Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/117
Sana20.09.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1682996
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117
Bog'liq
sabzavot va mevalar

Jem - Jem pishirish uchun tarkibida etarli mikroda kislota va pektin moddasi 
bo'lgan mevalar (olma, olxo'ri, behi, va b.) ishlatiladi. Mevalar va qiyom 
murabbodagi singari tayyorlanadi. Odatda qiyom mevaga 100-150 qism shakar va 
15 qismgacha pektin moddasiga boy meva va rezavor mevalarning sharbati yoki 
pyuresini qo'shish tavsiya etiladi. Jem pishirish uchun meva va rezavor mevalar 
qozonga yoki vakuum qurilmaga solinib, shakar yoki qiyom qo'shiladi va tayyor 
bo'lguncha, ya'ni ko'pigi o'rtaga yig'ilib, meva bo'laklari esa shirani yaxshi shimib, 
tiniq bo'lgunga qadar pishiriladi. Shakarning yuqori darajada quyuqlashishi 
mikroorganizmlarning rivojiga yo'l qo'ymaydi. Shuning uchun ham jem uzoq vaqt 
buzilmay saqlanishi mumkin. Jemning tayyor bo'lganligini refraktometr yordamida 
aniqlanadi. Pasterizasiyalangan jem uchun quruq modda mikroi birinchi holda 62 
va ikkinchi holda 65 % bo'lishi lozim. 


83 
 
1-vazifa. Jem tayyorlash va murabbo tayyorlash darsini bir kunda o'tkazish 
mumkin. Bunda talabalar guruhi ikkiga bo'linib, bir qismi murabbo, ikkinchi qismi 
jem tayyorlaydi. 
 
2-vazifa. Pyure, povidlo yozgi amaliyot vaqtida o'tkaziladi. Har bir talaba 
ikki topshiriq bajaradi va texnologik ishlarni o'zi bajaradi. Hamma qilinadigan 
ishlar nazorat ostida o'tkaziladi (harorat, quruq modda, qaynash). Qishki 
mavsumda povidlo yoki pyure degustasiya usulda baholanadi. Ularning tarkibidagi 
qand va organik kislotalar mikroi aniqlanib, texnik shartlarda berilgan me'yorlar 
bilan qiyoslanadi(A4, X2, I-s). 
 
O'zlashtirish uchun savollar. 
1. Qanday pishgan darajadagi mevalardan sifatli mahsulotlar tayyorlanadi? 
2. Meva konservalarining sifati nimalarga bog'liq? 
3. Murabboning jemdan farqi nimada? 
4. Tayyor mahsulotlar qanday tartibda saqlanadi? 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling