12
YO‘L QOIDASI – UMR FOYDASI
Shahrimiz ko‘chalari gavjum. Hamma biror ish bilan qayergadir shoshiladi.
Ba’zan yo‘l qoidalariga bee’tibor ham bo‘lishadi.
Kichik qoidabuzarlik katta ko‘ngilsizlikka olib kelishini unutmaslik lozim.
Zero, bizni ko‘rib turgan kichik bolalar bizdan o‘rnak olishlarini hammamiz yaxshi
bilamiz. Yo‘llarni belgilangan joylarda kesib o‘tish, svetofor ko‘rsatmalariga rioya
qilish ko‘p ham vaqt talab qilmaydi-ku!?
To‘xtab
turgan avtobusni, trolleybusni orqa tomondan,
tramvayni esa old
tomondan aylanib o’tish kerak.
Yo‘lni kesib o‘tishda avval chap, keyin o‘ng tomonga qaraladi.
Shu oddiygina qoidalarni bolalikdan bilamiz. Keling, ularga amal qilaylik.
Toki yollarda baxtsiz hodisalar ro‘y bermasin.
Do’stim, s
vetoforning ranglari
qanday ma’no bildirishini bir eslab ko’ring va bayonni davom ettiring.
Oq yo‘l sizga, azizim! (100 so’z)
Do'stlaringiz bilan baham: