Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

ICHANQAL’A 
 
Ichanqal’a Xiva shahrining ramzidir. Ichanqal’a “ichki qal’a” demakdir. Bu 
nom shaharning tashqi devori qurilgach qabul qilingan.
Ichanqal’a maydoni o‘rta asrlardagi Xiva shahri maydoniga to‘g‘ri keladi. U 
mustahkam devor bilan o‘ralgan. Devorning balandligi 7-8 metrga teng, qalinligi 
5-6 metr. Shimoliy darvoza Bog‘cha darvoza deb ataladi va Urganch yo‘liga olib 
chiqadi. Sharqiy darvoza “Polvon darvoza” deb atalib, Amudaryo va Xazoraspga 
olib chiqadi. Janubiy va G‘arbiy “Ota darvozalar” 1920- yilda nurab ketgani 
sababli buzib tashlangan.1975- yilda esa qayta o‘z holiga keltirilgan. 
Ichanqal’a ichkarisida noyob me’morchilik obidalari va hovli – joylar 
saqlanib qolgan.
Ichanqal’a devorlari asosan paxsadan qurilgan. Ba’zi orinlarda xom g‘ishtlar 
ishlatilgan. Arxeologiya tekshiruvlari davomida qal’a devorlari yonida qadimiy 
Xorazm me’morchiligining qoldiqlari topilgan. 
Bu noyob san’at durdonasi davlat himoyasiga olingan bo‘lib, uni ta’mirlash 
ishlari olib borilyapti. (122ta so’z) 
QADRIYATLAR QADR TOPMOQDA 
 
Xalqimizning bayramlari ko‘p: Navro‘z, Mehrjon, Hosil bayrami. Men bu 
bayramlarni yaxshi ko‘raman. Bu bayramlarda xalq sayllari o‘tadi. 
Navro‘zga bag‘ishlangan xalq sayllari, ayniqsa, zo‘r o‘tadi. Katta-katta 
doshqozonlarda osh, sumalak kabi taomlar tayyorlanadi. 
Lekin muhimi bu emas. Shahar markazlari, dalalarda, bog‘larda xalq sirki 
artistlarining tomoshalari boshlanadi. Masxarabozlar, dorbozlar yig‘ilganlarga 
xushkayfiyat ulashadi. 
Sayllar milliy o‘yinlarsiz o‘tmaydi. Uloq, qizquvdi kabi o‘yinlar hech kimni 
befarq qoldirmasa kerak... 


14 
Polvonlar ham shu kuni o‘zlarining nimaga qodirligini ko‘rsatish uchun 
gilamga chiqishadi. Dunyoga yuz tutayotgan o‘zbek milliy kurashisiz sayl 
bo‘larmidi axir. 
Saylda hamma xursand. Har kim miriqib dam oladi. Bayramlar ertangi 
kunimizga ishonchimizni mustahkamlaydi. 
Xullas, ozod yurtga bayramlar yarashadi. Ona O‘zbekistonimizning har kuni 
bayram bo‘laversin. (107ta so’z) 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling