Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- \ ASSALOM, KELAJAK!
- AMIR TEMUR
- ABU RAYHON BERUNIY
- ALISHER NAVOIY
- KORLAR VA FIL
- MUQBIL VA MUDBIR
- OFTOB OYIM (Onam haqida)
- 8-SINF
ENG YAXSHI DORI
Shunday xastalar bo`ladiki, ularni faqat so`z bilan davolamoq zarur. Abu Ali ibn Sinoning fikriga qaraganda, bemorni dori-darmon bilan birga so`z bilan davolagan ham afzal, chunki so`z shunchalik sir-sinoatga ega bir mo`jiza hisoblanadi. Bir og`iz shirin so`z. Siz bu so`zning naqadar umidbaxsh va katta qudratga ega ekanligini his qilganmisiz? Qiziq, ba`zan noyob dori-darmonlar – u zamonaviy meditsina asbob- uskunalari ham ojizlik qilib qolganda ham mana shu bir og`iz so`z bemorga ruhiy dalda, jismoniy quvvat bag`ishlaydi! Chuniki so`z xoh yaxshi, xoh yomon bo`lsin, avvalo, bosh miyaga ta`sir qiladi. Bosh niya esa organizmdagi butun jarayonlarni boshqaradi va nazorat qiladi. Yomon so`z orqali asabiylashganda, odamning aft-angori o`zgaradi, rangi o`chadi, qo`l va oyoqlari titraydi, quloqqa so`z kirmaydi, faqat o’lishi va yurak urushi tezlashadi. Shu payt kishi o`zini bosib ololmasa , yomon kasallikka chalinishi mukin. Rivoyat qilishlaricha bir kuni Luqmoni Hakim ko`chada ketayotgan ekan. Qarasa, sal oldinda borayotgan bir qiz dam-badam qon tuplarmish. Hakim qiz uyiga kirib ketgach, uning orqasidan kirdi. Luqmoni Hakim qizning otasiga : ”Qizingiz bedavo dardga uchrabdi, afsuski , muolajaning iloji yo`q”, - debdi. Uning bu so`zlarini haligi qiz eshik orqasidan eshitib turgan ekan . Birdan yuragi duk-duk urib qaltirab yiqilibdi va hushidan ketibdi. Xullas, shu bir og`iz so`z oqibatida qiz ruhiy dardga giriftor bo`lib olamdan o`tibdi... ...Kunlarning birida qizning otasi Luqmoni Hakimni uchratib qolibdi. Shunda ota: -Taqsir, qizim bedavo dardga chalinganini qanday bilib edingiz?-deb so`rabdi. Luqmoni Hakim debdi: -Qizingiz ko`chada kela turib, bot-bot qon to`planganini ko`rib edim. Bu javobni eshitgan chol shart etib, o`z peshonasiga uribdi. Keyin o`ziga kelgach: 26
- E, attang, qizim o’sha kuni shotut yeb edi, siz ko`rgan tupig shotut sharbati edi- ku! -debdi. Hakim chol oldida tiz cho`kib , uzr so`rabdi: - Siz menga va bizdan so`nggi avlodlarga unutilmas saboq berdingiz. Bir so`z bilan soppa-sog` odamni o`ldirish yoki bemorni oyoqqa turg`izib yuborish mumkin ekan! Yunonlar:”Dardni bilmasang, yaxshisi sen bemorni tinch qo`y”, -deb bejiz aytmagan ekanlar.(210)
Ey sen, shoshib, hovliqib , dam-badam qo`lidagi soatiga qarab borayotgan inson! Bilarmisanki, qo`lingga bog`lab olganing soat emas, sendagi sanoqsiz zanjirlarning biridir. Zanjir ila sening insoniyatga tutashliging bor. Tomchi bo`lib daryo bilan oqayotirsan, zarra bo`lib koinot bilan charx urayotirsan. Bu zanjir ila zamonga daxldorsan va sen ham ahli olam qatori uchinchi ming yillikda yashamoqdasan. Bashariyat tarixi koinot umriningo`n besh daqiqasi emish. Bu zamon ichida u ne qadar kamol topdi? Mamont to`shini talashib bir –birini majaqlagan ajdod bilan din-u irq talashib, mansab talashib yashayotgan avlod o`rtasida tafovut qancha? Bu xayollar va bu savollar, yangi mingyillikda meni qiynab turgan hislar, yozilmagan she`rlarimdir. Cheksiz, abadiy makon –u zamon ichra mavjudlik ulug` baxtim va olam –u o`zni anglamaslik ulug` dardimdir. Men zarraman. Zarraning koinot bilan bir butunligi va tanholigi bor. Sayyoralar kabi o`z osmon o`z hayoti , o`z mehvari, o`z darvozasi bor. Zamonim – asrim, makonim – vatanim. Shu makonning erki mening erkim , zanjirlari mening zanjirlarimdir. Ey, mening buyuk va ozurda yurtim, qudratli va jafokash Vatanim! Sen o`z zanjirlaring ichida eng uqubatlisi, eng og`riqlisi bo`lgan tobelik va mutelik zanjiridan xalos bo`lding. Ozodlik kuning asr desa asr, mingyillik desa mingyillik ichida eng buyuk kundir. U sening yangi tarixing, mening yangi umrim boshlangan kun .
Ey mening suyukli O`zbekistonim ! Zamonlar kelarki, botiniy zanjirlaring ham yechilar. Kelajak haqiqiy hur dunyo ichida sen ham chinakam ozod mamlakat bo`larsan. Zamonlar kelarki , insoniyat mojarolarni, qon to`kishlarni unutmas, olamda mehr-u saxovat, poklik va ezgulik g`olib bo`lar. Bizning bu g`urbat to`la asrda matonat bilan yashagan avlodning uyg`oq ruhi ul zamon aytar : ”O`lmagan qul shunday kunga ham yerib keldi-ya!” Shu umidbaxsh tuyg`u tufayli bugun ”Assalom, kelajak!” deya hayqirgim keladi. (210 so’z)
Xo‘jailg‘or qishlog‘ida tug‘ildi. U yoshligida xat- savod chiqarib, tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix ilmi va me’morchilikni o‘rgandi.
27
Amir Temurni yaqindan bilgan arab faylasufi Ibn Xaldun jahongirning turk, arab, fors xalqlarining tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarni mukammal o‘zlashtirganini ta’kidlaydi. Amir Temurning hayoti va faoliyatini ikki davrga bo‘lish mumkin: birinchi davr (1360 - 1385) -Movarounnahrning mug‘ul istilosidan ozod qilinib, yagona markazlashgan davlat tuzilishi, o‘zaro urushlar barham topishi; ikkincni davr (1386 – 1405) esa boshqa mamlakatlarga ikki yillik, uch yillik, to‘rt yillik deb ataluvchi yurishlardan iborat. Atoqli nemis olimi M. Beberning yozishicha, “Amir Temur o‘z dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi”. Amir Temur ilm–fan, ma’naviyat ahliga alohida e’tibor, mehribonlik ko‘rsatgan. U davlat, jamiyat oldida turgan har bir muhim masala yuzasidan kengash chaqirar va bu kengashga nafaqat davlat arboblari, sarkardalar, temuriyzodalarni, balki sayyidlar, shayxlar, ilm - fan arboblarini ham taklif etar edi.
Sohibqiron bu haqda o‘z qo‘li bilan bitgan, muhim tarixiy manba sanalgan “Tuzuklari”da bayon etgan. Mustaqillik davrida tarixni xolisona o‘rganish, buyuk ajdodlar ruhini yod etish yaxshi an’anaga aylandi. Xususan, Amir Temur nomini tiklash borasida katta ishlar qilindi. 1996- yilning Vatanimizda Amir Temur yili deb e’lon qilingani, Amir Temur ordeni ta’sis etilgani fikrimizning yorqin dalilidir. (214ta so’z)
Odamzod hamisha go`zallika intilib yashaydi. Afsuski, bunda tashqi ko`rk- tarovat, husn- malohatning hamisha qo`li ustun. Ma`naviy pokdomonlik, qalb go`zalligi ko`pincha e`tibordan chetda qolib, o`z bahosini topavermaydi. Vaqt o`tishi bilan yuz- ko`zdagi o`t- olov o`rnini son- sanoqsiz ajinlar egallaydi, adl qomat esa kamondan to`n kiyadi. Botiniy malohat esa aksincha. Xuddi sharshara ostidagi gavharmijos yillar davomida sayqallashadi, yangi- yangi qirralari ochiladi, tobora tiniqlasib, ruhiy kamolot sari ko`tariladi. Biroq, inson inson-da, o`tkincha dunyoga aldangani yetmaganiday, ko`zga tez tashlanuvchi ”yulduz”larga umid bog`laydi va tong yorishib quyosh borliq uzra zamin nurlarini sochgandagina qalbida son- sanoqsiz armonlar ila adashganini anglab yetadi. Kunning haqligini, kunduzi barcha barobarligini tusunaveradi. Bor hikmat shundaki, uning qudratini tundayoq his etmoqqa qodir tafakkur kerak. Insoniyat yaralganidan buyon davom etib kelayotgan surunkali ofatlardan biri bu komil inson qadr-qimmatini vaqtida baholay olmaslik, qadriga yetmaslik, iliq nafasiga quloq tutmay, g`animat damlarni g`aflatda, razolat va jaholat iskanchasida o`tkazmoqlikdir. Biroq, bu ham hayotning oxiri emas. Hamma balo poklikni inkor 28
etish bilan nopoklar yo`liga poyandoz to’shalishidadir. Goho hayratdan yoqa ushlaysan: nahotki, ezgulikning peshonasi bu qadar sho`r bo`lsa, oqillikning puch yong`oqchalik qadri sezilmasa, yaxshiliar jazo topsa, yomonlar sarbaland yursa? Yo`q, bunchalik emas. Axir, inson uchun dil farog`atidan ortiq ne`mat bormi? Nega gunohlarimizdan pushaymon bo`lish, istig`for aytish , tavba- tazarru qilish, oxiratni o`ylash o`rniga oxirgi nafasga qadar moddiy boylik, mol- dunyo uchun o`zimizni o`tdan cho`qqa uramiz, dil oynasini xiralashtiramiz. Hol buki, bu dunyoda chinakam qayg`urishga arziydigan bitta yo`qotish bor, u ham bo`lsa imondan ayrilmoqdir.(177)
ABU RAYHON BERUNIY Beruniy 973- yil 4-oktabrda Xorazmda tug‘ildi. Erta yetim qolgan bo‘lsa ham, u yaxshi odamlarning qo‘lida tarbiyalandi. Yoshligidanoq ilm-fanga juda qiziqdi. Ayniqsa, matematika, astronomiya, geografiya va tibbiyot fanlariga doir ko‘p kitoblar o‘qidi. Qadimgi Xorazm tilini, turkiy, fors va arab tillarini puxta o‘rganib oldi. Boshqa tillarda ham mashq qildi. So‘ngra o‘zi ham matematika va astronomiya, geografiya va tarixdan kitoblar yoza boshladi. Yulduzlarni kuzatdi, daryo oqimini o‘lchadi. Turli fanlar sohasida kuzatishlar olib borish maqsadida o‘zi ko‘pgina tajriba asboblarini ixtiro etdi. Beruniy kamtar va odobli, haqgo‘y va oliyjanob inson edi. 22 yoshida Xorazmni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Ancha vaqt Afg‘onistonning G‘azna shahrida yashadi. So‘ng Hindistonga bordi. Hindistonda bo‘lganida eski hind tili – sanskrit tilini o‘rgandi. Bu uning hind madaniyati, adabiyoti va o‘sha davr olimlari bilan yaqindan tanishuviga imkon berdi. Hindiston yeri, tog‘lari, daryolari, o‘simlik va hayvonlar dunyosi, xalqi, dini va urf-odatlarini ta'riflagan mashhur «Hindiston» asarini yozdi. Beruniy har bir ishga mas'uliyat bilan qarar, boshlagan ishini oxiriga yetkazishga harakat qilar edi. Beruniy O‘rta Sharq olimlari orasida birinchi bo‘lib Yerning shar shaklida ekanligini isbotladi va Yer Quyosh atrofida aylanadi, degan to‘g‘ri fikrga keldi. U Yer shari o‘lchamini aniqladi. Eni 5 metr keladigan globus yasadi, dunyo xaritasini chizdi. Dunyoning qaerida qanday boyliklari borligini aniqladi. Dengiz suvining har kuni ikki marta qalqib-qaytib turishini, Oy va Quyosh tutilishlarining sababini soddagina qilib izohlab berdi. Amudaryo qaysi vaqtda toshib, qaysi vaqtda sayozlanib qolishi jadvalini tuzdi. Beruniy 75 yil umr ko‘rdi. Shu davr ichida turli sohalarga oid 160 ga yaqin kitob va risolalar yaratdi. Asarlari matematika, astronomiya, geografiya, geologiya, farmakologiya, kartografiya, tarix, til, adabiyot sohalariga, shuningdek, etnografiya, falsafa va boshqa fanlarga bag‘ishlangan. Beruniyning jahon fani oldidagi buyuk xizmatlari jamoatchilik tomonidan e'tirof etilgan va tavalludi ko‘p mamlakatlarda nishonlangan. Uning tug‘ilgan shahri, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Toshkent Politexnika instituti Beruniy nomi bilan ataladi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti ta'sis etilgan. (298ta so’z) 29
ALISHER NAVOIY
Alisher Navoiy 1441 - yil 9 - fevralda Hirot shahrida tug‘ilgan. U bolalik davrida Temuriy shahzodalar bilan birga tarbiyalandi. Uning otasi ma’rifatparvar kishi bo‘lib san’at va adabiyotga qiziqar edi. Navoiylar uyida shoirlar tez - tez to‘planib, she’rlar o‘qib, san’at haqida suhbatlashardilar. Bu Alisherda katta taassurot qoldirdi. U 10 - 12 yoshlaridayoq she’rlar yoza boshladi.
1472- yili Navoiy amirlik (vazirlik) vazifasiga tayinlandi. Lekin bu mansab shoirni qanoatlantirmadi. Shu tufayli u ijodiy ishga o‘tib, o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish, bu tilda adabiy asarlar yaratishga kirishdi. U xalq manfaatiga qaratilgan masalalarni o‘zining “Xamsa” asarida yoritdi. Bu asar besh dostondan iborat: “Hayratul abror” , “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”. Bu ajoyib dostonlarda shoir do‘stlik, chin muhabbat, odamlarga g‘amxo‘rlik, halollik, obodonchilik, mehnatga muhabbatni kuylagan.
Alisher Navoiy asarlarini xalqimiz sevib o‘qiydi. Uning asarlari asosida “Farnod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Dilorom”, “Mehr va Suhayl” kabi sahna asarlari yaratildi.
Navoiy haqida ko‘plab ilmiy va adabiy asarlar yozildi. Oybekning “Navoiy” romani, L.Batning “Hayot bo‘stoni” qissasi, Uyg‘un va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” dramasi shular jumlasidandir. Ko‘pgina tumanlar, qishloq va ko‘chalar, teatrlar o‘quv yurtlari, shahar va mahallalar Navoiy nomi bilan atalgan.Toshkentda Navoiy nomli Milliy bog’ yaratilgan va u yerda Navoiyga haykal o‘rnatilgan. Ulug‘ shoir, olim va mataffakkir Navoiy 1501- yilning 3- yanvarida Iroq shahrida vafot qilgan. (215ta so’z)
KO'RLAR VA FIL
Naql qilishlaricha, bir guruh ko'rlar to'dasi bir sabab bilan: musofirlik yoki asirlik tufayli Hindistonga borib qolishibdi. So'ngra falakning gardishi bilan ular yana o'z yurtiga qaytib kelishibdi. Bu yerda ulardan bir kishi: "Filni ko'rdilaringizmi?" — deb so'rabdi. Ular "Ha",-deb javob beribdilar. "Ko'rgan bo'lsangiz, dalil keltiring",— debdi boyagi kishi. Ular aslida filni ko'rmagan, u haqda hatto yaxshi so'rab ham olmagan edilar. Har biri filning bir a'zosini paypaslab, undan bilim hosil qilib olgan edi. Shu sababli filning qo'llarini ushlagan kishi fil ustunga o'xshar ekan, desa, qornini paypaslagan, yo'q, u beustun, dedi. Xartumini ushlagan, fil ajdahoga o'xshash bir narsa ekan, desa, tishlarini bayon qiluvchi kishi esa, fil ikkita suyakdan iborat, dedi. Quyrug'idan xabar bergan kishi filni osilib turgan ilonga qiyos etdi. Qo'li bilan Filning boshini paypaslagan kishi uni bir qoyaning tumshug'i deb sharh qildi. Filning qulog'iga qo'l tegizgan kishi uni qimirlatib turgan ikki yelpig'ich ekan, dedi.
30
Ularning barchasi shu tariqa ko'rlik yuzasidan turli so'zlar aytdilar. Garchi ular aytgan so'zlarning barchasi to'g'ri bo'lsa-da, ularning hammasi nuqsonli edi, ularda tartib mavjud emas edi. Shuning uchun ham filbonlik sohasida ustod hisoblangan yetuk faylasuf, o'zi hind naslidan bo'lgan kishi ular aytgan so'zlarni tinglab, naql qilganlarga ta'na so'z aytmadi va shunday dedi: - Har bir kishi fil haqida o'zi bilganini aytib, u haqda nishon berdi. Ular bir- birlariga zid fikrlarni aytgan bo'lsalar-da, kechirarlidir. Chunki ularning har biri o'z bilganicha so'z aytdi, ammo ulardan hech biri filni ko'rgan emas edi. Lekin ular aytgan bu sifatlarning barchasi bir yerga jam qilinsa, ulardan fil haqida muayyan tasavvur hosil bo'ladi. Uzoqni ko'ruvchi kishiga bu aniq bo'lgani uchun u hech bir ikkilanmasdan ko'rlar aytgan barcha so'zlarni chin deb baholadi. (263ta so’z)
Bir yo'laro ikki o'rtoq ketib borardi. Ulardan biri bilimsiz, ikkinchisi esa tariqat bilimdoni edi. Biri nuqsonli, ikkinchisi esa komil sifatlar egasi bo'lib, unisining oti Mudbir(baxtsiz), bunisining oti esa Muqbil(iqbolli) edi. Ulardan har birining ismi jismiga munosib bo'lganidek, jismi ham ismiga mos edi. Muqbil iloh ahllari haqida, dindagi komil va ogoh kishilar to'g'risida so'z aytsa, Mudbir esa butni vasf etuvchi kofirlarga o'xshab faqat nuqson ahli haqida so'z yuritardi. Unisi dard-u o'rtanishlardan gapirsa, bunisi yaltiroq tashqi ko'rinishlar haqida valdirar edi. Shu tariqa ular bir-birlaridan hech bahra topmay, yo'lda davom etishardi. Ular qarshisida bir go'zal shahar namoyon bo’ldi. Hamrohlar uni g'animat bilib, tezda bir-birlaridan ajralib ketdilar. Muqbil faqirlar turadigun ko'chaga, Mudbir esa ko'ngilochar joylarga yo'l oldi. Mamlakat shohi Muqbilga yuz hurmat va ehtirom ko'rsatib, uni ko'rgani keldi. Shoh u bilan suhbatlashib turganida yomon xulqli Mudbirni bir guruh odamlar sudrab kelishdi va uning qilmishidan arz etishdi. Aytishlaricha, bu kecha bir to'da bezorilar ichib, aysh-u ishrat qurishibdi. Ulardan biri Mudbirga "Sen badbasharasan" degan ekan, shu so'zi uchun bu ablah o'sha odamga xanjar urib, halok qilibdi. Shoh buni eshitgach, odillik ko'rsatib, Mudbirdan qasos olish haqida hukm chiqardi. Kamtar kishi (Muqbil) ana shu tarzda shoh suhbatiga musharraf bo'lib, oliy martabaga erishdi. Xudbin (Mudbir) esa shu yanglig' jazosini topdi. Darhaqiqat, uchqun yuksak osmon sari ko'tariladi, yaltiroq chivin bo'lsa axlat ustida qoladi. (216ta so’z)
Ismingizni kim qo`yibdi, Oftob oyim ?! Ismingizday yuzingiz, ko`zingiz, so`zingiz issiq, nurli, haroratli. Oftob oyim, Siz bugun momosiz. Oppoq sochlaringiz oq ipakdir, ko`zlardagi mehr, mehnatkash qo`llardagi saxovat, bekalikdagi mahoratga ta`rif yo`q. Siz bir paytlar kelin bo`lgansiz. Sumbul sochlaringiz taqimini o`pib yelkalaringizga 31
sig`magan , o`smadan payvasta qoshlar parvozi, istarasi issiq bug`doyrang yuzlar, kulib turuvchi ko`zlar , ma`no mag`izli so`zlar sizniki bo`lgan. Bolalar, gul -u lolalar ortingizdan suq bilan qarayotgan oq gul qizil gullarni ko`rib, suyungansiz. Bag`ringiz to`lib , yolg`izligingiz ham bilinmagan-da , fahm- farosat sizda naqd edi. Andishani toj deb bilgansiz . Turmushda tog` bo`ldingiz , bor-u yo`qqa ko`ndingiz. Dilbandlarni oq yuvdingiz, halol pand-u qand berdingiz. Oftob oyim, siz muloyim begoyimsiz. Hamon farishtalisiz, kulsangiz dil yorishadi, yursangiz gul ochiladi. Gullaringiz g`unchaladi, chiroy ochdi. Gulga oshnosiz, do`stga tashnasiz. Mehr izlaysiz, asta so`zlaysiz. Jonga jonsiz, butun imkonsiz. Oftob oyim, siz davlatim, shifo savlatim, she`rim, nafosatimsiz. Keling , issiq yuzingizga yuzim bosay, hayot, taft olay, mehnatkash qo`lingiz o`pay, silab bir suyay , poyingizga sajdalar qilay, umrlar tilay. Bizni kutasiz, ilinasiz , sog`inasiz – yurak bisotingiz, boyligingizni. Mehrlisiz, mehr berasiz, mehrga talpinasiz. Uyg`oq yashaysiz, g`amlar kelsa ham, ularga qilich solasiz , haromga yo`liqsangiz hazar qilasiz . Siz borki , darvozalar ochiq , gul-u rayhonlar xandon, quyosh ham kular, uylar ham to`lar . Oftob oyim, siz kechirimli, bardoshli, jonsarak ona. Besh qiz- o`g`ilni yaratgan ona, ertaklar-u rivoyatlar yaratgan ona . Tong saharlab uyqudan turib, oydin baxt- u risq –ro`zlar so`ragan ona. Ismingizni so`rasalar, xosiyatli, insof- diyonatli, qalbingiz go`zal. Siz muhtaram, chin volidam, Makkatilloyimsiz, mening onam – Oftob oyimsiz.(200 so’z)
(Said Ahmadning ”Ufq” romanidagi Tursunboyga maktub) Qishloqning bir xonadonida “chiroq yoqildi”, ya`ni Jannat xola va Ikromjon tog`a o`g`il ko`rdilar. O`g`lining ismini Tursunboy atashdi. Samimiy odamlar xonadonida yoqilgan chiroq siz edingiz, Tursunboy! Siz yoshligingizdan ishyoqmas, dangasa, qo`rqoq bo`lib o`sdingiz. Qarang, katta yigit ham bo`lib qolibsiz. Afsuslar bo`lsinkim, Jahon urushi bo`lib qoldi. Sizni ham urushga chaqirtirishdi. Ota-onangiz ko`plar qatori yakka-yu yolg`izini Vatan himoyasiga yuborishdi. Ular “O`g`limiz jang qilib, xalqimni ozod, yurtimni obod qiladi” deb orzulagan edilar. Ammo, ammo.....Ota-ona orzusi havodek uchib ketdi. Orzulari og`zida qoldi. Siz urush qiyinchiliklariga dosh berolmay qochib ketdingiz, so’ngra qishloqning chetida, to’qayzorlarda berkinib yotdingiz. Buni onangizdan boshqa hech kim bilmas edi. Bechora Jannat xola....Har kuni o`y- xayoli, hayoti to`qayzorda bo’lib qoldi.Otangizdan berkitib ovqat olib kelar edi. Buni o’zgalar bilib qolishidan juda-juda qo’rqar edi. Sizga maktub bitmoqdaman-u, xayolimga quyidagi misralar kelaveradi. Jannat xola zorlanayotganga o’xshaydi nazarimda: Chakka o’tgan tomga o’xshayman, Ko’zimdan yomg’irlar to’kilar tinmay. 32
Bu yorug’ dunyoda bormi, bilmayman, O’z o’g’lim yo’liga intizor menday... (M.Yusuf)
Kunlar o’tdi... Onangiz xastalana boshladi, chunki uni vijdon azobi qiynar edi. Faqat sizni o’ylar edi. Kunlardan bir kuni ona sizga og’riyotganini aytdi, siz bu gapga parvo ham qilmadingiz. Qo’lidan ovqatni olib hayvonlarcha ovqat yeyar edingiz. Ha, siz faqat o’zingizni, qorningizni o’ylar edinginz. Siz to’qayzordasiz...Ana shunday kunlarning birida ko’chadan, tobut ko’tarib, yig’i bilan mahalla-ko’yingiz, qarindosh-urug’laringiz, padaringiz Ikromjon o’ta borar edi. Yuragingiz sezdi: tobut ichidagi sizning mushfiqqina onangiz Jannat xola edi. Yuragingizni g’am-alam bosdi, chunki shunda siz:”Endi menga kim ovqat olib keladi”, deya alam chekdingiz. O’shanda ham o’zingizni o’yladingiz. Onaizorga ozgina bo’lsa ham achinmadingiz-a!? Nahotki onangizni tuproqqa qo’yib kelishga ham yramagn bo’lsangiz? Yo’q! Sizni odam bolasi deya olmayman. Tursunboy! Bir umr vijdon azobida qiynalishingizni xayolingizga keltirdingizmi? Shu payt sizni haqoratlagim keldi. Yo’q! Yo’q! Unday demayman, chunki har bir qilayotgan ishimizning oxiratda javobi bor-ku axir!? Sizni yuraksiz, zabonsiz, dilsiz, bir quriyotgan daraxtga qiyoslayman, xolos.
Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling