Tariq va sholi shaffofligini aniqlash. Tariq va sholi shaffofligi qo’lda va
tozalagichda aniqlanadi. Shaffoflarni elash uchun uzunchoq teshikli, quyidagi
kattalikdagi laboratoriya elaklaridan foydalaniladi: tariq uchun -1,4x20 mm, sholi
uchun 2,2x20 yoki 1,8x20 mm, elaklar teshigi sholi va tariq donlarining yirikligiga
bog’liqdir.
Shaffoflikni Gorodeskiy tozalagichida aniqlashni amalga oshirish mumkin.
Ushbu moslama korpusi to’rt qirrali yog’ochdan iborat bo’lib, unda aylana uya va
ishqalagichdan do’ng yoki yassi shaklli va yuqorisida dastalik tashkil topgan. Uya
ishqalagich rezina bilan qoplangan. Tariq (2,5 gr) yoki sholi (5gr) namunasini
ishqalagich uyasiga joylanadi, unga ishqalagichni qo’yib, dastani bosish va
aylantirish bilan, yarim aylana va qaytish harakatlari bilan don po’sti shilinadi.
Shunday 40-60 marta harakatdan keyin uyadagi mahsulot elakka to’kiladi (elak
o’lchami yuqorida qayd etilgan) va shaffoflar elanadi. Po’sti shilinmagan donlar
terib olinadi va yana qaytadan ishqalagichda ishqalanadi. Birinchi namunani po’sti
shilin-ganidan keyin ikkinchisi tozalaniladi va shaffofli yoni o’rtacha miqdori
foizda hisoblab chiqiladi. Tariqda shaffoflik miqdori 5 dan 35% gacha, ammo ko’p
hollarda 18 dan 25% orasida o’zgaradi. Donli aralashmalar bilan birgalikdagi
og’irligidan shaffofligi 18% va toza mag’zi 76% miqdorida bo’lganda tariqning
bazis sifati hisoblanadi.
Sulining shaffofligini aniqlash. Suli shaffofligi qo’lda, mag’zini gul
shaffoflaridan siqib chiqarib aniqlanadi. Suli donini ariqchasini yuqoriga qaratib
chap qo’lning ko’rsatkich barmog’iga qo’yiladi va bosh barmoqning tirnog’i bilan
murtak tarafidan eziladi. Shaffof orasida mag’iz ko’rinishi bilan pinset bilan olib
uni stakanga qo’yiladi. Ikkala namuna ishlov berilgan donlardan ajratilgan
shaffoflar tortiladi (har bir namuna alo-hida). Shaffoflar miqdori, ikki o’rtacha
aniqlashning natijasi singari foizda ifodalanadi.
Sulining shaffofligi 18-48% oralig’ida bo’ladi. Elakda (teshik kattaligi 1,8x20
mm) qolgan sulida 65% toza mag’iz mavjud donlarning bazis sifati hisoblanadi;
shaffoflari - 27%; mayda sulida (1,8x20 mm teshikli elakdan o’tkazilgan) 5%.
Do'stlaringiz bilan baham: |