«Monitoring» tushunchasi lotincha «monitor»dan kelib chiqqan bo‘lib, eslab turuvchi,
kuzatilib boriluvchi, xatolarni oldini oluvchi ma’nosini anglatadi. «Monitoring» tushunchasi
pedagogikada XVII asr XIX asrning boshlaridan boshlab Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Belgiya
va Rossiyada ko‘llanila boshlangan. Texnikaning rivojlanishi bilan ma’lum ko‘rsatgichlarni nazorat
qilishga mo‘ljallangan priborlar «monitor» deb atala boshlandi, ularda berilgan doiradagi ma’lumotlar,
teletasvirlar ko‘rinishida saqlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Monitoring ko‘p o‘lchamli integral va tizimli tushuncha bo‘lib, ta’lim sohasidagi monitoringning
mohiyati o‘ziga xos xususiyati va vazifasini yorituvchi quyidagi tushunchalar mavdud.
«Monitoring – bu obyektlar, hodisalar, jarayonlar holatini baholash, nazorat qilish, oldindan
bashorat qilish maqsadida maxsus tashkil etiluvchi muntazam kuzatish».
«Monitoring - bu pedagogik tizim faoliyatidan olingan daliliy natijalarni uning maqsadiga
nechog’lik mosligini ko‘rsatuvchi, teskari aloqani ta’minlovchi mustaqil boshqaruvli vazifadir».
«Ta’lim monitoringi – pedagogik tizim faoliyati haqida axborot yig’ishni tashkil etish, saqlash,
qayta ishlash va taqsimlash tizimi, u kuzatilayotgan obyekt holatini va kelgusida uning rivojlanishini
oldindan bashorat qilishga imkon beradi».
«Professiografik monitoring – mutaxasis tayyorlash pedagogik jarayonining holati va
rivojlanishi uchun maqbulroq ta’limiy vazifalar, shuningdek, metod va vositalarni tanlash maqsadida
uzluksiz, ilmiy asoslangan, rejali-faoliyatli kuzatib borish jarayoni».
Pedagogik monitoring – boshqaruvning mustaqil vazifasi, teskari aloqani ta’minlovchi va
berilgan ko‘rsatgichlarga ko‘ra olingan natijalarning mushtarakligi haqida ta’lim muassasalari
rahbarlari hamda o‘quvchilarga muntazam axborot beruvchi tizimdir.
Ta’lim sifatining monitoringi – bu ta’lim jarayoni va uning rivojlanish yo‘nalishlarini uzluksiz
ravishda nazorat qilib baholash va diagnostik-prognostik kuzatib borishga imkon beruvchi ilmiy
asoslangan metoddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |