turli hayvonlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, buqa spermasida - 5-8%, quchqorlarda - 10%, erkak cho‘chqada -3%, ayg‘ir spermasida - 1-2,5% oqsil bo‘ladi. Buqa va qo‘chqorlarning spermasida ayg‘ir va erkak cho‘chqalarning spermasiga nisbatan lipidlar va fruktoza ko‘proq uchraydi.
Sperma tarkibiga kiruvchi lipidlarning eng asosiysi tarkibida ko‘p miqdorda fosfor saqlovchi lesitin hisoblanadi. 100 ml spermada quchqorlarda - 355 mg, buqalarda - 82 mg, cho‘chqalarda - 66 mg va ayg‘irlarda 19 mg fosfor bo‘ladi. Fosfor spermadagi biokimyoviy jarayonlarning kechishida muhim ahamiyatga ega. Urug‘don ortig‘i sekretida kaliy tuzlari, qo‘shimcha bezlar sekretida esa natriy ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Spermaning kulida xlor, fosfor, kalsiy, magniy, kaliy, natriy, temir, rux va boshqa mikroelementlar (1% atrofida) borligi aniqlangan.
Sperma tarkibida laktosidogen, fosfogen, xolesterin, mochevina, xolin, limon kislotasi kabi murakkab organik moddalar aniqlangan bo‘lib, 3-10% limon kislotasi qo‘shimcha jinsiy bezlar (asosan pufakchasimon bez) tomonidan ishlab chiqariladi.
Limon kislotasi tuzlari (sitratlar) sperma bufer tizimining asosini tashkil etadi. Shuning uchun spermani suyultirishda limonnokisliy natriy qo‘shilishi spermiylarning yashovchanligini uzaytiradi.
Sperma tarkibida gialuronidoaza, peridoksidaza, katalaza, tripsin, antitripsin, amilaza, lipaza va boshqa fermentlar uchraydi. Shuningdek, sperma tarkibida askorbin kislotasi, tiamin (B1), riboflavin (B2), retinol va boshqa vitaminlar har xil turdagi hayvonlarda turlicha miqdorlarda bo‘ladi. Masalan, buqa spermasida 14 mg%, erkak cho‘chqada 4 mg% askorbin kislotasi bo‘lishi aniqlangan.
Spermaning asosiy tarkibini qand (fruktoza) tashkil etib, spermiylar uchun energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Turli hayvonlarda nafaqat spermadagi qandning miqdori, balki tarkibi bo‘yicha ham keskin farqlar kuzatiladi.
Spermaning miqdori, tarkibi va biologik xususiyatlari ko‘p jihatdan erkak nasldor hayvonlarni parvarishlash, oziqlantirish, ishlatish va boshqa sharoitlarga bog‘liq bo‘lib, ularni o‘rganish ishlab chiqarish amaliyotida spermani suyultirish, qisqa va uzoq muddatlarda saqlash, tashish va urg‘ochi hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish va nasldor hayvonlardan samarali foydalanishda katta ahamiyatga egadir.
Spermiylarning tuzilishi. Yuqorida qayd etilganidek, spermiylar (spermatozoid) spermaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etib, o‘ziga xos tuzilishga ega va organizmdagi boshqa xujayralardan, shuningdek, tuxum xujayrasidan ham keskin farq qiladi. Spermiylarning uzunligi tuxum xujayrasi aylana diametridan 2 marta, hajmi tuxum xujayrasi hajmidan 160 ming marta kichik bo‘ladi.
Spermiylarning 75 foizini suv, 25 foizini quruq modda, quruq moddaning esa 85 foizini oqisillar, 13 foizini lipidlar va 1,8 foizini mineral moddalar tashkil etadi.
Spermiylarning boshchasi, bo‘yni, tanasi va dum qismi farqlanadi. Spermiylarning boshchasi asosan nukleoproteidlar va erkin holdagi oqsil, lesitin va tuzlardan iborat bo‘ladi. Nukleoproteidlar - murakkab oqsillar hisoblanib, dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) va oddiy oqsil (giston) dan tashkil topadi. Giston tarkibiga arginin, leysin, izolesin, treonin, lizin, sistin kabi 18 ga yaqin aminokislotalar kiradi. Shunday qilib sut emizuvchilar spermiyining 96-97 foizi oqsillardan iborat bo‘ladi. Uning uzunligi 7-10 mkm, eni - 3-5 va qalinligi - 1-1,5 mkm bo‘lib, boshchasining katta qismini uning yadrosi egallaydi. Spermiy boshchasining oldingi qismida o‘ziga xos qobiq (qalpoqcha) bo‘lib, uning ostida akrosoma joylashadi.
Spermiyning bo‘yni uning eng qisqa qismi bo‘lib, unda proksimal va distal sentrosomlar joylashgan. Sentrosomlar bir-biri bilan 3 ta fibrill tolalar orqali tutashib, xujayra markazini tashkil etadi. Fibrill tolalarining (jami 11 ta) 2 tasi markaziy tarmoqni, 9 tasi ichki yupqa va qalin tarmoqlarni hosil qilib, spiralsimon joylashadi.
Spermiylarning bo‘yni ancha mo‘rt bo‘lib, boshchasi tuxum xujayrasiga kirgandan so‘ng, ya’ni tuxum xujayra urug‘lanib bo‘lgandan keyin bo‘yinidan ajraladi, oqibatda otalangan tuxum xujayrasining ichida faqatgina spermiyning boshchasi qoladi.
Spermiylarning tanasi va dumi oddiy oqsillar va lipidlardan tashkil topgan bo‘lib, lipidlarning tarkibini asosan fosfolipidlar (73,3%), xolesterin (14,5%), gliseridlar (9,6%) va yog‘simon moddalar (2,6%) tashkil etadi.
Spermiyning tanasi silindrsimon shaklda bo‘lib, uning uzunligi 10 mkm.ni tashkil etadi. Bo‘yinchadan tanaga o‘tish joyida har xil kattalikdagi vokuolalar va granulalar joylashadi. Spermiyning tanasida uning asos tarmog‘i tanalari joylashadi. Asos tarmoq va spiralsimon halqa xujayra plazmasining ichki yuzasi bilan o‘ralgan va ektoplazmadan ajratilgan bo‘ladi.
Spermiyning qobig‘i bo‘lib, uning boshchasi qismida tiniq parda shaklida, uning dumi va boshqa qismlarida yupqa va zich material qiymasi ko‘rinishida bo‘ladi. Qobiq asosan sistindan iborat bo‘lib, kuchli o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega.
Nukleoproteid murakkab oqsil bo‘lib, dezoksiribonuklein kislotasi (DNK) va oddiy oqsildan (giston) iborat bo‘ladi. DNK miqdori doimiy bo‘lib, uning miqdorining kamayishi buqalarda bepushtlikka sabab bo‘ladi. Gistonning tarkibi 18 xil aminokislotalardan iborat bo‘lib, ulardan eng asosiysi arginin (25%) hisoblanadi.
Spermiogenezni me’yorida kechishi uchun shuningdek, leysin, izoleysin, treonin, lizin, serin, sistin va boshqa aminokislotalar zarur bo‘ladi. Shunday qilib, sut emizuvchilarda spermiylari boshchasining 96-97 foizini oqsillar tashkil etadi.
Boshchaning uzunligi 7-10 mkm, kengligi 3-5 va qalinligi 1-1,5 mkm ga teng. Boshchaning asosiy qismini yadro egallaydi. Uning oldingi qismida qobiq (qalpoqcha) bo‘lib, uning ostida akrosoma joylashadi. U spermiotidlarning Goldji kompleksidan hosil bo‘lib, otalanish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Spermiyning boshchasi xromatin bilan to‘lgan bo‘lib, ushbu xromatin tolalaridan xromosomalar hosil bo‘ladi.
Spermiyning eng qisqa qismi uning bo‘yni hisoblanib, uzunligi 1 mkm ni tashkil etadi. Bo‘yin qismida proksimal va distal sentrisomalar joylashadi va ular bir-biri bilan 3 ta fibrill tolalar orqali tutashib, xujayra markazini tashkil etadi. Fibrill tolalarining (jami 11 ta) 2 tasi markaziy tarmoqni, 9 tasi ichki yupqa va qalin tarmoqlarni hosil qilib, spiralsimon joylashadi.
Spermiyning dumi tanasining bevosita davomi bo‘lib, ilgarilama harakatlanish a’zosi hisoblanadi. Spermiylar me’yorida to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ilgarilama harakat qiladi. Spermiylarning manfiy elektr zaryadga ega ekanligi ularni bir-biriga to‘qnashib ketishidan saqlaydi. Quyuq spermada (buqa va qo‘chqorlarda) spermiylarning harakatlanishi oddiy ko‘zga quyunsimon harakat shaklida ko‘rinadi. Normal spermiylar suyuqlikda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ilgarilama harakat qiladi. Me’yorida buqalarning spermiylari 1 daqiqada 4,02, qo‘chqorlarda - 4,6, quyon va itlarda - 2, ayg‘irlarda - 5,22 va xo‘rozlarda -1,02 mm masofaga harakat qiladi.
Spermioagglyutinasiya - deb spermiylarning manfiy elektr zaryadlarining kamayishi yoki neytrallanishi oqibatida ularning bir-biriga boshchasi yoki butun tanasi bilan yopishib qolishiga aytiladi. Spermioagglyutinasiya vaqtinchalik, ya’ni spermiylarning bir-biriga faqat boshchasi bilan yopishib qolishi (yulduzsimon agglyutinasiya) va harakatchanligining saqlanib qolishi hamda qayta tiklanmaydigan, ya’ni spermiylarning bir-biriga betartib yopishib qolishi va harakatsizligi (o‘lik) bilan kechadigan turlari uchraydi.
Spermiylar manfiy elektr zaryadining neytrallanishiga spermaga musbat zaryadli zarrachalarning qo‘shilishi sabab bo‘ladi. Ko‘pincha spermada sut kislotasi miqdorining ortishi hisobiga vodorod ionlari konsentrasiyasining ortishi spermioagglyutinasiya-ga sabab bo‘ladi. Kislotalik (rN) 5-6,4 bo‘lganda yulduzsimon agglyutinasiya kuzatiladi. Spermioagglyutinasiya ko‘p valentli metallar hamda sperma yoki qin suyuqligi tarkibidagi spermioagglyutininlar ta’sirida ham kuzatilishi mumkin.
Odatda spermiylarning agglyutinasiyasi vaqtinchalik bir hodisa hisoblanadi, ammo bu hol uzoq vaqt davom etsa ular nobud bo‘lib ketadi. Spermiylar spermada odatda 37-39°S haroratda harakatchan bo‘ladi va haroratning bundan oshib ketishi ularning halok bo‘lishiga olib keladi. Buqa va qo‘chqorlardan yangi olingan spermaning muhiti neytral (rN 7-6,9), erkak cho‘chqa va ayg‘irlarda esa muhit biroz ishqoriy bo‘ladi (rN 7,2-7,6).
Muhitning kislotali tomonga biroz siljishi ham spermiylar harakatining sekinlashishi, ko‘proq siljishi esa harakatining batamom to‘xtashi va halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Muhitning normadan ko‘proq ishqoriy tomonga siljishi ham avvaliga spermiylar harakatining tezlashishi, so‘ngra ularning o‘limiga olib keladi.
Spermiylarning xususiyatlari. Sun’iy urug‘lantirishning samaradorligi ko‘p jihatdan spermiylarning yashovchanligi, tashqi muhit va urg‘ochi hayvonlar jinsiy yo‘llaridagi sharoitga chidamliligi hamda ularning harakatchanligiga bog‘liq. Tashqi muhit sharoitlari va spermiylarning holatiga ko‘ra, spermiylar turlicha harakatlanadi. Yangi olingan sperma mikroskopda tekshirilganda ayrim spermiylarning faol ilgarilama harakatlanishi, ayrimlarining aylanma (manej), ayrimlarining faqat bir joyda tebranib turishi va ayrimlarining esa umuman harakatsiz ekanligini kuzatish mumkin. Spermaning olinganligiga qancha ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa bir joyda tebranib turuvchi va harakatsiz spermiylar foizi shuncha ko‘payib boradi.
Spermiylarning harakatlanish faolligi ularning voyaga yetish darajasi, yoshi, qo‘zg‘aluvchanligi, tashqi omillar va umuman ular saqlanayotgan suyuqlikning ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqotlar natijasida urug‘don ortig‘i bosh qismidan olingan spermiylar uning dum qismidan olingan va eyakulyat tarkibidagi spermiylarga nisbatan tashqi muhit ta’sirotlariga chidamsiz bo‘lishi aniqlangan. Bir necha mualliflarning ta’kidlashicha, spermiylarning chidamliligi ularning urug‘don ortig‘i kanalidan o‘tishida lipoproteid qobiq bilan qoplanishiga bog‘liq.
Shuning uchun spermani suyultirish va saqlashda spermiylar lipoproteid qobig‘ining butunligini saqlash orqali yashovchanligi va bir xilda manfiy zaryadlanishini ta’minlashga erishiladi.
Spermiylarning nafas olishi va glikoliz. I. I. Ivanov (1911) sut emizuvchilarning spermiylari kislorodni o‘zlashtirishini aniqlagan. Keyinchalik, N. P. Shergin va boshqalar turli hayvonlar spermiylarining kislorodni turli darajada o‘zlashtirishini aniqlaganlar. Masalan, buqaning 100 mln. dona spermiylari 20°S haroratda soatiga 3,4 mm3, qo‘chqorlar spermasi - 8,4, erkak cho‘chqalar - 7,2, ayg‘irlar spermasi 4,3 mm3 kislorodni o‘zlashtirar ekan. Bu ko‘rsatkichlardan spermiylarni organizmdagi boshqa xujayralarga nisbatan kislorodni ancha ko‘p miqdorda o‘zlashtirishi ma’lum bo‘ladi.
Spermiylar o‘zining faoliyati uchun zarur energiyani nafas (glikoliz, fruktoliz) jarayonlari natijasida oladi. Fruktoliz va glikoliz jarayonlari asosan buqa va qo‘chqorlarning spermasida kuzatiladi. Ayg‘irlarning spermasida qand juda kam bo‘lganligi sababli, ularning spermiylari zarur energiyani boshqa nafas jarayonlari hisobiga oladi.
Tashqi haroratni +10°S ga pasaytirilishi spermiylar nafas olishining 2 martaga kamayishiga sabab bo‘ladi, harorat 0°Sbo‘lganda nafas olish deyarli to‘xtaydi. Muhitning kislotalik tomonga o‘zgarishi nafas jadalligini pasaytirsa ishqoriy muhit spermiylar nafas olishini jadallashtiradi.
Nafas spermiylarning harakatlanishini kerakli energiya manbai bilan ta’minlovchi asosiy biokimyoviy jarayon hisoblanib, energiyaga bo‘lgan ehtiyojning 90 foizi nafas hisobiga qondiriladi. Nafas jarayonida kislorod ta’sirida uglevodlar, lipidlar (fosfolipidlar), oqsillar va yog‘larning oksidlanishi amalga oshadi.
Spermiylarning harakati uchun eng zarur modda adenozintrifosfor kislotasi (ATF) bo‘lib, bu nasldor cho‘chqalarning spermasida 7-11 mg % gacha saqlanadi. Agarda ATF miqori 3 mg % yoki undan past darajaga tushsa spermiylarning otalantirish qobiliyati pasayadi.
Spermiylarga tashqi omillarning ta’siri. Spermiylar organizmdan tashqi muhitga chiqqandan so‘ng turli xil ta’sirlarga uchraydi. Bu ta’sirlarni bilmasdan turib, spermani uzoq muddatga saqlash va spermiylarning urug‘lantirish qobiliyatini oshirishga erishish mumkin emas.
Haroratning ta’siri. Tashqi muhit haroratining o‘zgarishi spermiylarga ta’sir qiladi va ular bu o‘zgarishlarni turlicha qabul qiladi. Spermiylar +38-40°S haroratda yuqori faollikda (harakatchan) bo‘ladi, ammo bunda ularning yashash muddati qisqaradi. Bu jarayon spermiylarda modda almashinuvining tezlashishi, oziqaviy moddalarning tez sarf bo‘lishi natijasida sut kislotasining ko‘p hosil bo‘lishiga bog‘liq. Harorat 43-45°S ga ko‘tarilganida spermiylarning faolligi yanada oshadi, +47°S darajada ularning urug‘lantirish qobiliyati mutlaqo yo‘qoladi, +50°S haroratda spermiylarning hammasi o‘ladi.
Haroratning pasayishi (+38°S dan past bo‘lganda) asta-sekinlik bilan olib borilsa, u vaqtda spermiylar chidamli bo‘ladi. Haroratni tezda pasaytirish spermiylarga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Haroratni +18-16°S, ayniqsa 0°S darajagacha pasayishi spermiylarni sovuq urishi va harakatchanligi yo‘qolib batamom o‘lishiga sabab bo‘ladi.
Harorat shoki yoki sovuq urish holati yangi olingan urug‘larni tezlik bilan kuchli sovutishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Urug‘ +38°S dan 0°S gacha sovutilganda spermiylarning qariyib hammasi o‘ladi. Agar urug‘ olingandan so‘ng bir necha soat xona haroratida saqlansa, unda ularning past haroratga chidamliligi ancha oshadi. Shundan so‘ng urug‘ +20°S dan 0°S gacha sovitilganda 30-50% spermiylar shok holatdan chiqadi va tirik qoladi, ammo urug‘lantirish qobiliyati pasayadi.
Spermiylarning sovuqqa chidamliligi ularni kislotali muhitda saqlaganga qaraganda harakatchanligini oshiradigan muhitda saqlanganda yuqori bo‘ladi. Urug‘don ortig‘i kanalidan olingan spermiylarning sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘lib, ularda harorat shoki deyarli kuzatilmaydi.
Qo‘chqor va buqalardan yangi olingan sperma sovuq ta’siriga juda chidamsiz bo‘ladi, bunga eyakulyatning juda oz miqdorda ekanligi va ularga sovuqning ta’siri kuchli bo‘lishi sabab bo‘ladi, bu ayniqsa urug‘ qish oylarida sovuq urug‘yig‘gichlarga olinganda kuzatiladi.
Odatda urug‘ yig‘gichning harorati +25-35°S, xonaning harorati +20-25°S, ishlatiladigan suyultirgichlarning harorati o‘rtacha 18-20°S bo‘lganda harorat shoki kuzatilmaydi.
Urug‘ni saqlashda optimal harorat 0°S hisoblanadi, bunda spermiylarning harakati to‘xtab, modda almashinuvlari susayadi va ularning urug‘lantirish qobiliyati uzoq vaqt saqlanadi. Bunday urug‘lar sekin isitilganda spermiylarning harakati tiklanadi.
M. P. Kuznesovning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qo‘chqorlardan olingan urug‘ izotermik idishlarda 0°S da saqlanganda spermiylarning haraktchanligi 71 kungacha saqlanadi. Ammo bunda 3-4 kundan so‘ng urug‘lantirish qobiliyati pasayadi.
Spermaning bu xususiyatlarini mukammal o‘rganish bilan ularni past haroratda (minus 79-196°S) uzoq muddat saqlash usullari ishlab chiqilgan.
M. P. Kuznesovning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qo‘chqorlardan olingan urug‘lar izotermik idishlarda 0°S da saqlanganda spermiylarning haraktchanligi 71 kungacha saqlanadi. Ammo bunda 3-4 kundan so‘ng urug‘lantirish qobiliyati pasayadi.
Spermaning bu xususiyatlarini mukammal o‘rganish bilan ularni past haroratda (minus 79-196°S) uzoq muddat saqlash usullari ishlab chiqilgan.
Osmotik bosimning ta’siri. Hayvonlarningspermasi nisbatan doimiy osmotik bosimgaega. Urug‘ zardobining osmotik bosimi bilan spermiylar ichidagi osmotik bosim deyarli bir xil bo‘ladi. Spermiylarning hayoti uchun spermaning suyuq qismida erigan moddalar qancha bo‘lsa, xujayra protoplazmasida ham shuncha bo‘lishi talab etiladi (izotoniya). Gipotonik va gipertonik eritmalar spermiylarga juda yomon ta’sir qiladi. I. I. Ivanovning aniqlashicha, spermiylar gipertonik eritmalarga qaraganda gipotonik eritmalarga yaxshi chidaydi.
Spermiylar gipertonik va gipotonik eritmalarda asta-sekinlik bilan o‘ladi. O‘lishidan oldin ular «osmotik anabioz» - deb ataluvchi holatga o‘tadi. Osmotik anabioz holatidan spermiylarni chiqarishga eritma konsentrasiyasini izotonik holatga etkazish bilan erishiladi. Ayniqsa osmotik bosimning birdan o‘zgarishi spermiylarga juda yomon ta’sir qiladi. Eritmalar konsentrasiyasining sekinlik bilan o‘zgarishiga spermiylar moslashib borib, uzoq yashashi mumkin.
Spermiylar osh tuzining distillangan suvdagi - 0,5, 1, 2, va 3%-li eritmasi bilan aralashtirilganda ularning faqatgina 0,9 va 1%-li eritmalarda (izotonik) yashay olishi va harakatchan bo‘lishi aniqlangan, ammo 0,5%-li (gipotonik) eritmalarda ham, 2%-li eritmada ham ularning harakatchanligi keskin kamayadi, 3%-li (gipertonik) eritmalarda esa ularning hammasi nobud bo‘ladi. Bu holatni spermiylar qobig‘ining fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko‘ra yarim o‘tkazgich membranadan iborat ekanligi bilan izohlash mumkin. Bu membrana orqali u yoki bu tomonga suv, kislorod va uglerod IV-oksidi bemalol o‘tadi, ammo tuz zarrachalari, qand va boshqalar juda sekinlik bilan o‘tadi.
Shuning uchun gipotonik eritmalarda suvning hujayra sitoplazmasiga tez o‘tishi hisobiga spermiylar shishadi va turgor holatga keladi, gipertonik eritmalarda esa aksincha, spermiylar sitoplazmasidagi suv ko‘p chiqarilib, plazmoliz holatga keladi. Qo‘chqor urug‘i uchun - 6,4%, buqa va cho‘chqalar urug‘i uchun - 6%, quyonlar urug‘i uchun - 5,4% ayg‘irlar uchun - 7%-li glyukoza eritmasi izotonik eritma hisoblanadi.
I. I. Ivanov birinchi bo‘lib spermiylarning nafaqat qo‘shimcha jinsiy bezlar suyuqliklarida, balki sun’iy tayyorlangan qandli va tuzli eritmalarda ham yashay olishini aniqlagan. Bu eritmalar urug‘larni suyultiruvchilar deyiladi, ular qat’iy izotonik eritmalar bo‘lishi kerak.
Ionlarning ta’siri. Sperma tarkibida turli organik va anorganik moddalar bo‘lib, ular ion tarkibiga ko‘ra elektrlit va elektrolitmaslarga bo‘linadi, ular spermaning muhitini belgilaydi. Ayg‘ir va cho‘chqalar spermasi tarkibida buqalar spermasiga nisbatan tuzlar (elektrolitlar) ko‘p bo‘ladi.
Turli ionlarning spermiylarga ta’sirini spermani saqlash va ular uchun suyultiruvchilar tayyorlashda hisobga olish kerak. Ko‘pchilik tuzli eritmalar spermiylarga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni ular spermiylarning ta’sirchanligi va harakatchanligini oshiradi, natijada spermiylar o‘z energiyasini tezda yo‘qotadi va nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, 2, 3 - valentli metallarning (Ca, Al, Mg) kationlari spermiylarning manfiy elektr zaryadini neytrallaydi va ularning agglyutinasiyasiga sabab bo‘ladi. Bir valentli metallarning ionlari esa bunday salbiy ta’sirlarga ega emas, shuning uchun urug‘ suyultiruvchilarni tayyorlashda natriy va kaliy tuzlaridan foydalaniladi.
Eritmalar muhitining ta’siri. Spermiylarda energiya almashinuvining tezlashishi nafaqat tashqi muhit harorati va spermaning tarkibiga, balki muhitning reaksiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Muhitning kislotali bo‘lishi dissosiasiya jarayonida ajraladigan vodorod ionlarining konsentrasiyasiga (rN) bog‘liq. rN - 7,07 ga teng bo‘lganda muhit neytral hisoblanadi.
Urug‘don ortig‘i kanalida spermiylar kislotali muhitda (rN-5,57 dan 6,9 gacha, o‘rtacha 6,1) harakatsiz (anabioz holida) bo‘ladi. Eyakulyasiya paytida sperma ishqoriy muhitga ega bo‘lgan qo‘shimcha jinsiy bezlar suyuqliklari bilan qo‘shilib, uning muhiti neytral holga yaqinlashadi, bu spermiylarni anabioz holatidan chiqaradi va ular harakatlana boshlaydi.
Yorug‘lik nurlarining ta’siri. Infraqizil nurlar issiqlik effektini bersa, ultrabinafsha nurlar esa bakterisid ta’siriga ega. Shuning uchun ham quyosh nurining to‘g‘ri ta’siri hamda kuchli sun’iy yorug‘lik spermiylarning 20-40 daqiqa ichida nobud qiladi. Shuning uchun sun’iy urug‘lantirish paytida spermaga quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmasligi kerak.
Kimyoviy moddalarning ta’siri. Spermiylar turli xil kimyoviy moddalar ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. Ayniqsa ularga yod bug‘lari, kreolin, lizol, skipidar, nashatir spirti, xlorid va sulfat kislotalari, efir va boshqa uchuvchi, o‘tkir hidli moddalar yomon ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun sun’iy urug‘lantirish punktlari va laboratoriyalarida dori va dezinfisiyalovchi moddalar saqlanmasligi kerak.
Sun’iy urug‘lantirish punktlarida sun’iy qin va boshqa asbob-uskunalar hamda idishlarni yuvishda spermiylarga salbiy ta’sir etadigan soda eritmalari, dezinfeksiyalash uchun esa spirt yoki furasilindan foydalaniladi. Shu sababli bu eritmalarning qoldiqlarini ketkazish uchun idish va asboblar 1 %-li osh tuzi eritmasi bilan chayqaladi.
Spermiylarga shuningdek, tamaki, atir sovun, poyafzal moyi, piyoz, sarimsoq piyoz, ayrim antibiotiklar (biomisin, sintomisin va gramisidin) va sulfanilamidlar zaharli ta’sir ko‘rsatadi.
Mikroorganizmlarning ta’siri. Sog‘lom nasldor hayvonlar spermasi tarkibida mikroorganizmlar bo‘lmaydi. Lekin ishlab chiqarish sharoitlarida veterinariya-sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilinmaganda urug‘ turli xil mikroorganizmlar bilan ifloslanishi mumkin.
Mikroorganizmlar spermaga sun’iy qin, nasldor hayvonlarning tanasi, jinsiy a’zolari va urug‘ olinadigan xona havosidan tushadi.
Odatda spermada turli kokklar, ichak tayoqchalari, bir xujayralilar va saprofit mikroorganizmlar shuningdek, erkak hayvonlar turli yuqumli va invazion kasalliklarining (trixomonoz, vibrioz, brusellyoz) qo‘zg‘atuvchilari ham uchrashi mumkin.
Sperma olinayotgan buqaning jinsiy a’zolari kasallangan bo‘lsa spermaga qon, yiringli ekssudat, siydik va boshqa moddalar aralashgan bo‘ladi. Tarkibida ana shu aralashmalar bo‘lgan sperma “sifatsiz” - deb topiladi va urug‘lantirish uchun ishlatilmaydi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASI



SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINA INSTITUTI TOSHKENT FILIALI


Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti


304-guruh talabasining
Veterinariya akusherligi fanidan
Mavzu: Sun’iy urug’lantirish punktlari ishini tashkillashtirish



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling