Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-SINF SHE’RIYATNING CHO’G’I
YAXSHIDAN BOG’ QOLADI. Ko`klam kunlarining birida Sulton Husayn saroyda yolg`iz o`tiraverib zerikib ketibdi-da, do`sti Mir Alisherdan xabar olgani yo`l olibdi. Mir Alisher yeng shimarib bog`da ishlayotgan ekan. Buni ko`rgan Sulton Husayn otidan tushib, do`sti bilan so`rashgach: - Hormang, do`stim! Nega shoirlar majlisida ko`rinmay qo`ldingiz desam, bog`bonlikni kasb qilibsiz-da! – debdi. Mir Alisher ham belbog`i bilan peshonasidagi terni artar ekan: -Ko`klam kelsa ko`chat ek, gul ek, degan ekan keksalar. Shu bog`dagi olmalarni, olchalarni qo`porib tashlab, o`rniga uch-to`rt tup yong`oq ekyapman, - deb javob beribdi. - Ey do`stm-ey, qarigan chog`ingizda bog` qilishni sizga nima keragi bor, axir? Bu yong`oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon mevasidan yeysiz? -Do`stim, yaxshidan bog` qoladi, degan naqlni eshitganmisiz ? Men bu ko`chatlarni o`zim uchun emas, ko`cha changitib yurgan bolakaylar, balkim ularning ham bolalari uchun ekyapman. Bir kun kelib, shu ko`chatlarning har biri azim daraxt bo`ladi, hosil beradi, odamlar uning mevasidan totib ko`rishganda: “Bu bog` Mir Alisherdan qolgan!” deyishsa, shuning o`zi menga har qanday ne’matlardan lazzatliroqdur, deb javob beribdi. 7-SINF SHE’RIYATNING CHO’G’I 21 Mirtemirning she’riyati adirlar, qirlar, uvalar, dalalar, bog’larning manzaralari bilan to’liq bir she’riyat. Chunki uning tug’ilgan joyi Turkistondagi Qoratog’ etaklari-ko’klam toshqinlaridangina lablarini ho’llab olguvchi soylar, qizg’ish qirlar va cheksiz sayxonlar, onda-sonda bir uchraydigan muzbuloqlar toshqinlaridan paydo bo’lgan ko’llar yurti... Mirtemir tabiati mana shunchalar rangdor yurtda 1910-yilning yoz oylarida dunyoga keldi. Mirtemirni olam va borliq – tabiat kitobini o’qishga onasi o’rgatdi. Uning go’dak hislarini oliyjanob bir izga soldi. Yuragiga go’zallikdan bahra olish tuyg’usini quydi. So’zning ta’mi, totidan zavq ola bilishdek noyob bir san’atga qalbida muhabbat va qiziqish uyg’otdi. Mirtemirning onasi so’zga g’oyat chechan, zukko, kayvoni onalardan edi. U kishi hamma so’zlarga maqol bilan rang va ma’no berib so’zlar ekanlar. She’riyat cho’g’ini o’g’il yuragiga solgan mehribon ona siymosi shoirning butun ijodida ezgulikning porloq bir ramzidek gavdalanib turadi. ”...Hovlimizda bir tup jiyda bo’lardi- quchoq yetmas, nuqra yaproq, bobomning bobosini ko’rgan non jiyda ... Onamning hamisha shu jiyda tagida bir nima tikib yoki yamab, un qorib yoki xamir kesib o’tirgani hamon ko’z o’ngimda. Agar men biror sho’xlik qilsam, shu jiyda tagida turib, qo’lini yanar edi. Agar biror xush yumush qilsam, shu jiyda tagida olqish olar edim. Ayniqsa, gullaganda, yopiray, buning hidi... hech gulda bunaqangi hid bo’lmas, pishganda-chi!? Hovli yuzi yaltiroq yoqut donlarga to’lib ketar edi. Ta’mi-chi? Nonday to’q. Shirin, shifoli. Onam xalta-xalta qoqilar olar edi yoz bo’yi. Men hovlimga bordim, bolaligimda ko’rganimdan yolg’iz shu uyda qolibdi- tarvaqay, g’adir. Chiyroq qadimgidek. Men jiyda yoniga kelib tiz cho’kdim va g’odir po’stloqlariga peshonamni qo’yib pichirlardim: ”Onajon...” Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling