Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Download 471.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Bayonlar-to’plami
AMIR TEMUR
Amir Temur 1336 - yilning 8 - aprelida Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘jailg‘or qishlog‘ida tug‘ildi. U yoshligida xat- savod chiqarib, tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix ilmi va me’morchilikni o‘rgandi. 27 Amir Temurni yaqindan bilgan arab faylasufi Ibn Xaldun jahongirning turk, arab, fors xalqlarining tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarni mukammal o‘zlashtirganini ta’kidlaydi. Amir Temurning hayoti va faoliyatini ikki davrga bo‘lish mumkin: birinchi davr (1360 - 1385) -Movarounnahrning mug‘ul istilosidan ozod qilinib, yagona markazlashgan davlat tuzilishi, o‘zaro urushlar barham topishi; ikkincni davr (1386 – 1405) esa boshqa mamlakatlarga ikki yillik, uch yillik, to‘rt yillik deb ataluvchi yurishlardan iborat. Atoqli nemis olimi M. Beberning yozishicha, “Amir Temur o‘z dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi”. Amir Temur ilm–fan, ma’naviyat ahliga alohida e’tibor, mehribonlik ko‘rsatgan. U davlat, jamiyat oldida turgan har bir muhim masala yuzasidan kengash chaqirar va bu kengashga nafaqat davlat arboblari, sarkardalar, temuriyzodalarni, balki sayyidlar, shayxlar, ilm - fan arboblarini ham taklif etar edi. Sohibqiron bu haqda o‘z qo‘li bilan bitgan, muhim tarixiy manba sanalgan “Tuzuklari”da bayon etgan. Mustaqillik davrida tarixni xolisona o‘rganish, buyuk ajdodlar ruhini yod etish yaxshi an’anaga aylandi. Xususan, Amir Temur nomini tiklash borasida katta ishlar qilindi. 1996- yilning Vatanimizda Amir Temur yili deb e’lon qilingani, Amir Temur ordeni ta’sis etilgani fikrimizning yorqin dalilidir. (214ta so’z) QALB GO`ZALLIGI - INSON ZIYNATI Odamzod hamisha go`zallika intilib yashaydi. Afsuski, bunda tashqi ko`rk- tarovat, husn- malohatning hamisha qo`li ustun. Ma`naviy pokdomonlik, qalb go`zalligi ko`pincha e`tibordan chetda qolib, o`z bahosini topavermaydi. Vaqt o`tishi bilan yuz- ko`zdagi o`t- olov o`rnini son- sanoqsiz ajinlar egallaydi, adl qomat esa kamondan to`n kiyadi. Botiniy malohat esa aksincha. Xuddi sharshara ostidagi gavharmijos yillar davomida sayqallashadi, yangi- yangi qirralari ochiladi, tobora tiniqlasib, ruhiy kamolot sari ko`tariladi. Biroq, inson inson-da, o`tkincha dunyoga aldangani yetmaganiday, ko`zga tez tashlanuvchi ”yulduz”larga umid bog`laydi va tong yorishib quyosh borliq uzra zamin nurlarini sochgandagina qalbida son- sanoqsiz armonlar ila adashganini anglab yetadi. Kunning haqligini, kunduzi barcha barobarligini tusunaveradi. Bor hikmat shundaki, uning qudratini tundayoq his etmoqqa qodir tafakkur kerak. Insoniyat yaralganidan buyon davom etib kelayotgan surunkali ofatlardan biri bu komil inson qadr-qimmatini vaqtida baholay olmaslik, qadriga yetmaslik, iliq nafasiga quloq tutmay, g`animat damlarni g`aflatda, razolat va jaholat iskanchasida o`tkazmoqlikdir. Biroq, bu ham hayotning oxiri emas. Hamma balo poklikni inkor 28 etish bilan nopoklar yo`liga poyandoz to’shalishidadir. Goho hayratdan yoqa ushlaysan: nahotki, ezgulikning peshonasi bu qadar sho`r bo`lsa, oqillikning puch yong`oqchalik qadri sezilmasa, yaxshiliar jazo topsa, yomonlar sarbaland yursa? Yo`q, bunchalik emas. Axir, inson uchun dil farog`atidan ortiq ne`mat bormi? Nega gunohlarimizdan pushaymon bo`lish, istig`for aytish , tavba- tazarru qilish, oxiratni o`ylash o`rniga oxirgi nafasga qadar moddiy boylik, mol- dunyo uchun o`zimizni o`tdan cho`qqa uramiz, dil oynasini xiralashtiramiz. Hol buki, bu dunyoda chinakam qayg`urishga arziydigan bitta yo`qotish bor, u ham bo`lsa imondan ayrilmoqdir.(177) Download 471.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling