Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

ABU RAYHON BERUNIY 
Beruniy 973- yil 4-oktabrda Xorazmda tug‘ildi. Erta yetim qolgan bo‘lsa ham, 
u yaxshi odamlarning qo‘lida tarbiyalandi. Yoshligidanoq ilm-fanga juda qiziqdi. 
Ayniqsa, matematika, astronomiya, geografiya va tibbiyot fanlariga doir ko‘p 
kitoblar o‘qidi. Qadimgi Xorazm tilini, turkiy, fors va arab tillarini puxta o‘rganib 
oldi. Boshqa tillarda ham mashq qildi. 
So‘ngra o‘zi ham matematika va astronomiya, geografiya va tarixdan kitoblar 
yoza boshladi. Yulduzlarni kuzatdi, daryo oqimini o‘lchadi. Turli fanlar sohasida 
kuzatishlar olib borish maqsadida o‘zi ko‘pgina tajriba asboblarini ixtiro etdi. 
Beruniy kamtar va odobli, haqgo‘y va oliyjanob inson edi. 22 yoshida 
Xorazmni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Ancha vaqt Afg‘onistonning 
G‘azna shahrida yashadi. So‘ng Hindistonga bordi. Hindistonda bo‘lganida eski 
hind tili – sanskrit tilini o‘rgandi. Bu uning hind madaniyati, adabiyoti va o‘sha 
davr olimlari bilan yaqindan tanishuviga imkon berdi. Hindiston yeri, tog‘lari, 
daryolari, o‘simlik va hayvonlar dunyosi, xalqi, dini va urf-odatlarini ta'riflagan 
mashhur «Hindiston» asarini yozdi. 
Beruniy har bir ishga mas'uliyat bilan qarar, boshlagan ishini oxiriga 
yetkazishga harakat qilar edi. 
Beruniy O‘rta Sharq olimlari orasida birinchi bo‘lib Yerning shar shaklida 
ekanligini isbotladi va Yer Quyosh atrofida aylanadi, degan to‘g‘ri fikrga keldi. U 
Yer shari o‘lchamini aniqladi. Eni 5 metr keladigan globus yasadi, dunyo xaritasini 
chizdi. Dunyoning qaerida qanday boyliklari borligini aniqladi. Dengiz suvining 
har kuni ikki marta qalqib-qaytib turishini, Oy va Quyosh tutilishlarining sababini 
soddagina qilib izohlab berdi. Amudaryo qaysi vaqtda toshib, qaysi vaqtda 
sayozlanib qolishi jadvalini tuzdi. 
Beruniy 75 yil umr ko‘rdi. Shu davr ichida turli sohalarga oid 160 ga yaqin 
kitob va risolalar yaratdi. Asarlari matematika, astronomiya, geografiya, geologiya, 
farmakologiya, kartografiya, tarix, til, adabiyot sohalariga, shuningdek
etnografiya, falsafa va boshqa fanlarga bag‘ishlangan. 
Beruniyning jahon fani oldidagi buyuk xizmatlari jamoatchilik tomonidan 
e'tirof etilgan va tavalludi ko‘p mamlakatlarda nishonlangan. Uning tug‘ilgan 
shahri, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Toshkent 
Politexnika instituti Beruniy nomi bilan ataladi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston 
Davlat mukofoti ta'sis etilgan. (298ta so’z) 


29 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling