Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISMOIL SOMONIY MAQBARASI
- 9-SINF HUSAYN VOIZ KOSHIFIY
- BAXT KALITI
KARVON QO`NG`IROG`I
Karvon qo`ng`irog`i jarangi. Bugun va o`tmish sadosi uyg`inlashadi: ...bir yonda yangi -yangi, keng, ravon ko`chalar, osmono`par zamonaviy binolar bilan sayqal topgan ulug` poytaxt –shahri azim, mustaqil yurt faxri Toshkent! O`zini anglamoqchi bo`lgan, avvalo, poytaxtni sevadi.
Bir yonda Asaka zavodi. O`zbekning yengil mashinalari. Nelarga qodir emas bu xalq. Kechagina “Senlar bittagina velosiped ham ishlab chiqara olmaysan,” degan g`animlarimiz ko`rsinlar buni.
Bir yonda Qamchiq dovoni. Yaxshilar yo`l quradi, ko`priklar bunyod etadi. “Savob ishni har kuni qil, har dam qil”. Sanasak, faxr etgulik muvaffaqiyat ko`p, ammo ular orasida eng muhimi hamma xalqqa, hamma elga suv-u havodek zarur ulug` ne`mat- Tinchlik bayrog`i bilan yangi asrning issiq, nurli quchog`iga talpinyapmiz.
“Insoniyat yangi XX asrga qadam qo`yganda bizning o`rnimiz qayerda va qanday bo`ladi?” “ Xon bo`lsang-da bog` yarat, gadoy bo`lsang bog` yarat- bir kunmas bir kun mevasini tatirsan”. Yangi ming yillikda O`zbekistondek bebaho bog`, gulshandiyor bilan kirib boryapmiz. Yangi dunyoga xarobalar emas, mana shunday ko`rkam bog`lar yaratib bergan xalqning to`ridan joy olishga haqqi bormi-yo`qmi? ”Yaxshi niyat- yarim davlat”. Bu so`zni mendek nir qalamkashning niyati deb qabul qilsangiz , murod hosil. Zero , yangi ostonada turgan, avvalo, yaxshi niyat qiladi. Qaysiki oila , qaysiki bino va qaysiki asr poydevori poklik asosida qurilar ekan, unda totuvlik, hamjihatlik, adolat va tinchlik barqaror bo`ladi.
33
Yangi mingyillik! Yangi asr! Men senga pok g`isht qo`yishni istayman. Karvon qo`ng`irog`i eshitilyapti. Hayajonli tarixiy damlar. Yana ming yillardan so`ng shunday hayajonli daqiqalarda avlodlarimizning yangi dunyoni pok kutib olishlarini istayman.(193)
“Ilm-fanni egallash har bir muslima va muslimga farzdir”. Bu da’vat Buxoro shahridagi madrasa eshigining yuqori qismida o’yib bitilgan. Buxoro O’rta Osiyoning ko’hna shaharlaridan. Bu o’lkani va unda qad ko’targan dastlabki shaharni aholi qadimda ”Bug’ora”, ya’ni ”tangri jamoli” deb yuritishgan. Buxoro ko’p asrlar davomida O’rta Osiyoning asosiy shahri bo’lib keldi. Bu esa arxitektura yodgorliklarining nihoyatda ko’payib ketishiga sabab bo’ldi. Hozir shaharni ”muzey shahar” desa arziydi. Bu nomga butun manzaralari saqlangan holda o’sib borayotgan qurilishlar, inshootlar juda mos keladi. Buxoro tarixiy obidalarga juda boy. Bu obidalardan biri Ismoil Somoniy maqbarasi hisoblanadi. Ismoil Somoniy 849-yilda Farg’ona shahrida tavallud topgan. 14 yoshida otasi vafot etib, akasi Nasr qo’lida qolgan. Ismoil Somoniy o’z hokimligining (874-907) dastlabki davrlarida katta qiyinchilikka duch keladi. Ismoil Somoniy o’z davrining yirik va aqlli davlat arboblaridan bo’lgan. U asosiy diqqat- e’tiborini o’z davri uchun ilg’or hisoblanmish markazlashgan davlat tizimini joriy etishga qaratdi. Ismoil Somoniy shunday bir qudratli markazlashgan davlat barpo qiladiki, bu davlat o’sha vaqtda Sharqda shuhrat topadi. Ismoil Somoniy aqlli, adolatli, shafqatli, fikr va tadbir egasi bo’lgan. U 907-yilda vafot etadi. Taxtga o’g’li Ahmad(907-914) o’tiradi.
Ismoil Somoniy maqbarasi Somoniylar nomli madaniyat va istirohat bog’ida joylashgan. Maqbaraning ichki va tashqi devorlari jimjimador tiniq g’ishtdan qurilgan. O’sha vaqtlarda koshin bo’lmagani uchun bino shunday usul bilan bezatilgan. Ustalar kvadrat shakldagi g’ishtlarni har xil usulda terib, devorni badiiy jihatdan juda chiroyli qilib bezatganlar. Bu o’ziga xos naqsh maqbaraning tekis devorini juda nafis qilgan. Ertadan kechgacha quyosh og’ishgan sari maqbaraning g’isht bezaklari ham har xil tusga kirib tovlanadi. Oy yorug’ida , ayniqsa, chiroyli bo’ladi. Jahon arxitekturasida bu usulda bezatilgan birorta boshqa tarixiy yodgorlik yo’q. Shuning uchun ham maqbara jahon ahamiyatiga egadir. Agar bu maqbaraga har tomonlama qaraganda 7 xil tovlanadi. Maqbaraning to’rt tomoni bir xilda. Maqbaraning yuqori qismida binoning bir tomondan ikkinchi tomoniga o’tgan qirq darchali yo’lak mavjud. Bu yo’lak yodgorlikning chiroyini biroz ochadi va uning vazmin gumbazini yengillashtiradi.
34
Maqbara kvadrat shakldagi pishiq g’ishtdan qurilgan. Devorlari tekis bo’lib, to’rt tomondan bittadan ravoqli eshigi bor. Yog’och xariga maqbaraning qurilgan vaqti va boshqa yozuvlar yozilgan, sharq tomoni binoning old tomoni hisoblanadi. Maqbara atrofiga g’ishtdan maydoncha qurilgan. Hozir bu yerga sayohatchilar tez- tez kelib turadi. Ismoil Somoniy maqbarasini vatanimizdan tashqari joylarda ham yaxshi biladilar. Maqbara kub shaklida bo’lib, yarimsharsimon qubba bilan yopilgan. Burchaklarda to’rtta kichkina qubba bor. Devori qalin bo’lganligi tufayli bu yodgorlik ming yildan beri yaxshi saqlanib kelinadi. Ismoil Somoniy maqbarasi har tomonlama o’z davrining manfaatlari va ruhini aks ettiradi. Yozma manbalar va xalq rivoyatlariga qaraganda, bu yodgorlik Somoniylar sulolasi Ismoli Somoniyning o’zi hayot bo’lganda otasining qabri ustiga qurilgan. Keyinchalik o’zi ham shu yerga dafn etilgan. Bu yodgorlik 892 va 907-yillarda qurilgan deb taxmin qilinadi. (339 so’z)
HUSAYN VOIZ KOSHIFIY Husayn Voizning eng asosiy fazilati, uning ilm egasi ekanligidir. U juda ko’p fanlarni egallagan va ularning har birida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borgan mashhur olimlardan biridir. Husayn Koshifiy notiq sifatida o’z zamonasining mashhur notiqlaridan bo’lgan. Uning nutqini eshitish uchun shaharning turli tomonlaridan yig’ilishar, tinglovchilar soni shuqadar ko’payib ketishi natijasida orqada turganlarga notiqning ovozi yetib kelolmasa ham, uning ichki ruhiy holatini turli holatlar orqali ifodalanishini kuzatar ekanlar. Bu haqda Voizning o’g’li Faxriddin Ali Safiy o’zining "Latoyifut- tavoif” nomli asarida ta’kidlanishicha, otasi masjidi jome’da nutq so’zlayotgan ekan, odam shunchalik ko’p ekanki, majlisga kelayotgan o’sha davrning mashhur so’z ustalaridan Mavlono Sayid G’iyosiddin tasodifan o’sha yerdan o’tib qolib majlis ahliga mahliyo bo’lib, o’zi qatnashish uchun ketayotgan majlisdga kech qoladi. Ittifoqo shu majlisda Abdurahmon Jomiy ishtirok etayotgan bo’ladi. Sayid G’iyosiddin kirib kelishi bilan undan so’raydi. Nechun kechikdingiz, Mavlono G’iyosiddin? -Meni ma'zur tuting, ustod, -dedi G’iyosiddin, - kelayotgan edim, masjidi jome`da Husayn Voiz nutq so’zlayotgan ekan, shunga mahliyo bo’lib qolibman. -Xo’sh, qanday yangilik eshitdingiz? -Hech qanday, -deydi G’iyosiddin. -Sabab? -Sababi shuki,-dedi gunohkor,-odam juda ko’p ekan. Olomon meni turtib bir chetga chiqarib yubordi. Men shunchalik uzoq masofada edimki, uning ba'zi-ba'zi so’zlari zo’rg’a qulog’imga chalindi. Unday bo’lsa nima qilib o’tirdingiz? Qarab o’tirdim,-dedi G’iyosiddin, -Husayn Voiz shunday nutq so’zlayotgan ediki, gaplarini eshitmasam ham uning mahoratiga mahliyo bo’lib, nutqining oxirigacha qarab o’tirdim. O’z zamonasining ulkan so’z san'atkori Husayn Voiz Koshifiyning yuksak mahoratiga hatto Alisher Navoiy va Sulton Husayn Boyqarolar ham qoyil 35
qolib tan berganlar, hatto o’z asarlarini rasmiy ijro etish lozim bo’lganda bunday ishga Husayn Voizni munosib ko’rganlar. Alisher Navoiy tomonidan Husayn Voizga bildirgan ana shu ishonchning o’ziyoq mamlakatda, ayniqsa, voizlar o’rtasida katta ishonch va hurmatga sazovor ekanligidan dalolat beradi. Husayn Voiz notiq sifatida shuqadar hurmatga sazovor bo’lganki, buning asosiy sabablaridan biri, uning ovozining shiraligi, ohangi, ichki ruhiy holatini turli harakatlar bilan ifoda qila bilishida bo’lgan. Shuning uchun bo’lsa kerak, doimo har yerga taklif etishavergan, shuning natijasida bir aniq jadval bilan ishlashga majbur bo’lgan. Xondamirning aytishiga qaraganda, u juma kuni ertalab Hirotning markaziy Chorsusida joylashgan shoh nomozgohida va'z aytgan. Shu kun peshindan keyin Alisher Navoiyning masjidida, seshanba kuni Sulton Husaynning madrasasi, chorshanba kuni pir Mujarrat Xoja Abdul Valid Ahmad mozori boshida, payshanba kuni Sulton Ahmad Mirzo mozori boshida nutq so’zlagan. Bularning barchasi notiqning har tomonlama bilimdonligidan va jahonning baland pastini yaxshi bilganligi uning nutqining sermazmun bo’lishini ta'minlagan omillardan biridir. (402)
Bir savdogar o’g’lini eng katta donishmandning huzuriga baxtning kaliti — sirini bilib kelish uchun jo’natipti. Yigit sahroda qirq kun yo’l yuripti va nihoyat, ulkan tog’ning tepasida haddan ziyod muhtasham bir qasrni ko’ripti. U qidirgan donishmand shu qasrda yashar ekan. Kutganiga zid o’laroq qasr avliyo odamning xilvat go’shasiga o’xshamasdi. Uning ichi odamga to’la edi: savdogarlar mollarini maqtab har tomon yugurishar, burchak-burchaklarda odamlar to’p-to’p bo’lib gurunglashar, sozandalarning kichik bir dastasi qandaydir nafis kuyni ijro etar, zalning o’rtasida esa kattakon stol, uning ustiga dasturxon tuzalgan, dasturxon esa bu yurtning eng noyob va tansiq taomlari, bag’oyat xushta'm noz-ne'matlariga to’la edi. Donishmand shoshmasdan mehmonlar bilan birma-bir ko’rishib chiqdi. Yigit navbati kelishini ikki soatcha kutib qoldi. Nihoyat, donishmand yigitning nima maqsadda kelganini bildi, lekin hozir unga baxtning kaliti — siri nimada ekanini tushuntirib berishga vaqti yo’q ekanini aytdi. Donishmand yigitga chiqib qasrni tomosha qilishni va ikki soatlardan keyin bu yerga — zalga qaytib kelishni buyurdi. «Sendan yana bir iltimosim bor, — dedi u yigitga ichiga ikki tomchi yog’ solingan choy qoshig’ini uzatib. — Bu qoshiqni o’zing bilan olib yur, faqat ehtiyot bo’l, ichidagi yog’i to’kilib ketmasin». Yigit qoshiqdan ko’zini uzmagan holda qasrni aylandi, uning zinalaridan tepaga ko’tarildi, pastga tushdi va, nihoyat, ikki soat o’tgach, Donishmandning ro’parasida yana namoyon bo’ldi. «Xo’sh, qalay, — deb so’z qotdi donishmand. — Koshonadagi fors gilamfari senga manzur bo’ldimi? Benihoya mirishkor bog’bonlar o’n yiidan beri ko’zining oq-u qorasidek avaylab parvarish qilayotgan bog’dagi gullar va daraxtlar yoqdi- mi? Kutubxonadagi qadimiy kitoblar va nodir qo’lyozmalar-chi?» 36
Xijolatdan qizarib ketgan yigit bularning hech qaysisini ko’rmaganini tan oldi, negaki, uning butun diqqat-e'tibori donishmand unga ishonib topshirgan ikki tomchi yog’da bo’lgan ekan. «Bor, orqangga qayt, mening uyimdagi hamma mo’jizalarni ko’rib kel, — depti donishmand. — Odam qayer-da va qanday yashashini bilmay turib, unga ishonib bo’lmaydi». Qo’lida qoshiqcha bilan yigit yana zallar va yo’laklar bo’ylab aylana boshlapti. Bu gal u o’zini ancha erkin his qilib-di va xonalarni bezab turgan hamma noyob va g’aroyib narsalarni ko’ripti. U bog’lami va qasr tevaragidagi tog’larni tomosha qilibdi, gullar jozibasidan va mohirlik bilan joylashtirilgan haykallar-u rasmlardan bahra olipti. donishmandning huzuriga qaytib kelib, ko’rgan narsalarining ham- masini birma-bir sanab beribdi. «Men senga qoshiqchada olib borib, to’kmay qaytarib olib kel, deb bergan yog’ qani?» — deb so’rabdi donishmand. Shu choq yigit qarasa-ki, yog’ to’kilib ketgan ekan. «Senga berishim mumkin bo’lgan birdan-bir maslahatim ham shu, — depti donolar donosi. — Baxtning kaliti — siri ana shunda: bu dunyoni bezab turgan, unga joziba, ajiblik ato etib turgan nimaiki bo’lsa, hammasini ko’ra bilmoq kerak va ayni choqda o’sha choy qoshiqdagi ikki tomchi yog’ni ham zinhor-bazinhor unutmaslik zarur». (403ta so’z) Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling