Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

 
NAVRO‘Z 
 


17 
Navro‘z Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining yangi yil bayrami sanalib, 21- 
mart kuni nishonlanadi. 
Bu bayram O‘rta Osiyoda Islom dini o‘rnatilmasidan oldin ham 
nishonlangan. Navro‘z haqida ko‘plab afsona va rivoyatlar, shuningdek, ilmiy 
asarlar ham mavjud. 
Jumladan, Umar Hayyomning (1048-1132) “Navro‘znoma” asarida 
quyidagilarni o‘qiymiz: “Navro‘zning joriy qilinishi sababini aytsak, u shundan 
iboratki, oftobning ikki aylanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha: Oftob har yuz 
oltmish besh kun - kecha - kunduzning to‘rtdan birida Hamal burjining birinchi 
daqiqasiga chiqib ketgan paytining o‘zida yana qaytib keladi va har yili bu davr 
kamaya boradi. 
Jamshid bu kunni tushunganidan keyin Navro‘z deb atadi va bayram qilishni 
odatga aylantirdi… 
Aytishlaricha, birinchi Ajam podshosi Kayumars podshoh bo‘lgandan keyin 
yilining kunlari va oylariga nom berishga hamda odamlar bilsin deb yilnoma joriy 
qilishga qaror qilgan, u tongda oftob Hamal burjining avvalgi daqiqasida kirgan 
kunni aniqlab, Ajam mubadlarini yig‘di va yil hisobini shu paytdan boshlashni 
buyurdi”. 
Mana shunday qadimiy bayram sobiq sho‘rolar tuzumi davrida deyarli 
unutildi. Uni ta’qiqlab ham qo‘yishdi. 
Shukurki, istiqlol bu ajoyib bayramni xalqimizga qaytarib berdi. Endilikda u 
O‘zbekistonda bahor, mehr-muruvvat, do‘stlik bayrami sifatida keng 
nishonlanmoqda. (177ta so’z) 
 
 
 
ABU NASR FOROBIY 
 
Abu Nasr Forobiy IX asrning 70-yillarida Sirdaryo bo‘yidagi Forob 
qishlog‘ida tug‘ildi. Forobiylar oilasi turkiy qabiladan edi. Forobiy Bag‘dodda 
o‘qidi, arab, grek, yana bir necha tillarni mukammal o‘rgandi. Falsafa mantiq, 
astronomiya, matematika, tabobat va musiqa bilan shug‘ullandi. «Sharq Arastusi» 
(Sharq Aristoteli) va Aristoteldan keyingi ikkinchi ustoz – «Muallim-as-soniy» 
nomlari bilan shuhrat qozondi. Forobiy Aristotelning «Metafizika», «Fizika», 
«Meteorologiya» va boshqa asarlariga sharhlar yozdi. (Buyuk alloma ibn Sino ham 
uning sharhlaridan foydalanganligini yozadi.) 
Forobiyning falsafa, mantiq, matematika, fizika, kimyo, tabobat, tabiat 
hodisalari, tilshunoslik, she'riyat, notiqlik san'ati, axloq, ta'lim-tarbiya va boshqa 
sohalarga oid asarlari keyinchalik boshqa tillarga ham tarjima qilinib, dunyoga 
keng tarqalgan. 
Forobiy 160 dan ortiq asar yaratgan. Afsuski, ulardan bizga 40 ga yaqini etib 
kelgan, xolos. Forobiy olim bo‘lish bilan birga, mohir musiqachi va shoir ham edi. 
U kamtar va kamsuqum inson bo‘lib, faqirona kun kechirgan, saroy olimi bo‘lishni 
istamagan. 


18 
Umrining oxirida Misrda, so‘ng Damashqda yashab, o‘sha erda vafot etgan. 
Ulug‘ Sharq olimining merosi keyingi avlodlar uchun katta xazinadir. 1975 
yili Abu Nasr Forobiyning 1100 yillik to‘yini butun taraqqiyparvar insoniyat 
tomonidan nishonlanishi ulug‘ olimning jahonshumul mavqeyidan dalolatdir. 
(174ta so’z) 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling