Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


O`zlashtirish uchun savollar


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/117
Sana20.09.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1682996
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   117
Bog'liq
sabzavot va mevalar

 
O`zlashtirish uchun savollar. 
1. Kartoshkani saqlash davrida qanday fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo`ladi? 
2. Sabzavotlarni saqlashga joylashtirishda qanday omillar muxim axamiyatga 
ega? 
3. Mevalarni saqlash davrida omborxonaning boshqariluvchi atmosfera rejimi 
nimalarga asoslanib tanlanadi? 
4. Kartoshka, karam, piyozni saqlanayotgan asosiy davrda qo`llaniladigan eng 
yaxshi issiqlik va havoning namligi qanday bo`lishi kerak? 
5. Meva va sabzavotlarni doimiy omborlarga joylashtirishda qaysi uslublar keng 
tarqalgan? 
6. Mevalarni yashiklarda saqlashda tagliklar qo`llashning qanday ahamiyati bor? 
10-ish. Sabzavotlarni saqlash davrida sifatini nazorat qilishni tashkil etish
Darsning maqsadi: Talabalarga sabzavot mahsulotlarini sifatini nazorat 
qilishda qo’llaniladigan o`lchash vositalari, turlari va usullari bilan tanishtirish. 
 
Jixoz va materiallar: 
1. mahsulotlarning standarti (texnik shartlari); 
2. kal`kulyator, xom ashyo; 
3. jadval ma'lumotlari; 
4. adabiyot malumotlari. 
Ishlash tartibi. Sabzavot mahsulotlariga texnologik, fiziologik va estetik 
talablar qo’yiladi. Shu sababli mahsulotning sifatini ma’lum bir ko’rsatkich 
bo’yicha baholanishi uncha to’g’ri bo’lmaydi. Mahsulotning sifati kompleks 
baholanishi lozim. Masalan, chigitli paxtaning sifati tolaning pishiqligi, tolaning 
uzilish kuchi, pishganligi, rangi, tashqi ko’rinishi, elastikligi, namligi, 
ifloslanganligi hamda kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi kabi 
ko’rsatkichlarning yig’indisidan aniqlanadi. 
Mahsulotni ishlatish maqsadiga ko’ra uning sifatiga qo’yiladigan talablar ham 
o’zgaradi. Masalan, oziq-ovqatga ishlatiladigan arpaga qo’yiladigan talablar bilan 
em-xashak maqsadida ishlatiladigan arpaga yoki urug’lik arpaga bo’lgan talablar 
bir-biriga mos kelmaydi. Har bir maqsadda ishlatiladigan arpaning sifat saqlash 
bir-biridan farq qiladi (A2, X1, X2). 
Mahsulotning sifat ko’rsatkichi uning ma’lum bir xossasining mikro jihatdan 
xarakteristikasi hisoblanadi va ma’lum sharoitda sifatini belgilaydi. Sifat saqlash 


37 
ma’lum birliklarda ifodalanadi va standartlarda yakka yoki kompleks tartibda o’z 
aksini topadi. 
Mahsulotning namligi, iflosligi, unuvchanligi, ma’lum kimyoviy va organik 
moddalarning mikroi (oqsil, kraxmal, uglevod va boshqalar), texnologik, 
agronomik, estetik, iqtisodiy va boshqa saqlash uning bir ko’rsatkichli sifat belgisi 
hisoblanadi. 
Mahsulotning tovar sorti kompleks ko’rsatkich bo’lib, uning bir qator 
xossalarini o’z ichiga oladi. Masalan, paxtaning tovar sorti tolaning uzilish kuchi, 
tashqi ko’rinishi, pishiqligi, pishganligi, iflosligi, namligi va boshqa bir qator 
xossalarini o’z ichiga oladi. 
Mahsulotning sifatini iqtisodiy jihatdan baholaydigan ko’rsatkich integral 
ko’rsatkichdir. Integral ko’rsatkich mahsulotning foydali tomonlarining 
yig’indisini uni yaratish, ekspluatasiya va iste’mol qilish uchun sarf bo’lgan 
xarajatga nisbati orqali ifodalanadi. Bu esa mahsulot sifatining rentabelligini, ya’ni 
sarf qilingan so’mga tushadigan foydani belgilaydi. 
Standartlarda qishloq xo’jalik mahsulotlari sifat saqlashning majmuasini 
hisobga olgan holda tovar sortlarga va klasslarga ajratiladi. 
Mahsulotning tovar sorti ma’lum sifat saqlash turlari bo’yicha 
mahsulotlarning gradasiyasi hisoblanadi. 
Mahsulotlarning klassi mahsulot yoki xom ashyolarning sifat guruhidir. 
Masalan, don mahsulotlari texnologik ko’rsatkichlar bo’yicha guruhlarga va 
klassga bo’linadi. 
Mahsulotlar saqlanuvchanligiga qarab ham guruhlarga ajratiladi. Uzoq vaqt 
saqlanadigan va qisqa vaqt saqlanadigan mahsulotlar bo’ladi. Mahsulotlar 
saqlanishi davrida mikro va sifat jihatdan ma’lum darajada o’zgarmasligi lozim. 
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining qayta ishlashga moyilligi saqlash qayta ishlash 
sanoatida kam xarajat hamda maksimal tayyor mahsulot berish bilan aniqlanadi. 
Qishloq xo’jaligida nazorat ob’ekti asosan mahsulot yoki xom ashyo 
hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish uchun uni ob’ektiv baholash lozim. 
Chunonchi, mahsulot sifatini baholash uni ishlatish sohasini ham belgilaydi. 
Mahsulot sifatini nazorat qilish uning mikro va sifat xossalariga xarakteristika 
berish bo’lib, bunda ma’lum turdagi o’lchash asbob-uskunalaridan va turli 
usullardan foydalaniladi. U ishlab chiqarish va ekspluatasiya davrida nazorat 
qilinadi. Mahsulot sifatini ishlab chiqarish mobaynida nazorat qilishda 
mutaxassislar asosiy rolni o’ynaydilar. Ular mahsulotni sifatli etishtirishni, o’z 
vaqtida yig’ishtirib topshirishni ta’minlashlari lozim. Shu bilan birga, ularni qayta 
ishlashni ham turli tashkil qilish lozim. 
Sabzavot mahsulotlarining sifati ularni davlatga yoki iste’molchiga 
topshirishda nazorat qilinadi. Bu jarayon mahsulot qabul qilish punktlarida 
amaldagi standart va sinash usullari yordamida amalga oshiriladi. Mahsulotlarni 
qabul qilishda, qabul qilingan mahsulotlarning sifatini tekshirishda inspeksion 
nazorat o’rnatiladi. Bunda tayyorlash punkti tomonidan mahsulotlar qabul 
qilinishi, standartdan to’g’ri foydalanish, sinash usullarining standartga to’g’ri 
kelishi, mahsulotlarning saqlanishi, sortlarga ajratilishi, joylashtirilishi, belgilanishi 


38 
tekshirilishi kerak. 
Mahsulotning sifatini nazorat qilishda qo’llaniladigan o`lchash vositalariga 
qarab nazorat turlari quyidagilarga bo’linadi: ulchash, organoleptik, qayd, 
hisoblash, sosiologik va ekspert. 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling