Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

MUQBIL VA MUDBIR 
Bir yo'laro ikki o'rtoq ketib borardi. Ulardan biri bilimsiz, ikkinchisi esa 
tariqat bilimdoni edi. Biri nuqsonli, ikkinchisi esa komil sifatlar egasi bo'lib, 
unisining oti Mudbir(baxtsiz), bunisining oti esa Muqbil(iqbolli) edi. Ulardan har 
birining ismi jismiga munosib bo'lganidek, jismi ham ismiga mos edi. Muqbil iloh 
ahllari haqida, dindagi komil va ogoh kishilar to'g'risida so'z aytsa, Mudbir esa 
butni vasf etuvchi kofirlarga o'xshab faqat nuqson ahli haqida so'z yuritardi. Unisi 
dard-u o'rtanishlardan gapirsa, bunisi yaltiroq tashqi ko'rinishlar haqida valdirar 
edi. Shu tariqa ular bir-birlaridan hech bahra topmay, yo'lda davom etishardi. Ular 
qarshisida bir go'zal shahar namoyon bo’ldi. Hamrohlar uni g'animat bilib, tezda 
bir-birlaridan ajralib ketdilar. Muqbil faqirlar turadigun ko'chaga, Mudbir esa 
ko'ngilochar joylarga yo'l oldi. 
Mamlakat shohi Muqbilga yuz hurmat va ehtirom ko'rsatib, uni ko'rgani keldi. 
Shoh u bilan suhbatlashib turganida yomon xulqli Mudbirni bir guruh odamlar 
sudrab kelishdi va uning qilmishidan arz etishdi. Aytishlaricha, bu kecha bir to'da 
bezorilar ichib, aysh-u ishrat qurishibdi. Ulardan biri Mudbirga "Sen 
badbasharasan" degan ekan, shu so'zi uchun bu ablah o'sha odamga xanjar urib, 
halok qilibdi. 
Shoh buni eshitgach, odillik ko'rsatib, Mudbirdan qasos olish haqida hukm 
chiqardi. 
Kamtar kishi (Muqbil) ana shu tarzda shoh suhbatiga musharraf bo'lib, oliy 
martabaga erishdi. Xudbin (Mudbir) esa shu yanglig' jazosini topdi. Darhaqiqat, 
uchqun yuksak osmon sari ko'tariladi, yaltiroq chivin bo'lsa axlat ustida qoladi. 
(216ta so’z) 
OFTOB OYIM 
(Onam haqida) 
Ismingizni kim qo`yibdi, Oftob oyim ?! Ismingizday yuzingiz, ko`zingiz, so`zingiz 
issiq, nurli, haroratli. 
Oftob oyim, Siz bugun momosiz. Oppoq sochlaringiz oq ipakdir, ko`zlardagi 
mehr, mehnatkash qo`llardagi saxovat, bekalikdagi mahoratga ta`rif yo`q. Siz bir 
paytlar kelin bo`lgansiz. Sumbul sochlaringiz taqimini o`pib yelkalaringizga 


31 
sig`magan , o`smadan payvasta qoshlar parvozi, istarasi issiq bug`doyrang yuzlar, 
kulib turuvchi ko`zlar , ma`no mag`izli so`zlar sizniki bo`lgan.
Bolalar, gul -u lolalar ortingizdan suq bilan qarayotgan oq gul qizil gullarni 
ko`rib, suyungansiz. Bag`ringiz to`lib , yolg`izligingiz ham bilinmagan-da , fahm- 
farosat sizda naqd edi. Andishani toj deb bilgansiz . Turmushda tog` bo`ldingiz , 
bor-u yo`qqa ko`ndingiz. Dilbandlarni oq yuvdingiz, halol pand-u qand berdingiz. 
Oftob oyim, siz muloyim begoyimsiz. Hamon farishtalisiz, kulsangiz dil 
yorishadi, yursangiz gul ochiladi. Gullaringiz g`unchaladi, chiroy ochdi. Gulga 
oshnosiz, do`stga tashnasiz. Mehr izlaysiz, asta so`zlaysiz. Jonga jonsiz, butun 
imkonsiz.
Oftob oyim, siz davlatim, shifo savlatim, she`rim, nafosatimsiz. Keling , issiq 
yuzingizga yuzim bosay, hayot, taft olay, mehnatkash qo`lingiz o`pay, silab bir 
suyay , poyingizga sajdalar qilay, umrlar tilay. Bizni kutasiz, ilinasiz , sog`inasiz – 
yurak bisotingiz, boyligingizni. Mehrlisiz, mehr berasiz, mehrga talpinasiz.
Uyg`oq yashaysiz, g`amlar kelsa ham, ularga qilich solasiz , haromga yo`liqsangiz 
hazar qilasiz . Siz borki , darvozalar ochiq , gul-u rayhonlar xandon, quyosh ham 
kular, uylar ham to`lar . 
Oftob oyim, siz kechirimli, bardoshli, jonsarak ona. Besh qiz- o`g`ilni yaratgan 
ona, ertaklar-u rivoyatlar yaratgan ona . Tong saharlab uyqudan turib, oydin baxt-
u risq –ro`zlar so`ragan ona. Ismingizni so`rasalar, xosiyatli, insof- diyonatli, 
qalbingiz go`zal. Siz muhtaram, chin volidam, Makkatilloyimsiz, mening onam – 
Oftob oyimsiz.(200 so’z) 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling