Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

 
SABR-QANOAT HAQIDA 
 
Sabr-qanoat insonlar uchun buyuk bir fazilat. Inson har bir ishni sabr va 
qanoat bilan olib borsa, maqsadiga erishadi. Tinch va rohatda yashashni istagan 
kishi har ishda oshiqmay ohista harakat qiladi, nafsini falokatdan, g’ururdan 
saqlaydi. Sabr boshimizga kelgan balo va qazolarga chidamli bo’lishimizni talab 
etadi, shuning uchun ham, birinchidan, har bir ishda sabr bilan harakat qilish 
lozim. Islom dinida sabr yuksak fazilatlardan biri bo’lib, mo’min-musulmon 
kishining ruhiy tayanchi va hidoyatga boshlovchi omildir. Sabr haqida “Qur’oni 
Karim” da yetmish marotaba zikr qilingani ham bejiz emas. Boshqa hech qaysi 
fazilat bu miqdorda zikr etilmagan. Shuning uchun ham “Qur’oni Karim” ning 
“Anfol” surasining 46-oyatida “Sabr-toqat qilingiz! Alloh sabr qiluvchilar bilan 
birgadur”,-deyilgan.
“Qur’on” sabrli kishilarda uch xislat borligini, bu xislatlar ulardan 
boshqalarda bo’lmasligini aytadi.
Birinchisi, ularga Allohning mag’firati bo’ladi. Bu ular uchun maqtov 
bo’lib, bu dunyoda ham, u dunyoda ham sharafdir. 
Ikkinchisi, Allohning rahmati. Musibat uchun Alloh lutf va ehson qiladi.
Uchinchisi, ular hidoyatda yurgan kishilar hisoblanadi. Haq va to’g’ri yo’lda 
ekanliklari uchun musibat chog’ida o’zini qanday tutish kerak bo’lsa, shunday 
tutganliklari bois, ularga xafagarchilik va dard-u hasrat o’z hukmini o’tkaza 
olmasligi ta’kidlanadi.
Sabr-toqatli kishi har bir ishda diyonatli, adolatli bo’ladi. U boshqalarning 
kamchiligidan kulmaydi, aksincha, unga yaqindan yordam beradi. Sabr-qanoatli 
odamda atrofdagilarga huzur bag’ishlaydigan odatlar paydo bo’ladi. Sabr-toqat 
qanchalik og’ir bo’lmasin, keyinroq shodlik keltiradi. Shu bois, sabr bilan zafar 
bir-biriga qadimdan do’st bo’lib kelmoqda. (165 so’z) 
 
 
ZULFIYAXONIM 
Dunyo qadim-qadimdan sharq ayoli, turkiy ayollarni yaxshi tanigan. 
Tarixning barcha bosqichlarida ular dunyoga o’zining borligini goh mardlik
jasorat bilan, goh tadbir-u oqilalik bilan, goh she’riyat bilan bildirib, tanitib, tan 
oldirib kelganlar. Ana shu zotlardan biri Zulfiyaxonim bo’lib, u el muhabbatiga, 
ayollar ishonchiga tasodifiy bir holatda muyassar bo’lgan emas. Opaning huzuriga 


20 
olis qishloqlardan yuzlari quyoshda qorayib ketgan, ajinlari bolalagan ayollar 
qo’llarida go’dagi bilan madad so’rab kelardi. Ustoz ularning boshini silar edi, 
yupatar edi. 
”Sakson yil lovullab, so’nmagan o’tman” deydi Zulfiyaxonim she’rlarining 
birida. 
Men dengizning labida turdim, 
Dengiz to’lib chayqaldi yurak. 
Xalqning og’riqlariga, quvonchlariga joni bilan tutashmagan shoira bunday 
yoza olamaydi. 
Biz shoiraning ovozlarini, chiroyli qarashlarini, issiq qo’llarini sog’ingan 
edik. Ular xonaga kirganda bir qalqib tushib, o’zimizni o’nglab olar edik. 
Balki, Prezidentimiz Farmoni bilan adabiyotimizga kirib kelayotgan yangi 
Zulfiya qizlarining kuchli ovozlari bu sog’inchimizni bosar. Balki, ustozni ko’rgan 
ko’zlarimiz bilan bir-birlarimizga termulib, bu sog’inchga malham toparmiz. Nima 
bo’lganda ham biz: Bu bog’lar bir bog’lar bo’ladi hali” degan taskin bilan 
yashaymiz. 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling