Samarqand veterineriya meditsinasi instituti “Gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/64
Sana09.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#260871
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
Bog'liq
seminar ishlanma

  «Monitoring»  tushunchasi  lotincha  «monitor»dan  kelib  chiqqan  bo‘lib,  eslab  turuvchi, 

kuzatilib  boriluvchi,  xatolarni  oldini  oluvchi  ma’nosini  anglatadi.  «Monitoring»  tushunchasi 

pedagogikada XVII asr XIX asrning boshlaridan boshlab Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Belgiya 

va  Rossiyada  ko‘llanila  boshlangan.  Texnikaning  rivojlanishi  bilan  ma’lum  ko‘rsatgichlarni  nazorat 

qilishga mo‘ljallangan priborlar «monitor» deb atala boshlandi, ularda berilgan doiradagi ma’lumotlar, 

teletasvirlar ko‘rinishida saqlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Monitoring ko‘p o‘lchamli integral va tizimli tushuncha bo‘lib, ta’lim sohasidagi monitoringning 

mohiyati o‘ziga xos xususiyati va vazifasini yorituvchi quyidagi tushunchalar mavdud. 

 «Monitoring – bu obyektlar, hodisalar, jarayonlar holatini baholash, nazorat qilish, oldindan 

bashorat qilish maqsadida maxsus tashkil etiluvchi muntazam kuzatish». 

 «Monitoring  -  bu  pedagogik  tizim  faoliyatidan  olingan  daliliy  natijalarni  uning  maqsadiga 

nechog’lik mosligini ko‘rsatuvchi, teskari aloqani ta’minlovchi mustaqil boshqaruvli vazifadir». 

 «Ta’lim monitoringi – pedagogik tizim faoliyati haqida axborot yig’ishni tashkil etish, saqlash, 

qayta ishlash va taqsimlash tizimi, u kuzatilayotgan obyekt holatini va kelgusida uning rivojlanishini 

oldindan bashorat qilishga imkon beradi». 

 «Professiografik  monitoring  –  mutaxasis  tayyorlash  pedagogik  jarayonining  holati  va 

rivojlanishi uchun maqbulroq ta’limiy vazifalar, shuningdek, metod va vositalarni tanlash maqsadida 

uzluksiz, ilmiy asoslangan, rejali-faoliyatli kuzatib borish jarayoni». 

 Pedagogik  monitoring  –  boshqaruvning  mustaqil  vazifasi,  teskari  aloqani  ta’minlovchi  va 

berilgan  ko‘rsatgichlarga  ko‘ra  olingan  natijalarning  mushtarakligi  haqida  ta’lim  muassasalari 

rahbarlari hamda o‘quvchilarga muntazam axborot beruvchi tizimdir. 

 Ta’lim sifatining monitoringi – bu ta’lim jarayoni va uning rivojlanish yo‘nalishlarini uzluksiz 

ravishda  nazorat  qilib  baholash  va  diagnostik-prognostik  kuzatib  borishga  imkon  beruvchi  ilmiy 

asoslangan metoddir.   




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling