Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami
KARVON QO`NG`IROG`I
Karvon qo`ng`irog`i jarangi. Bugun va o`tmish sadosi uyg`inlashadi: ...bir yonda yangi -yangi, keng, ravon ko`chalar, osmono`par zamonaviy binolar bilan sayqal topgan ulug` poytaxt –shahri azim, mustaqil yurt faxri Toshkent! O`zini anglamoqchi bo`lgan, avvalo, poytaxtni sevadi. Bir yonda Asaka zavodi. O`zbekning yengil mashinalari. Nelarga qodir emas bu xalq. Kechagina “Senlar bittagina velosiped ham ishlab chiqara olmaysan,” degan g`animlarimiz ko`rsinlar buni. Bir yonda Qamchiq dovoni. Yaxshilar yo`l quradi, ko`priklar bunyod etadi. “Savob ishni har kuni qil, har dam qil”. Sanasak, faxr etgulik muvaffaqiyat ko`p, ammo ular orasida eng muhimi hamma xalqqa, hamma elga suv-u havodek zarur ulug` ne`mat- Tinchlik bayrog`i bilan yangi asrning issiq, nurli quchog`iga talpinyapmiz. “Insoniyat yangi XX asrga qadam qo`yganda bizning o`rnimiz qayerda va qanday bo`ladi?” “ Xon bo`lsang-da bog` yarat, gadoy bo`lsang bog` yarat- bir kunmas bir kun mevasini tatirsan”. Yangi ming yillikda O`zbekistondek bebaho bog`, gulshandiyor bilan kirib boryapmiz. Yangi dunyoga xarobalar emas, mana shunday ko`rkam bog`lar yaratib bergan xalqning to`ridan joy olishga haqqi bormi-yo`qmi? ”Yaxshi niyat- yarim davlat”. Bu so`zni mendek nir qalamkashning niyati deb qabul qilsangiz , murod hosil. Zero , yangi ostonada turgan, avvalo, yaxshi niyat qiladi. Qaysiki oila , qaysiki bino va qaysiki asr poydevori poklik asosida qurilar ekan, unda totuvlik, hamjihatlik, adolat va tinchlik barqaror bo`ladi. 33 Yangi mingyillik! Yangi asr! Men senga pok g`isht qo`yishni istayman. Karvon qo`ng`irog`i eshitilyapti. Hayajonli tarixiy damlar. Yana ming yillardan so`ng shunday hayajonli daqiqalarda avlodlarimizning yangi dunyoni pok kutib olishlarini istayman.(193) Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling