16
5-ish. Achitilgan, tuzlangan, sirkalangan, germetik berkitilgan, quritilgan va
muzlatilgan meva va sabzavotlar ularning sifat saqlashga qo’yilgan talablarni
o’rganish
Darsining maqsadi. Achitilgan, tuzlangan, sirkalangan,
germetik
berkitilgan, quritilgan va muzlatilgan meva va sabzavotlar ularning sifat saqlashga
qo’yilgan talablarni o’rganish.
Ishlash tartibi.
Achitilgan karam. Ko’pincha achitish uchun okboshli karamning
urtapishar va kechpishar navlari ishlatiladi. Ertapishar navlarida kerakli darajada
kand bulmaganligi sababli ulardan yaxshi maxsulot xosil bulmaydi.
Achitilgan
karam tayyorlash uchun kushimcha xom ashyo sifatida tugralgan sabzi, olma
klyukva, brusnika, zira, shirin kalampir va boshkalar kushiladi.
Karam achitish uchun kullaniladigan idishlar toza,
sanitariya-gigiena
talablariga javob berishi kerak. Sanoat mikyosida karamlarni achitish uchun
shidan, temirbetondan yoki yogochdan ishlangan sigimi 5—20 tonnali doshniklar
xamda 150—200 l sirimli
yogoch bochkalar ishlatiladi.
Tayyorlash usuliga kura
achitilgan karamlar tugralgan maydalangan, butun xamda maydalangani bilan
butun aralashtirilgan xollarda buladi. Achitilgan karam
tayyorlash karam boshini
ifloslangan, zararlangan barglardan tozalash, turrash yoki maydalash,
kushimcha
xom ashyoni tayyorlash, idishlarga joylash va zichlash, bijgitish, saqlash va tayyor
maxsulotni kadoklash kabi jarayonlarni uz ichiga oladi. Achitilgan karam (butun
tuzlanganidan tashkari) sifatiga kura 1- va 2- tovar navlariga bulinadi.
Birinchi tovar navli maxsulotda karam bir tekis maydalangan yoki
tugralgan, ziravorlar xam bir xil taksimlangan,
sargish malla rangli, tish bilan
chaynaganda karsillashi va sersuv bulishi kerak Ularning ta’mi nordonrok yokimli,
achchik ta’msiz, xidi esa xushbuy, achitilgan karamga xos, ziravorlarning xidi xam
anik sezilib turishi kerak Birinchi navli achitilgan karamlarda tuz mikroi 1,2—
1,8%, nordonligi esa 0,7—1,3% bulishi kerak
Ikkinchi navli maxsulotda esa karam rangi yashilrok tusli ochsarik, kam
karsillaydigan,
kam kayishkok konsistensiyali, ta’mi esa nordonrok, shurrok
bulishiga yul kuyiladi. Ikkinchi navli karamlarda tuz mikroi 1,2—2,0%, nordonligi
esa 0,7—1,8 bulishi standart talabi bilan belgilanadi. Achitilgan karam kaysi navli
bulishidan kati nazar tuzli suv mikroi turralgan
karamlarda umumiy maxsulot
massasining 10—12 foizini, maydalangan va butun karamlarda esa 12—15 foizini
tashkil etishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: