12
yig’ib olishni talab qiladi. Shuning uchun, mevalarni yig’ishdan
oldin puxta
tayyorgarlik ko’rish zarur.
Hosil qo’lda teriladi. Daraxtlarni silkitib, qoqib tushirish qat’iy man etiladi.
Bandi bilan birga teriladi. Urug’li mevalarni terishda mevaning pastki tomonidan
ko’rsatgich barmoq bilan meva bandining shoxchasiga
tutashgan joyini ushlab,
so’ngra ikkinchi qo’l bilan shoxcha mahkam ushlanadi va bandini barmoq bilan
salgina bosib, hosil shoxchadan engil ajraladi.
Danaklilarni terishda bir qo’l bilan meva uziladi.
Hosilni avval erga
to’kilganlari, so’ngra pastki shoxdagilar teriladi. Terish asta-sekin daraxtning
yuqori shoxlariga qarab ko’chadi.
Hosilni joylash. Mevalar o’z idishiga to’g’ri qatorlab, to’rt-burchak usulida,
diagonal shaklida va to’kma holda joylanadi (6-rasm).
1-rasm. Mevalarni idishlarga joylash usullari
Saralash va joylash. Bu ishlar mevalarni tovar holatga kelti-rishdagi asosiy ishlar
hisoblanadi. Ular dalada – ochiq erda, bos-tirma ostida yoki omborxona hovlisi va
maxsus ajratilgan xona-larda amalga oshiriladi. Saralash va joylash mas’uliyatli
ishlar-dan biri bo’lib, mevalarning uzoq va sifatli saqlanishi bevosita
mana shu
tadbirga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: