Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


-SINF  TURSUNBOYGA AYTAR SO`ZLARIM !


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

8-SINF 
TURSUNBOYGA AYTAR SO`ZLARIM ! 
(Said Ahmadning ”Ufq” romanidagi Tursunboyga maktub) 
 
Qishloqning bir xonadonida “chiroq yoqildi”, ya`ni Jannat xola va Ikromjon 
tog`a o`g`il ko`rdilar. O`g`lining ismini Tursunboy atashdi. Samimiy odamlar 
xonadonida yoqilgan chiroq siz edingiz, Tursunboy! 
Siz yoshligingizdan ishyoqmas, dangasa, qo`rqoq bo`lib o`sdingiz. Qarang, 
katta yigit ham bo`lib qolibsiz. Afsuslar bo`lsinkim, Jahon urushi bo`lib qoldi. 
Sizni ham urushga chaqirtirishdi. Ota-onangiz ko`plar qatori yakka-yu yolg`izini 
Vatan himoyasiga yuborishdi. Ular “O`g`limiz jang qilib, xalqimni ozod, yurtimni 
obod qiladi” deb orzulagan edilar. Ammo, ammo.....Ota-ona orzusi havodek uchib 
ketdi. Orzulari og`zida qoldi. Siz urush qiyinchiliklariga dosh berolmay qochib 
ketdingiz, so’ngra qishloqning chetida, to’qayzorlarda berkinib yotdingiz. Buni 
onangizdan boshqa hech kim bilmas edi. Bechora Jannat xola....Har kuni o`y-
xayoli, hayoti to`qayzorda bo’lib qoldi.Otangizdan berkitib ovqat olib kelar edi. 
Buni o’zgalar bilib qolishidan juda-juda qo’rqar edi. 
Sizga maktub bitmoqdaman-u, xayolimga quyidagi misralar kelaveradi. 
Jannat xola zorlanayotganga o’xshaydi nazarimda: 
Chakka o’tgan tomga o’xshayman, 
Ko’zimdan yomg’irlar to’kilar tinmay. 


32 
Bu yorug’ dunyoda bormi, bilmayman, 
O’z o’g’lim yo’liga intizor menday... (M.Yusuf) 
Kunlar o’tdi... Onangiz xastalana boshladi, chunki uni vijdon azobi qiynar 
edi. Faqat sizni o’ylar edi. Kunlardan bir kuni ona sizga og’riyotganini aytdi, siz 
bu gapga parvo ham qilmadingiz. Qo’lidan ovqatni olib hayvonlarcha ovqat yeyar 
edingiz. Ha, siz faqat o’zingizni, qorningizni o’ylar edinginz. 
Siz to’qayzordasiz...Ana shunday kunlarning birida ko’chadan, tobut 
ko’tarib, yig’i bilan mahalla-ko’yingiz, qarindosh-urug’laringiz, padaringiz 
Ikromjon o’ta borar edi. Yuragingiz sezdi: tobut ichidagi sizning mushfiqqina 
onangiz Jannat xola edi. Yuragingizni g’am-alam bosdi, chunki shunda siz:”Endi 
menga kim ovqat olib keladi”, deya alam chekdingiz. O’shanda ham o’zingizni 
o’yladingiz. Onaizorga ozgina bo’lsa ham achinmadingiz-a!? 
Nahotki onangizni tuproqqa qo’yib kelishga ham yramagn bo’lsangiz? Yo’q! 
Sizni odam bolasi deya olmayman. 
Tursunboy! Bir umr vijdon azobida qiynalishingizni xayolingizga 
keltirdingizmi? Shu payt sizni haqoratlagim keldi. Yo’q! Yo’q! Unday demayman, 
chunki har bir qilayotgan ishimizning oxiratda javobi bor-ku axir!? Sizni yuraksiz, 
zabonsiz, dilsiz, bir quriyotgan daraxtga qiyoslayman, xolos. 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling