Ta’lim sifati monitoringining maqsadi - ma’lum belgilangan vaqt bo‘yicha ta’lim oluvchi
sifatini qat’iy belgilash va qayd etib borish, amalga oshirilayotgan Davlat ta’lim standartlarining
me’yoriy ko‘rsatgichlari bilan taqqoslash hisoblanadi.
Ta’lim sifati monitoringi quyidagi vazifalar bilan xarakterlanadi:
- axborot almashish – dastur va grafikka binoan ta’lim jarayoni natijalarini muntazam kuzatib
borish. Ular asosida doimiy qayd etish, baholash va berilgan mezonlarga ko‘ra jadvallar tuzish;
- tashkiliy - ta’limnign maqbul maqsadlari va vositalarini tanlash haqida qaror qabul qilish uchun
maqsadga muvofiq holda axborotlar yig’ish, ularni umumlashtirish, tizimlashtirish yoki pedagogik
tizim rivojlanishini bashorat qilish;
- nazorat qilib baholash - o‘tkazilgan pedagogik xatti-harakatlari samaradorligini tez nazorat qili
shva baholash hamda O‘MKHT tuzilmasida pedagogik tizimning yakuniy maqsadlarini amalga
oshirish;
- o‘zgartirishlar kiritish – yuzaga kelgan holatning sabablarini tez izlab topish va aniqlashtirish,
zarur paytlarda bajarilayotgan vazifaga o‘zgartirishlar kiritish;
- tashxisiy – oldindan bashorat qilish (diagnostik) kasb-hunar kollejlarida yoki akademik
litseylarda kadrlar tayyorlash jarayonlari va pedagogik tizimlarda kechayotgan o‘zgarishlarni o‘z
vaqtida aniqlash, pedagogik tashxis qo‘yish, sabab-oqibatli munosabatlarni o‘rnatish va o‘larni
kelgusida rivojlantirishni tez bashorat etish.
17
Modellashtirish – bu real mavjud pedagogik obyekt (hodisa, jarayon, tizimlarni model
Do'stlaringiz bilan baham: |