Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
O`zlashtirish uchun savollar
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-ish. Sabzavotlarni saqlash davrida sifatini nazorat qilishni tashkil etish Darsning maqsadi
- Ishlash tartibi.
O`zlashtirish uchun savollar. 1. Kartoshkani saqlash davrida qanday fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo`ladi? 2. Sabzavotlarni saqlashga joylashtirishda qanday omillar muxim axamiyatga ega? 3. Mevalarni saqlash davrida omborxonaning boshqariluvchi atmosfera rejimi nimalarga asoslanib tanlanadi? 4. Kartoshka, karam, piyozni saqlanayotgan asosiy davrda qo`llaniladigan eng yaxshi issiqlik va havoning namligi qanday bo`lishi kerak? 5. Meva va sabzavotlarni doimiy omborlarga joylashtirishda qaysi uslublar keng tarqalgan? 6. Mevalarni yashiklarda saqlashda tagliklar qo`llashning qanday ahamiyati bor? 10-ish. Sabzavotlarni saqlash davrida sifatini nazorat qilishni tashkil etish Darsning maqsadi: Talabalarga sabzavot mahsulotlarini sifatini nazorat qilishda qo’llaniladigan o`lchash vositalari, turlari va usullari bilan tanishtirish. Jixoz va materiallar: 1. mahsulotlarning standarti (texnik shartlari); 2. kal`kulyator, xom ashyo; 3. jadval ma'lumotlari; 4. adabiyot malumotlari. Ishlash tartibi. Sabzavot mahsulotlariga texnologik, fiziologik va estetik talablar qo’yiladi. Shu sababli mahsulotning sifatini ma’lum bir ko’rsatkich bo’yicha baholanishi uncha to’g’ri bo’lmaydi. Mahsulotning sifati kompleks baholanishi lozim. Masalan, chigitli paxtaning sifati tolaning pishiqligi, tolaning uzilish kuchi, pishganligi, rangi, tashqi ko’rinishi, elastikligi, namligi, ifloslanganligi hamda kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi kabi ko’rsatkichlarning yig’indisidan aniqlanadi. Mahsulotni ishlatish maqsadiga ko’ra uning sifatiga qo’yiladigan talablar ham o’zgaradi. Masalan, oziq-ovqatga ishlatiladigan arpaga qo’yiladigan talablar bilan em-xashak maqsadida ishlatiladigan arpaga yoki urug’lik arpaga bo’lgan talablar bir-biriga mos kelmaydi. Har bir maqsadda ishlatiladigan arpaning sifat saqlash bir-biridan farq qiladi (A2, X1, X2). Mahsulotning sifat ko’rsatkichi uning ma’lum bir xossasining mikro jihatdan xarakteristikasi hisoblanadi va ma’lum sharoitda sifatini belgilaydi. Sifat saqlash 37 ma’lum birliklarda ifodalanadi va standartlarda yakka yoki kompleks tartibda o’z aksini topadi. Mahsulotning namligi, iflosligi, unuvchanligi, ma’lum kimyoviy va organik moddalarning mikroi (oqsil, kraxmal, uglevod va boshqalar), texnologik, agronomik, estetik, iqtisodiy va boshqa saqlash uning bir ko’rsatkichli sifat belgisi hisoblanadi. Mahsulotning tovar sorti kompleks ko’rsatkich bo’lib, uning bir qator xossalarini o’z ichiga oladi. Masalan, paxtaning tovar sorti tolaning uzilish kuchi, tashqi ko’rinishi, pishiqligi, pishganligi, iflosligi, namligi va boshqa bir qator xossalarini o’z ichiga oladi. Mahsulotning sifatini iqtisodiy jihatdan baholaydigan ko’rsatkich integral ko’rsatkichdir. Integral ko’rsatkich mahsulotning foydali tomonlarining yig’indisini uni yaratish, ekspluatasiya va iste’mol qilish uchun sarf bo’lgan xarajatga nisbati orqali ifodalanadi. Bu esa mahsulot sifatining rentabelligini, ya’ni sarf qilingan so’mga tushadigan foydani belgilaydi. Standartlarda qishloq xo’jalik mahsulotlari sifat saqlashning majmuasini hisobga olgan holda tovar sortlarga va klasslarga ajratiladi. Mahsulotning tovar sorti ma’lum sifat saqlash turlari bo’yicha mahsulotlarning gradasiyasi hisoblanadi. Mahsulotlarning klassi mahsulot yoki xom ashyolarning sifat guruhidir. Masalan, don mahsulotlari texnologik ko’rsatkichlar bo’yicha guruhlarga va klassga bo’linadi. Mahsulotlar saqlanuvchanligiga qarab ham guruhlarga ajratiladi. Uzoq vaqt saqlanadigan va qisqa vaqt saqlanadigan mahsulotlar bo’ladi. Mahsulotlar saqlanishi davrida mikro va sifat jihatdan ma’lum darajada o’zgarmasligi lozim. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining qayta ishlashga moyilligi saqlash qayta ishlash sanoatida kam xarajat hamda maksimal tayyor mahsulot berish bilan aniqlanadi. Qishloq xo’jaligida nazorat ob’ekti asosan mahsulot yoki xom ashyo hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish uchun uni ob’ektiv baholash lozim. Chunonchi, mahsulot sifatini baholash uni ishlatish sohasini ham belgilaydi. Mahsulot sifatini nazorat qilish uning mikro va sifat xossalariga xarakteristika berish bo’lib, bunda ma’lum turdagi o’lchash asbob-uskunalaridan va turli usullardan foydalaniladi. U ishlab chiqarish va ekspluatasiya davrida nazorat qilinadi. Mahsulot sifatini ishlab chiqarish mobaynida nazorat qilishda mutaxassislar asosiy rolni o’ynaydilar. Ular mahsulotni sifatli etishtirishni, o’z vaqtida yig’ishtirib topshirishni ta’minlashlari lozim. Shu bilan birga, ularni qayta ishlashni ham turli tashkil qilish lozim. Sabzavot mahsulotlarining sifati ularni davlatga yoki iste’molchiga topshirishda nazorat qilinadi. Bu jarayon mahsulot qabul qilish punktlarida amaldagi standart va sinash usullari yordamida amalga oshiriladi. Mahsulotlarni qabul qilishda, qabul qilingan mahsulotlarning sifatini tekshirishda inspeksion nazorat o’rnatiladi. Bunda tayyorlash punkti tomonidan mahsulotlar qabul qilinishi, standartdan to’g’ri foydalanish, sinash usullarining standartga to’g’ri kelishi, mahsulotlarning saqlanishi, sortlarga ajratilishi, joylashtirilishi, belgilanishi 38 tekshirilishi kerak. Mahsulotning sifatini nazorat qilishda qo’llaniladigan o`lchash vositalariga qarab nazorat turlari quyidagilarga bo’linadi: ulchash, organoleptik, qayd, hisoblash, sosiologik va ekspert. Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling