Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami
KAMOLIDDIN BEHZOD
Kamoliddin Behzod - buyuk o‘zbek musavviri. U 1455- yilda Hirotda kambag‘al hunarmand oilasida tug‘ilib, yoshligida yetim qolgan. Behzodning musavvirlikdagi iste'dodini payqagan Mirak naqqosh uni o‘z tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni naqqosh Pir Said Ahmad Tabriziydan o‘rgandi. Musavvirlardan Shoh Muzaffar, Qosim Ali, Mavlono Hakim Muhammad kabi Behzod ham Alisher Navoiyning rahnamoligidan bahramand bo‘lgan. Ijodi 1470 - yillarda boshlangan. Alisher Navoiy va Sulton Husaynning vafotidan so‘ng Hirotni Shayboniyxon, 1512 - yilda esa Eron shohi Ismoil I bosib oldi. Ko‘p san'atkorlar Hirotdan chiqib ketdi. 1520- yillarning boshida shoh Ismoil I Behzodni Tabrizga chaqirtirib, katta imtiyoz berdi. Shoh Ismoil I dan keyin uning o‘g‘li Tahmos taxtga chiqdi. Behzod Taxmosga musavvirlikni o‘rgatadi. Lekin shoh Behzodning san’atini qadrlamaydi. Rassom ona yurti Hirotga qaytadi. Shayx Sa’diyningg “Bo‘ston”iga ishlangan miniaturalari (1478) musavvirning ilk asarlaridir. 1488 - yilda Sulton Husayn buyurtmasi bilan u 4 ta miniatura ishlagan. Behzod asarida hayot manzaralarini jo‘shqin tasvirlaydi. Turli ranglar bir – biriga mos, asarlaridagi shaxslar harakatchan, tabiatan jonli. Ilk asarlaridayoq Behzod mohir manzarachi rassom sifatida ko‘zga tashlanadi. Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”, “Layli va Majnun”, Xisrav Dehlaviyning “Majnun va Layli” asariga ishlangan miniaturalari butun dunyoga mashhur. Behzod ijodi o‘z davridayoq rassomchilik maktabi bo‘lib qolgan. Darvesh Muhammad, Maqsud Muzahhib kabi rassomlar uning maktabida ta’lim olganlar. Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod 1535 - yilda Hirotda vafot etgan. (207ta so’z) YAXSHI SO’Z -MUXTASAR Bir donishmanddan shogirdlari: -Nima qilsak tinch va rohatda umr kechiramiz?- deb so’radilar. 23 Donishmand: -Hech qayerda hech kimga birorta so`z so`zlamang, sukut eting ,-deb javob berdi. Shunda shogirdlari: -Axir,doim sukut etib yuraveramizmi, bu mumkinmi? Boshqacha yo`l ko`rsating!-dedilar. Donishmand maslahat berdi: -Sukut eta olmasangiz, so`zlang , lekin qisqa va ma`noli so`zlang , og`zingizdan sira nojo`ya so`z chiqmasin. Yomon so`z tinglovchining so`zini xira qiladi, bundan saqlaning. Bayt: Yaxshi so`zdan ko`rasan mehr-u vafo, Nomunosib so`zlasang, yetkay jafo. Ha, til bo`lsa ham, bo`lmasa ham - boshga balo. Shuning uchun donishmandlar so`zni doriga o`xshatadilar. ”Ortiqchasi zarar keltiradi,”- deydilar. Bu fikrni ulug` bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib o`zining ”Qutadg`u bilig” nomli ilk turkiy badiiy asarida shunday bayon etgan: Tilingni avayla – omondir boshing, So`ziningni avayla – uzayar yoshining. Kishi so`z tufayli bo`ladi malik, Ortiq so`z qiladi va boshni egik. Bu fikrlar bundan o`n asr ilgari aytilgan. Shundan buyon bu mavzuda yana qanchadan- qancha durdona fikrlar dunyoga keldi, ammo odamlarning SO`Zga bo`lgan munosabati hamon turligicha qolmoqda. Buning boisini XX asr shoiri Tolib Yo`ldosh shunday izohlaydi: Bir so`z bilan har kishi O`zligini ko`rsatar, So`z gavharin ko`pincha Dono olar, ko`r sotar. Afsuski, o`zlarining bo`lar- bo`lmas gaplari, mahmadonaliklar bilan kishilarning asabiga tegadigan va, eng muhim, ularning sog`lig`ini, qimmatli vaqtlarini og`irlaydiganlar hali ham kam emas. Duch kelgan kishiga qalbini ochiq maktubday yoyib yuradigan bunday kimsalrga ko`cha-ko`yda ham, oshxona va majlislarda ham, bazm –u jamshidlarda ham tez-tez duch kelib turamiz. Alisher Navoiy bunday kishilarni kechalar tong otguncha tinmay huradigan itga o`xshatadi va davom etib yozadi: “O`z gapirmoq hikmatga sabab. Og`ziga kelganni demoq- nodonning ishi va oldiha kelganni yemoq- hayvonning ishi “ Bayt: Ko`p demak birla bo`lmagil nodon, Ko`p yemak birla bo’lmagil hayvon. Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so`zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim. (181) Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling