Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

 
VATAN MAHALLADAN BOSHLANADI 
O‘zbeklarda “Mahallang - otang-onang” degan gap bor. Bu qadimdan 
shakllanib kelgan, boshqa davlatlarda uchramaydigan mahallachilik bilan bo‘g‘liq. 
Mahallada begonalar bo‘lmaydi. Hamma inoq, ahil yashaydi. Har xil 
masalalar bamaslahat hal qilinadi. To‘ylar, ma’rakalar mahalla ahlisiz o‘tmaydi. 
Ayniqsa, mahallaning keksalari bu ishlarga bosh-qosh bo‘ladilar, yoshlarga 
maslahatlar berib turishadi. Mahallamiz bizning kichik vatanimizdir. Shuning 
uchun unga tegishli har qanday yangilik, hodisalar menga ham tegishlidir. 
Mahalla - tarbiya o‘chog‘i. U yerda nafaqat yoshlar, kerak bo‘lsa, kattalarga 
ham tarbiya berib qo‘yishadi. Mahalla kattalarining nasihatlari yoshlar uchun katta 
boylik. 
Mahallalar hududini obodonlashtirish uchun xasharlar uyushtirib turiladi. 
Unda katta-yu kichik birdek qatnashadi. Ariqlar, ko‘chalar tozalanadi, axlatlar olib 
ketiladi. Mahalla obod bo‘ladi. Mahalla obodligi esa yurt obodligidir. (110ta so’z) 


12 
YO‘L QOIDASI – UMR FOYDASI 
Shahrimiz ko‘chalari gavjum. Hamma biror ish bilan qayergadir shoshiladi. 
Ba’zan yo‘l qoidalariga bee’tibor ham bo‘lishadi.
Kichik qoidabuzarlik katta ko‘ngilsizlikka olib kelishini unutmaslik lozim. 
Zero, bizni ko‘rib turgan kichik bolalar bizdan o‘rnak olishlarini hammamiz yaxshi 
bilamiz. Yo‘llarni belgilangan joylarda kesib o‘tish, svetofor ko‘rsatmalariga rioya 
qilish ko‘p ham vaqt talab qilmaydi-ku!? 
To‘xtab turgan avtobusni, trolleybusni orqa tomondan, tramvayni esa old 
tomondan aylanib o’tish kerak. 
Yo‘lni kesib o‘tishda avval chap, keyin o‘ng tomonga qaraladi. 
Shu oddiygina qoidalarni bolalikdan bilamiz. Keling, ularga amal qilaylik. 
Toki yollarda baxtsiz hodisalar ro‘y bermasin. Do’stim, svetoforning ranglari 
qanday ma’no bildirishini bir eslab ko’ring va bayonni davom ettiring. 
Oq yo‘l sizga, azizim! (100 so’z) 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling