Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-ish. Kartoshka va sabzavotlarni saqlash uchun vaqtinchalik ombor, ariq- o`ra va uyumlar maydonini aniqlash Darsning maqsadi
O’zlashtirish uchun savollar: 1. Mevalar yig’ilayotgan mavsumda qilinadigan ishlarni qisqacha gapirib bering. 56 2. Yig’im-terimni engillashtirish uchun nima ishlarni amalga oshirish zarur? 3. Mevalarni saqlash uchun qanday etilish davrida terib olish afzal? 4. Meva turlariga qarab ishlatiladigan quti va materiallarni ta’riflang. 16-ish. Kartoshka va sabzavotlarni saqlash uchun vaqtinchalik ombor, ariq- o`ra va uyumlar maydonini aniqlash Darsning maqsadi: talabalarga kartoshka va sabzavotlarni kuzgi-qishki davrda saqlash uchun vaqtinchalik omborlarni tashkil etishni o’rgatish. Bunda talabalar vaqtinchalik omborlarni tashkil etishda mahsulot turi va mikroiga ko’ra qancha uyum yoki o’ralar zarurligi, ularni barpo etish tadbirlari, ularga mahsulotlarni joylashtirish va ustini berkitish tartibi bilan amaliy tanishtiriladi Jixoz va materiallar: 1. mahsulotlarning standarti (texnik shartlari); 2. omborxonalar loyihasi; 3. omborxonalar kartasi; 4. kal`kulyator, xom ashyo; 5. jadval ma'lumotlari; 6. adabiyot malumotlari. 1-rasm. Kartoshka saqlanadigan uyumni tashkil qilish sxemasi: 1-yakuniy tuproq qoplamasi; 2-birinchi tuproq qoplamasi; 3-uyum termometri; 4-kartoshka; 5-poxol; 6-havo quvuri; 7-yog’ingarchilik suvlari uchun ariqcha. 1-vazifa. Quyidagi mikrodagi sabzavotlarni saqlashga joylashtirish uchun ariq-o’ralar mikroini hisoblang: a) 500 tonna kartoshka uchun, agar ariq-o’ralar quyidagi o’lchamda bo’lsa: uzunligi 20 m, eni 0,8 m, chuqurligi 0,6 m. Ishlash tartibi: 1. Bir ariq-o’raning maydoni qancha? 20 m (uzunligi) x 0,8 m (eni) = 16 m 2 2. Bir ariq-o’raning hajmi qancha? 16 m 2 (maydoni)x0,6 m (chuqurligi)=9,6 m 3 3. Bir ariq-o’raga qancha mikroda kartoshka ketadi? 1 m 3 - 650 kg (0,65 tonna) 57 9,6 m 3 - X X = 9,6 m 3 x 0,65 tonna : 1 m 3 = 6,24 tonna 4. 500 tonna kartoshkani joylashtirish uchun nechta ariq-o’ra kerak? 500 tonna : 6,24 tonna = 81 dona ariq-o’ra. 5. 500 tonna kartoshka joylashtirilgan ariq-o’ralar maydoni qancha? 16 m 2 x 81 dona ariq-o’ra = 1296 m 2 Xuddi shu tartibda karam va sabzi mahsulotlarini saqlash uchun maydonlar aniqlanadi. b) 200 tonna karam uchun, agar ariq-o’ralar o’lchami quyidagicha bo’lsa: uzunligi 10 m, eni 0,8 m, chuqurligi 0,4 m. v) 300 tonna sabzi uchun, agar ariq-o’ralar o’lchami quyidagicha bo’lsa: uzunligi 10 m, eni 0,6 m, chuqurligi 0,5 m : g) Yuqoridagi a, b, v vazifalariga javob topilganidan so’ng, ular jamlanadi, va yig’indisi sof o’ralar maydonini ko’rsatadi, ya’ni 75 foizini tashkil etadi. Ularning umumiy maydonini aniqlashda ular orasidagi oraliqlar (2 m) va asosiy yo’llar (4 m) inobatga olinadi, ular umumiy maydonning 25 foizini tashkil etadi. Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling