Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

AMIR TEMUR 
 
Amir Temur 1336 - yilning 8 - aprelida Kesh (Shahrisabz) viloyatining 
Xo‘jailg‘or qishlog‘ida tug‘ildi. U yoshligida xat- savod chiqarib, tibbiyot, 
riyoziyot, falakiyot, tarix ilmi va me’morchilikni o‘rgandi. 


27 
Amir Temurni yaqindan bilgan arab faylasufi Ibn Xaldun jahongirning turk, 
arab, fors xalqlarining tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarni mukammal 
o‘zlashtirganini ta’kidlaydi. 
Amir Temurning hayoti va faoliyatini ikki davrga bo‘lish mumkin: 
birinchi davr (1360 - 1385) -Movarounnahrning mug‘ul istilosidan ozod 
qilinib, yagona markazlashgan davlat tuzilishi, o‘zaro urushlar barham topishi; 
ikkincni davr (1386 – 1405) esa boshqa mamlakatlarga ikki yillik, uch yillik, 
to‘rt yillik deb ataluvchi yurishlardan iborat. 
Atoqli nemis olimi M. Beberning yozishicha, “Amir Temur o‘z 
dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va 
qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi”. 
Amir Temur ilm–fan, ma’naviyat ahliga alohida e’tibor, mehribonlik 
ko‘rsatgan. U davlat, jamiyat oldida turgan har bir muhim masala yuzasidan 
kengash chaqirar va bu kengashga nafaqat davlat arboblari, sarkardalar, 
temuriyzodalarni, balki sayyidlar, shayxlar, ilm - fan arboblarini ham taklif etar 
edi. 
Sohibqiron bu haqda o‘z qo‘li bilan bitgan, muhim tarixiy manba sanalgan 
“Tuzuklari”da bayon etgan. 
Mustaqillik davrida tarixni xolisona o‘rganish, buyuk ajdodlar ruhini yod 
etish yaxshi an’anaga aylandi. Xususan, Amir Temur nomini tiklash borasida katta 
ishlar qilindi. 1996- yilning Vatanimizda Amir Temur yili deb e’lon qilingani, 
Amir Temur ordeni ta’sis etilgani fikrimizning yorqin dalilidir. 
(214ta so’z) 
 
 
 
QALB GO`ZALLIGI - INSON ZIYNATI 
Odamzod hamisha go`zallika intilib yashaydi. Afsuski, bunda tashqi ko`rk- 
tarovat, husn- malohatning hamisha qo`li ustun. Ma`naviy pokdomonlik, qalb 
go`zalligi ko`pincha e`tibordan chetda qolib, o`z bahosini topavermaydi. Vaqt 
o`tishi bilan yuz- ko`zdagi o`t- olov o`rnini son- sanoqsiz ajinlar egallaydi, adl 
qomat esa kamondan to`n kiyadi. 
Botiniy malohat esa aksincha. Xuddi sharshara ostidagi gavharmijos yillar 
davomida sayqallashadi, yangi- yangi qirralari ochiladi, tobora tiniqlasib, ruhiy 
kamolot sari ko`tariladi. 
Biroq, inson inson-da, o`tkincha dunyoga aldangani yetmaganiday, ko`zga tez 
tashlanuvchi ”yulduz”larga umid bog`laydi va tong yorishib quyosh borliq uzra 
zamin nurlarini sochgandagina qalbida son- sanoqsiz armonlar ila adashganini 
anglab yetadi. Kunning haqligini, kunduzi barcha barobarligini tusunaveradi. Bor 
hikmat shundaki, uning qudratini tundayoq his etmoqqa qodir tafakkur kerak.
Insoniyat yaralganidan buyon davom etib kelayotgan surunkali ofatlardan biri 
bu komil inson qadr-qimmatini vaqtida baholay olmaslik, qadriga yetmaslik, iliq 
nafasiga quloq tutmay, g`animat damlarni g`aflatda, razolat va jaholat iskanchasida 
o`tkazmoqlikdir. Biroq, bu ham hayotning oxiri emas. Hamma balo poklikni inkor 


28 
etish bilan nopoklar yo`liga poyandoz to’shalishidadir. Goho hayratdan yoqa 
ushlaysan: nahotki, ezgulikning peshonasi bu qadar sho`r bo`lsa, oqillikning puch 
yong`oqchalik qadri sezilmasa, yaxshiliar jazo topsa, yomonlar sarbaland yursa? 
Yo`q, bunchalik emas. Axir, inson uchun dil farog`atidan ortiq ne`mat bormi? 
Nega gunohlarimizdan pushaymon bo`lish, istig`for aytish , tavba- tazarru qilish, 
oxiratni o`ylash o`rniga oxirgi nafasga qadar moddiy boylik, mol- dunyo uchun 
o`zimizni o`tdan cho`qqa uramiz, dil oynasini xiralashtiramiz. Hol buki, bu 
dunyoda chinakam qayg`urishga arziydigan bitta yo`qotish bor, u ham bo`lsa 
imondan ayrilmoqdir.(177) 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling