Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami
ISMOIL SOMONIY MAQBARASI
“Ilm-fanni egallash har bir muslima va muslimga farzdir”. Bu da’vat Buxoro shahridagi madrasa eshigining yuqori qismida o’yib bitilgan. Buxoro O’rta Osiyoning ko’hna shaharlaridan. Bu o’lkani va unda qad ko’targan dastlabki shaharni aholi qadimda ”Bug’ora”, ya’ni ”tangri jamoli” deb yuritishgan. Buxoro ko’p asrlar davomida O’rta Osiyoning asosiy shahri bo’lib keldi. Bu esa arxitektura yodgorliklarining nihoyatda ko’payib ketishiga sabab bo’ldi. Hozir shaharni ”muzey shahar” desa arziydi. Bu nomga butun manzaralari saqlangan holda o’sib borayotgan qurilishlar, inshootlar juda mos keladi. Buxoro tarixiy obidalarga juda boy. Bu obidalardan biri Ismoil Somoniy maqbarasi hisoblanadi. Ismoil Somoniy 849-yilda Farg’ona shahrida tavallud topgan. 14 yoshida otasi vafot etib, akasi Nasr qo’lida qolgan. Ismoil Somoniy o’z hokimligining (874-907) dastlabki davrlarida katta qiyinchilikka duch keladi. Ismoil Somoniy o’z davrining yirik va aqlli davlat arboblaridan bo’lgan. U asosiy diqqat- e’tiborini o’z davri uchun ilg’or hisoblanmish markazlashgan davlat tizimini joriy etishga qaratdi. Ismoil Somoniy shunday bir qudratli markazlashgan davlat barpo qiladiki, bu davlat o’sha vaqtda Sharqda shuhrat topadi. Ismoil Somoniy aqlli, adolatli, shafqatli, fikr va tadbir egasi bo’lgan. U 907-yilda vafot etadi. Taxtga o’g’li Ahmad(907-914) o’tiradi. Ismoil Somoniy maqbarasi Somoniylar nomli madaniyat va istirohat bog’ida joylashgan. Maqbaraning ichki va tashqi devorlari jimjimador tiniq g’ishtdan qurilgan. O’sha vaqtlarda koshin bo’lmagani uchun bino shunday usul bilan bezatilgan. Ustalar kvadrat shakldagi g’ishtlarni har xil usulda terib, devorni badiiy jihatdan juda chiroyli qilib bezatganlar. Bu o’ziga xos naqsh maqbaraning tekis devorini juda nafis qilgan. Ertadan kechgacha quyosh og’ishgan sari maqbaraning g’isht bezaklari ham har xil tusga kirib tovlanadi. Oy yorug’ida , ayniqsa, chiroyli bo’ladi. Jahon arxitekturasida bu usulda bezatilgan birorta boshqa tarixiy yodgorlik yo’q. Shuning uchun ham maqbara jahon ahamiyatiga egadir. Agar bu maqbaraga har tomonlama qaraganda 7 xil tovlanadi. Maqbaraning to’rt tomoni bir xilda. Maqbaraning yuqori qismida binoning bir tomondan ikkinchi tomoniga o’tgan qirq darchali yo’lak mavjud. Bu yo’lak yodgorlikning chiroyini biroz ochadi va uning vazmin gumbazini yengillashtiradi. 34 Maqbara kvadrat shakldagi pishiq g’ishtdan qurilgan. Devorlari tekis bo’lib, to’rt tomondan bittadan ravoqli eshigi bor. Yog’och xariga maqbaraning qurilgan vaqti va boshqa yozuvlar yozilgan, sharq tomoni binoning old tomoni hisoblanadi. Maqbara atrofiga g’ishtdan maydoncha qurilgan. Hozir bu yerga sayohatchilar tez- tez kelib turadi. Ismoil Somoniy maqbarasini vatanimizdan tashqari joylarda ham yaxshi biladilar. Maqbara kub shaklida bo’lib, yarimsharsimon qubba bilan yopilgan. Burchaklarda to’rtta kichkina qubba bor. Devori qalin bo’lganligi tufayli bu yodgorlik ming yildan beri yaxshi saqlanib kelinadi. Ismoil Somoniy maqbarasi har tomonlama o’z davrining manfaatlari va ruhini aks ettiradi. Yozma manbalar va xalq rivoyatlariga qaraganda, bu yodgorlik Somoniylar sulolasi Ismoli Somoniyning o’zi hayot bo’lganda otasining qabri ustiga qurilgan. Keyinchalik o’zi ham shu yerga dafn etilgan. Bu yodgorlik 892 va 907-yillarda qurilgan deb taxmin qilinadi. (339 so’z) Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling