Ilova
“Informatika va hisoblash texnikasi” fanidan atamalar
Algoritm – ma’lum bir turkumdagi hamma masalalarni yechishda ishlatiladigan amallar tizimining muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida.
Algoritmik til – belgilar to’plami va bu belgilardan algoritmlarni yozish uchun mo’ljallangan til konstruk-siyalarini tuzish va ifodalash qoidalari tizimi.
Arifmetik ifoda – ixcham arifmetik yozuv; u talab qili-nayotgan qiymatni olish uchun berilganlar bilan qanday arifmetik amallar bajarish kerakligini ko’rsatadi.
Axborot (lot. tushuntirish, bayon qilish) – og’zaki, yozma yoki boshqa usulda (masalan, shartli signallar, texnika vositalar va boshqalar yordamida) berilgan, fan tilida esa, odam bilan avtomat, avtomat bilan avtomat o’rtasida almashinuvchi hamda manbalari va taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar, shaxslar, predmetlar, faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to’g’risidagi ma’lumot.
Axborot jamiyati – ko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborot zaxiralari (resurslari) – bu alohida hujjat va alohida hujjatlar to’plami, axborot tizimlari (kutub-xona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to’plamidir.
Axborot izlash tizimi – kerakli axborotni saqlash, izlash va kerak bo’lganda berish (chiqarish) uchun ishlatiladigan vositalar to’plami.
Axborot madaniyati – axborot bilan ishlashni, uni olish, qayta ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni bilish orqali inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli axborotlardan to’liq va o’z vaqtida foydalanish-ni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora tadbirlarni joylarda tadbiq etishni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |