Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvochilik va biotexnologiyalar
Download 0.69 Mb.
|
Tut ko\'chatlarini parvarishlash va shakil berish AXMEDOV SH — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qalamcha payvand.
- Qishda niholchalar ildiz bo‘g‘ziga payvand solish.
Kuchli o’sadigan payvandtakka ulab o’stirilgan meva daraxtlariga shakl berishni asosiy tartibi - bu yarusli (qavatli) qilib siyraklashtirishdir. Jumxuriyatimizda olma va noklarning ko’pchilik navlariga nisbatan shu usul qo’llaniladi. To’la shakl berilgan meva daraxtlari birinchi qavatda besh-etti dona asosiy shohga ega bo’lishi kerak. Ularni shakllantirish bilan bir vaqtda ikkinchi va uchinchi qavat shohlari ham qoldiriladi. Ikkinchi qavatning birinchi shohi asosiy shohlardan 30-40sm, ikkinchi shoh birinsi shohdan 25-30sm masofada qoldiriladi. Uchinchi qavat shohlari ham shu tartibda qoldiriladi. Uch-to’rt yil shakl berilgan yosh daraxtlarni ko’p chilpish tavsiya etilmaydi. Chunki bu ularni o’sishini kuchaytirib, hosil berishni kechiktirib yuboradi. Olmalarga to’liq hosil bera boshlashiga qadar shohlarini o’rtacha qisqartirilib va siyraklashtrilib shakl beriladi. Bu davr boshlanishida bir-biriga soya va xalaqit beradigan hamma shoh va novdalar olinib tashlanib, daraxt shoh-shabbasi maromida siyraklashtiriladi. Olma to’la hosil bera boshlangandan keyin uning o’sishini va hosildorligini saqlab turish uchun me’yorida kirqiladi. Bunda faqat mayda, daraxt shoh-shabbasini qalinlashtirib yuborishi mumkin bo’lgan novdalar va bachkilar olib tashlanadi, ba’zi yangidan o’sib chiqqan uzun novdalar, ularni hosil shohiga aylantirish uchun kaltalashtiriladi. Xaddan tashqari yirik ularni boshqa shohlarga tenglashtirish uchun qisqartirib kesiladi.Erta bahorda daraxtlarning kurtaklari ko‘kara boshlaganida shakllangan shoxlari payvandladi. Quyidagi payvandlash usullari bor: Qalamcha payvand. Ikki yoki uch yoshli, ildiz bo‘g‘zining yo‘g‘onligi 10-12 mm dan kam bo‘lmagan ko‘chatlar payvandtag sifatida ishlatiladi. Payvandust uchun 2 kurtakli, 4-6 mmli qalamchalar tanlanadi. Iskana payvand. Ikki va undan kattaroq yoshdagi tut ko‘chatlarida shira harakati boshlanishi bilan payvand ishlari bajariladi. Payvandust uchun yo‘g‘onligi 4-5 mm dan kam bo‘lmagan 2-3 kurtakli qalamchalar ishlatiladi. Payvandtagning o‘rtasini qiya qilib yorib, unga iskanaga o‘xshab kesilgan qalamcha joylashtiriladi. Qishda niholchalar ildiz bo‘g‘ziga payvand solish. Payvand qilish uchun kuzda kavlab olingan, ildiz bo‘g‘zining yo‘g‘onligi 8-10 mm dan kam bo‘lmagan birinchi va ikkinchi nav niholchalar tanlab olinib, tuproqqa ko‘miladi. Qishda va erta bahorda payvandtagda shira harakatini yurgizib payvandlashga kirishiladi.Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling