Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

TEMUR BOBOGA MUROJAAT 
Tun yozib yubordi qora zulfini, majnuntol belanchakni tebrab ohista, 
qurbaqa-yu chigirtkalar boshlaydi alla. Parquv bulutlar boshini qo’yib, nihol 
uxlayotir shirin, beozor. Go’zal kanizaklar-hadsiz yulduzlar tegrasida qurishar 
davra. Sokinlik ko’rpasin yopinib olib, mizg’iyotir Zamin tinch va osuda...Faqat 
mening bezovta qalbim uyqu to’rlariga ilinmaydi hech. Ichki tug’yonlarim 
bo’g’zimdan toshib, Sizga xat bitmoqqa tutaman qalam. Siyohimning rangi 
etmasin hayron, siyohdonga dilim qonin ezg’ilab to’kdim. 
Dil so’zlaring ne deysizmi? Eshiting, bobo! 


25 
Siz tiklagan Turonzamin halihanuz turadur, og’a-ini turkiyingiz bir-birini 
suyadur. Biri o’zbek, biri tojik, biri qirg’iz, turkmandir, bir-biriga xuddi tog’a, 
og’a-ini, singildir. 
Bobojonim, axir ayting, orzungiz shu emasmi, tomirimda oqayotgan turkiy 
degan qonmasmi? Siz yaratgan ko’hna bino, qarang, qanday ko'rkamdir. Bir-biriga 
do’stlasharkan o’g’ kelajagi gullab, yashaydi obod. 
Qaytib keldi elga insof, vijdon hamda e’tiqod, go’yo qora zulmat ichra 
balqib chiqdi nur, oftob. Erlarida mardlik mo’l-ko’l, ayolida nazokat, farzandlari 
bari baxtli, yurtda ko’pdir halovat. Tinglang, bobo. O’g’lonlari yurtim deya 
uyg’onsin, qalbimda erk ataluvchi o’chmas olovlar yonsin, yog’iylarning ko’zi 
chiqib, soqolini silasin, fido bo’lay, jonim bobo, qo’llab turing o’zingiz. Ijobat 
bo’lur, bilaman, sizning har duoyingiz.
...Vaqt oxirlab qolibdi, qalamim ham tolibdi. Otayotgan tong misol yorug’ 
bo’lsin kelajak, pok ruhingiz qo’llasin farzandingiz kutajak. (184 so’z) 
ENG YAXSHI DORI 
Shunday xastalar bo`ladiki, ularni faqat so`z bilan davolamoq zarur. Abu Ali 
ibn Sinoning fikriga qaraganda, bemorni dori-darmon bilan birga so`z bilan 
davolagan ham afzal, chunki so`z shunchalik sir-sinoatga ega bir mo`jiza 
hisoblanadi. 
Bir og`iz shirin so`z. Siz bu so`zning naqadar umidbaxsh va katta qudratga ega 
ekanligini his qilganmisiz? Qiziq, ba`zan noyob dori-darmonlar – u zamonaviy 
meditsina asbob- uskunalari ham ojizlik qilib qolganda ham mana shu bir og`iz 
so`z bemorga ruhiy dalda, jismoniy quvvat bag`ishlaydi! Chuniki so`z xoh yaxshi, 
xoh yomon bo`lsin, avvalo, bosh miyaga ta`sir qiladi. Bosh niya esa organizmdagi 
butun jarayonlarni boshqaradi va nazorat qiladi. Yomon so`z orqali 
asabiylashganda, odamning aft-angori o`zgaradi, rangi o`chadi, qo`l va oyoqlari 
titraydi, quloqqa so`z kirmaydi, faqat o’lishi va yurak urushi tezlashadi. Shu payt 
kishi o`zini bosib ololmasa , yomon kasallikka chalinishi mukin. 
Rivoyat qilishlaricha bir kuni Luqmoni Hakim ko`chada ketayotgan ekan. 
Qarasa, sal oldinda borayotgan bir qiz dam-badam qon tuplarmish. Hakim qiz 
uyiga kirib ketgach, uning orqasidan kirdi. Luqmoni Hakim qizning otasiga : 
”Qizingiz bedavo dardga uchrabdi, afsuski , muolajaning iloji yo`q”, - debdi. 
Uning bu so`zlarini haligi qiz eshik orqasidan eshitib turgan ekan . Birdan yuragi 
duk-duk urib qaltirab yiqilibdi va hushidan ketibdi. Xullas, shu bir og`iz so`z 
oqibatida qiz ruhiy dardga giriftor bo`lib olamdan o`tibdi...
...Kunlarning birida qizning otasi Luqmoni Hakimni uchratib qolibdi. Shunda 
ota: 
-Taqsir, qizim bedavo dardga chalinganini qanday bilib edingiz?-deb so`rabdi. 
Luqmoni Hakim debdi: 
-Qizingiz ko`chada kela turib, bot-bot qon to`planganini ko`rib edim. 
Bu javobni eshitgan chol shart etib, o`z peshonasiga uribdi. Keyin o`ziga 
kelgach: 


26 
- E, attang, qizim o’sha kuni shotut yeb edi, siz ko`rgan tupig shotut sharbati edi-
ku! -debdi. 
Hakim chol oldida tiz cho`kib , uzr so`rabdi: 
- Siz menga va bizdan so`nggi avlodlarga unutilmas saboq berdingiz. Bir so`z bilan 
soppa-sog` odamni o`ldirish yoki bemorni oyoqqa turg`izib yuborish mumkin 
ekan! Yunonlar:”Dardni bilmasang, yaxshisi sen bemorni tinch qo`y”, -deb bejiz 
aytmagan ekanlar.(210) 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling