Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


-SINF  15  NODONLIK-YOVUZLIK


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

6-SINF 


15 
NODONLIK-YOVUZLIK 
Qadim yunon faylasufi Suqrotning aytishicha, dunyoda bitta ezgulik bor-
bilim. Bitta yovuzlik bor - nodonlik. Darhaqiqat, shunday: hayotda qanchaki ezgu 
va oliyjanobliklar bo’lsa, bu bilim mevalaridir. Neki jaholat, tubanlik, 
maydakashliklar bo’lsa- barchasi nodonlikka borib taqaladi. 
Nodon qo’lida yarog’i yo’q jallod. Shuning uchun jahondagi barcha saltanat 
qotillari xohlagan paytlarida nodonlarga qurol tutqizib, qon to’kib maqsadlariga 
erishib kelganlar. Bugina emas, nodonlar yer yuzida bu qadar keng o’rin 
egallashmaganida edi, dunyodagi har turli aldov va katta-kichik yolg’onlarning 
“tegirmonlari” allaqachonlar barham topgan bo’lurdi. “Nodon do’stni do’st soniga 
kiritma: aql shamini uning behuda afsonasi yeli bila o’chirma, -deydi Navoiy.
Biz, odatda, o’qishga hafsalasiz, savodi sustroq kishilarni nodonlar deyishga 
moyillik sezamiz. Bu uncha to’g’ri emas. Qadimiy kitoblarda: ”Foydali ilm bilan 
mashg’ul bo’lingiz, befoyda ilmdan saqlaningiz!”-deyilgan. Xo’sh, inson uchun 
foydali ilm nima? O’zini oqil hisoblab yurgan bilag’onlarga shu savol bilan 
murojaat 
etib 
ko’ring, 
ularning 
zukkoligida 
naqadar 
gumrohlik 
mujassamlashganligini darrov payqaysiz. Balki ular A.Oripov aytganiday, “hadis-u 
hisobdan” also adashmas. Balki boshlarida “aljabr usuli uyum va uyumdir”. Lekin 
asosiy ilm yo’q ularda. Bu -Vatanni sevish ilmi. Buni o’tmishda “ Ilmu hubbul 
Vatan” deb atashgan. Sevmoq uchun avval topmoq kerak. Ashaddiy nodonlar 
vatanda bevatan bo’lganlar. Bundaylardan harqanday bedodlikni kutish mumkin.
Axir shundaylar emasmi ibn Sinoday buyuk zotning ruhini ezganlar. U yozgan edi: 
O’zini dono bilgan bu uch-o’rt nodon, 
Eshak tabiatini qilur namoyon. 
Ular davrasiga qo’shil, eshak bo’l, 
Bo’lmasa, kofir deb qilishar e’lon. 
Manmanlik nodonlikning cho’qqilaridan. Bu ”cho’qqi”ga chiqqan odam 
zaminni unutadi. 
Qaysiki elda haqiqatning bag’ri t’ilinib, adolat ystunlari qulatilsa, biling: u 
yurtda g’ofillar baland mavqelarni egallab olishgan. (194 so’z) 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling