Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami
XATONI ANGLAMOQ - XALOS BO’LMOQ “Kimki o’zini yoqtirsa, qanday yomon”,-deydi Alisher Navoiy. Gap bu yerda xudparastlik haqida ketmoqda. Shoirning fikricha, o’zni sevish inson johilligidan dalolatdir. O’ziga bino qo’yganlar-qafasdagi qush, qo’radagi hayvonlarni eslatishadi. Ularning qalbi va aqli xudbinlik qafasi. Savol tug’iladi: “Xo’sh, inson o’zini-o’zi qadrlamasligi kerakmi?” Qadrlashi lozim. Bu - shart. G’urur sustligi yomon narsa. Mag’rurlik-tamagirlik va xushomadgo’ylikka qarshi bir qalqon ekanligini hamma ham anglay olmaydi. “Norning it oldida cho’kkanin ko’rdim”,- deydi shoir A.Oripov. Bu- g’ururini muhofaza qilolmagan “azamat” zotlarning ayanch qismati. Takabburlik, xudparastlik bilan g’urur chegaralari boshqa-boshqaligini fahmlay olmaslik ko’p tuban xislatlarga rivoj beradi. Istagan kishidan: “O’zingni o’zing bilasanmi?”-deb so’rang. Albatta: “Bilaman!”-deydi. “Nimalarni bilasan?”-deb yana qiziqing. Aksariyatidan to’tr-besh jumla yuzaki 22 gap eshitasiz, vassalom. Odamlarning: “O’zimi o’zim bilaman!”-deb o’ylashlari ko’pincha aldamchi tuyg’u bo’ladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning fikrlarini eshiting: Meni kishi demasa el malul nevchun o’lay, Kishi hisobida men ham o’zumni chun sanamon. Baytning mazmuni: el meni kishi hisoblamasa, nega g’amgin bo’lay? Chunki mening o’zim ham o’zimni odam sanamayman. Navoiy el hukmini oliy hukm deb bilgan. Kishining el nazarida bir chaqalik qadri bo’lmasa-yu, u o’zini- o’zi ko’klarga chiqarib yursa? Bir narsaga tan beraylik: odam bolasi ayb va xatolariga ko’ngilchan bo’ladi. U o’zining bu baxtsizligini ko’pincha sezmaydi. Navoiy: Shoirlar yomon she’rni o’z iste’dod farzandidek yaxshi ko’rgani kabi, odam farzandi o’z xatosini ham ma’qul ko’radi,”-deganida naqadar haq, qanchalik uzoqni ko’ra olgan. (188 so’z) Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling