5–MAVZU. O‘QUV FAOLIYATNI TASHKIL QILISH SHAKLLARI
Asosiy tushunchalar.
Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda o‘qitish jarayonining
umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi “ta’lim nazariyasi”ni
anglatadi. Didaktika “grekcha” so‘zdan olingan bo‘lib, “didakticos” - o‘rgatish, o‘qitish ma’nosini
bildiradi.
Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?” “qanday o‘qitish?” “qaerda o‘qitish” kabi
savollarga javob izlaydi.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati,
ta’limning mazmuni, o‘qitish konuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari
yoritiladi.
Ta’lim – tevarak – atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi rahbarlik
qiladigan alohida turi.
Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, ikki tomonlama
xarakterga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |