Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami
SABR-QANOAT HAQIDA Sabr-qanoat insonlar uchun buyuk bir fazilat. Inson har bir ishni sabr va qanoat bilan olib borsa, maqsadiga erishadi. Tinch va rohatda yashashni istagan kishi har ishda oshiqmay ohista harakat qiladi, nafsini falokatdan, g’ururdan saqlaydi. Sabr boshimizga kelgan balo va qazolarga chidamli bo’lishimizni talab etadi, shuning uchun ham, birinchidan, har bir ishda sabr bilan harakat qilish lozim. Islom dinida sabr yuksak fazilatlardan biri bo’lib, mo’min-musulmon kishining ruhiy tayanchi va hidoyatga boshlovchi omildir. Sabr haqida “Qur’oni Karim” da yetmish marotaba zikr qilingani ham bejiz emas. Boshqa hech qaysi fazilat bu miqdorda zikr etilmagan. Shuning uchun ham “Qur’oni Karim” ning “Anfol” surasining 46-oyatida “Sabr-toqat qilingiz! Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadur”,-deyilgan. “Qur’on” sabrli kishilarda uch xislat borligini, bu xislatlar ulardan boshqalarda bo’lmasligini aytadi. Birinchisi, ularga Allohning mag’firati bo’ladi. Bu ular uchun maqtov bo’lib, bu dunyoda ham, u dunyoda ham sharafdir. Ikkinchisi, Allohning rahmati. Musibat uchun Alloh lutf va ehson qiladi. Uchinchisi, ular hidoyatda yurgan kishilar hisoblanadi. Haq va to’g’ri yo’lda ekanliklari uchun musibat chog’ida o’zini qanday tutish kerak bo’lsa, shunday tutganliklari bois, ularga xafagarchilik va dard-u hasrat o’z hukmini o’tkaza olmasligi ta’kidlanadi. Sabr-toqatli kishi har bir ishda diyonatli, adolatli bo’ladi. U boshqalarning kamchiligidan kulmaydi, aksincha, unga yaqindan yordam beradi. Sabr-qanoatli odamda atrofdagilarga huzur bag’ishlaydigan odatlar paydo bo’ladi. Sabr-toqat qanchalik og’ir bo’lmasin, keyinroq shodlik keltiradi. Shu bois, sabr bilan zafar bir-biriga qadimdan do’st bo’lib kelmoqda. (165 so’z) ZULFIYAXONIM Dunyo qadim-qadimdan sharq ayoli, turkiy ayollarni yaxshi tanigan. Tarixning barcha bosqichlarida ular dunyoga o’zining borligini goh mardlik, jasorat bilan, goh tadbir-u oqilalik bilan, goh she’riyat bilan bildirib, tanitib, tan oldirib kelganlar. Ana shu zotlardan biri Zulfiyaxonim bo’lib, u el muhabbatiga, ayollar ishonchiga tasodifiy bir holatda muyassar bo’lgan emas. Opaning huzuriga 20 olis qishloqlardan yuzlari quyoshda qorayib ketgan, ajinlari bolalagan ayollar qo’llarida go’dagi bilan madad so’rab kelardi. Ustoz ularning boshini silar edi, yupatar edi. ”Sakson yil lovullab, so’nmagan o’tman” deydi Zulfiyaxonim she’rlarining birida. Men dengizning labida turdim, Dengiz to’lib chayqaldi yurak. Xalqning og’riqlariga, quvonchlariga joni bilan tutashmagan shoira bunday yoza olamaydi. Biz shoiraning ovozlarini, chiroyli qarashlarini, issiq qo’llarini sog’ingan edik. Ular xonaga kirganda bir qalqib tushib, o’zimizni o’nglab olar edik. Balki, Prezidentimiz Farmoni bilan adabiyotimizga kirib kelayotgan yangi Zulfiya qizlarining kuchli ovozlari bu sog’inchimizni bosar. Balki, ustozni ko’rgan ko’zlarimiz bilan bir-birlarimizga termulib, bu sog’inchga malham toparmiz. Nima bo’lganda ham biz: Bu bog’lar bir bog’lar bo’ladi hali” degan taskin bilan yashaymiz. Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling