Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

ULUG‘BEK 
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek 1394-yilning 22-martida tug‘iladi. U yoshlik 
vaqtlaridayoq bobosi Amir Temur bilan juda ko‘p yurishlarda qatnashadi, ko‘p 
mamlakat va shaharlarni ko‘radi. Temur vafotidan keyin hokimiyat Ulug‘bekning 
otasi Shohruh qo‘liga o‘tadi. Shohruh Xurosonda o‘zi hukmronlik qilib, 
Mavoraunnahrni o‘g‘li Ulug‘bekka topshiradi. Bu vaqtda Ulug‘bek 15 yoshda edi. 
Ulug‘bek 1417-1420 - yillar mobaynida ajoyib madrasa qurdiradi. Bu madrasa 
tarixda Ulug‘bek nomi bilan yuritiladi. U keyinchalik Samarqandda rasadxona 
ham qurdiradi. 
O‘rta asr fanining rivojida ulug‘ astronom Ulug‘bekning xizmatlari katta. 
Ulug‘bek yaratgan ilmiy ishlarning eng yirigi uning yulduz va sayyoralar 
harakatiga bag‘ishlangan «Astronomik jadval»i hisoblanadi. 
Ulug‘bekning yulduzlar haqidagi asari 1665-yili Oksfordda, 1853-yili Parijda, 
1917-yili Amerikada, 1943 - yili Londonda tarjima qilinadi va bosilib chiqadi. 
Buyuk olim Ulug‘bekka Xo‘ja Ahror boshliq reaksion guruhlar qarshi chiqa 
boshlaydilar. Ularning tashviqoti bilan o‘g‘li Abdulatif 1449- yili otasini qatl 
qilishga farmon beradi. Qora guruhlar tomonidan buyuk olim Ulug‘bek o‘ldirilsa-
da, uning nomi, o‘lmas ishlari butun dunyoda abadiy yashaydi. (157ta so’z) 
BOBUR 
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek mumtoz adabiyotida Navoiydan keyin
eng katta meros qoldirgan shoir sifatida tan olinadi. 
Shoir, davlat arbobi, shoh, sarkarda Bobur 1483- yilda Andijonda dunyoga
keldi. Otasi Umar shayx mirzo vafotidan keyin 12 yoshida Bobur Andijon taxtiga 
chiqadi. 
Bobur juda mazmunli va ayni paytda og‘ir hayot kechiradi. Taqdir taqozosi 
bilan Hindistonga borib, u yerda ulkan davlat qurdi. 
Bobur she’riyatida ona yurtga muhabbat mavzusi yetakchi o‘rin tutadi. 
Shuningdek, u chin insoniy fazilatlarni ulug‘laydi. Sevgi, oliyjanoblik, sadoqat 
kabi tuyg‘ularni tarannum etadi. 
Bobur o‘zbek adabiyotida birinchi memuar asar yozgan adib hamdir. 
“Boburnoma”da muallif o‘z ko‘rgan- kechirganlarini haqqoniy aks ettiradi. 
Bobur kishilarni ma’rifatli qilish orzusi bilan yashagan, u “Xatti Boburiy” 
nomli yozuvni ham ishlab chiqqan.


19 
Bobur ijodida g‘azal, ruboiy, tuyuq, fard, chiston kabi janrlarni ko‘rish 
mumkin. Bobur she’riyatining tili sodda, xalqchilligi bilan diqqatga sazovor. 
Shoh va sarkarda, buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi 
xalqimizni ezgulikka, ilm - ma’rifatga chorlaydi: 
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak
O‘rgangani ilm tolibi ilm kerak, 
Men tolibi ilm-u, tolibi ilme yo‘q, 
Men bormen ilm tolibi, ilm kerak. (170ta so’z) 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling