Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/117
Sana20.09.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1682996
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   117
Bog'liq
sabzavot va mevalar

 
 
27-ish. Konsentrlangan pamidor mahsulotlari tayyorlash va sifatini baholash
(4-soat)
Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarga tomat mahsulotlari, ya'ni pomidor 
qaylasi, halimi, ketchup va boshqalar tayyorlash texnologiyasini va xom ashyo 
mikroiga ko'ra tayyor mahsulot chiqishini hisoblashni o'rgatish. 
Jixoz va materiallar: 
1. shisha idishlar, xom-ashyo; 
2. tomat mahsulotlari namunalari; 
3. qopqoqlar, kalkulyator, avtoklav. 
Tomat mahsulotlari sabzavotdan tayyorlanadigan maxsus konservalar 
guruhiga kiradi. Masalan: tomat sharbati, bo'tqasi, xalimi va souslar. 
 
Ishlash tartibi: tomatlarda kislota mikroi yuqori bo'lgani uchun ularni ochiq 
vannada sterilizasiya qilish mumkin (80-90
0
C). Xom ashyo sifatida tomatlardan 
konserva qilayotganda hamma navlar ham yarayveradi (sog'lom, pishgan, 
chirimagan, och yoki to'q qizil shuningdek pishmagan xom mevalar). 
 
Tomatdan sharbat tayyorlash - Tomat sharbati tayyorlash ishlari 
quyidagilardan iborat bo'ladi: mahsulotni tekshirish, yuvish, maydalash, 
blanshirlash, ezish, shibbalash, idishlarga quyish, sterilizasiyalash va nihoyat 
idishlarni zichlab berkitish. Mahsulotni tekshirish yoki inspeksiya qilish degani 
ulardagi sifatsiz mahsulotni olib tashlash va refraktometr yordamida quruq 
moddalar mikroini aniqlash demakdir. 
Yuvilgan mahsulot maydalanib, hosil bo'lgan massa istiladi yoki 
blanshirlanadi va shibbalanadi. Blanshirlashda mahsulot tarkibidagi protopektin 
gidrolizlanadi va pektinga aylanadi, bu esa sharbat mikroini ko'payishiga olib 
keladi. 


84 
O'quv xo'jaligida bunday maqsadlar uchun maxsus shibbalagich mashina 
ishlatiladi. Bu mashina teshikli (1-1,5 mm diametrli) zanglamaydigan po'latdan 
iborat bo'lib, yon devorlari yog'ochdan ishlangan, g'alvir ichida valik yuradi. U 
tomat hajmini shibbalab beradi va yaxshi sharbat chiqishini ta'minlaydi. 
Olib kelingan mahsulot va sharbat mikroiga qarab, chiqim foizi aniqlanadi. 
Agar sharbat mikroi urug'i bilan hisoblansa, u holda sharbat chiqimi boshqacha 
bo'ladi. Idishlarga solingan sharbat 15-30 daqiqa davomida 80
0
C haroratda 
sterilizasiyalanadi. Germetik berkitilgan idishlar to'nkarilgan holda saqlanadi. 
 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling