Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- QADRIYATLAR QADR TOPMOQDA
ICHANQAL’A
Ichanqal’a Xiva shahrining ramzidir. Ichanqal’a “ichki qal’a” demakdir. Bu nom shaharning tashqi devori qurilgach qabul qilingan. Ichanqal’a maydoni o‘rta asrlardagi Xiva shahri maydoniga to‘g‘ri keladi. U mustahkam devor bilan o‘ralgan. Devorning balandligi 7-8 metrga teng, qalinligi 5-6 metr. Shimoliy darvoza Bog‘cha darvoza deb ataladi va Urganch yo‘liga olib chiqadi. Sharqiy darvoza “Polvon darvoza” deb atalib, Amudaryo va Xazoraspga olib chiqadi. Janubiy va G‘arbiy “Ota darvozalar” 1920- yilda nurab ketgani sababli buzib tashlangan.1975- yilda esa qayta o‘z holiga keltirilgan. Ichanqal’a ichkarisida noyob me’morchilik obidalari va hovli – joylar saqlanib qolgan. Ichanqal’a devorlari asosan paxsadan qurilgan. Ba’zi orinlarda xom g‘ishtlar ishlatilgan. Arxeologiya tekshiruvlari davomida qal’a devorlari yonida qadimiy Xorazm me’morchiligining qoldiqlari topilgan. Bu noyob san’at durdonasi davlat himoyasiga olingan bo‘lib, uni ta’mirlash ishlari olib borilyapti. (122ta so’z) QADRIYATLAR QADR TOPMOQDA Xalqimizning bayramlari ko‘p: Navro‘z, Mehrjon, Hosil bayrami. Men bu bayramlarni yaxshi ko‘raman. Bu bayramlarda xalq sayllari o‘tadi. Navro‘zga bag‘ishlangan xalq sayllari, ayniqsa, zo‘r o‘tadi. Katta-katta doshqozonlarda osh, sumalak kabi taomlar tayyorlanadi. Lekin muhimi bu emas. Shahar markazlari, dalalarda, bog‘larda xalq sirki artistlarining tomoshalari boshlanadi. Masxarabozlar, dorbozlar yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashadi. Sayllar milliy o‘yinlarsiz o‘tmaydi. Uloq, qizquvdi kabi o‘yinlar hech kimni befarq qoldirmasa kerak... 14 Polvonlar ham shu kuni o‘zlarining nimaga qodirligini ko‘rsatish uchun gilamga chiqishadi. Dunyoga yuz tutayotgan o‘zbek milliy kurashisiz sayl bo‘larmidi axir. Saylda hamma xursand. Har kim miriqib dam oladi. Bayramlar ertangi kunimizga ishonchimizni mustahkamlaydi. Xullas, ozod yurtga bayramlar yarashadi. Ona O‘zbekistonimizning har kuni bayram bo‘laversin. (107ta so’z) Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling