Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish


Download 471.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/30
Sana21.09.2023
Hajmi471.08 Kb.
#1683659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Bayonlar-to’plami

SADOQAT 
 
Qadim zamonlarda shunday bir yurt bor ekanki, uning xalqi mehnatkash, 
podshosi odil, hayoti tinch ekan. Shu bois, boshqa bir mamlakat shohining
g`ayirligi kelib, o`sha yurtni bosib olmoqchi bo`libdi. Biroq daf`atan hujum 
qilishga jur`at etolmay, o`sha yurtga o`z xufiyasini yuboribdi. Xufiya o`sha yurtga 
boribdi va mulozimlari safiga kiribdi. So`ng o`z mamlakatiga borib, shohiga bu 
yurtni olib bo`lmaslikni aytibdi. ”Qal`asi mustahkam emas, lashkari ham ko`p 
emas ”, deb o`zi guvoh bo`lgan voqeani aytib beribdi: Bir kuni o`sha podshoh 
shikorga chiqqan edi: Men ham, yigitlar ham birga bordik. Podsho uchqur bir kiyik 
ortidan ot qo`ydi. Shu bois, hammamiz unga ergashdik, biroq kiyik narigi 
cho`qqiga o`tib ko`zdan g`oyib bo`ldi. Terlab ketgan podsho ro`molcha bilan 
peshonasini artmoqchi edi, nogahon shamol kelib, ro`molchani daraga uchirib 


11 
ketdi. Shu sababli qirq yigitning hammasi o`zini tubsiz jarlikka otdi. Qanchasi 
mayib- majruh bo`ldi, ammo omon qolgan bir yigit ro`molchani olib chiqdi va 
podshoga topshirdi.. 
U yurtda bunday yigitlar ko`p, shuning uchun ham bunaqa yurtni yengib 
bo`lmaydi.
VATAN MADHI 
Vatandan shirinroq narsa yo`q. Axir, odamlar nimaniki muqaddas deb 
hisoblasa, nimaniki teran mazmun bilan sug`orilgan deb bilsa, bularning barini 
ularga Vatan o`rgatgan emasmi? Mayli, ko`pgina odamlar o`zga yurtlarning 
qudrati-yu ajoyibotidan zavqlansin, imoratlarning dabdaba-yu vasvasasiga qoyil 
bo`lsin, lekin hamma Vatanini sevadi. O`zga yurtning behisob mo`jizalarini 
ko`pchilik ko`rgan, ammo hech kim ularga mahliyo bo`lib o`z yurtini unutib 
qo`ygan emas-ku?! 
Barcha odamlar Ollohdan Vatanini farovonlikda boshqa shaharlarga teng 
qilishni so`raydi-yu, lekin tanlashga kelganda har qancha faqir-u ko`rimsiz bo`lsa-
da, faqat o`z Vatanini tanlaydi. 
Vatan hamma odamlar uchun shu qadar azizki, qonun chiqaruvchilar hamma 
joyda eng katta jinoyatlar uchun oliy jazo sifatida Vatandan badarg`a qilishni 
belgilab qo`yishgan. Axir, janglarda safda turganlar uchun eng oliy, eng ulug` 
xitob –Vatan uchun jangga undaydigan xitobdir. Bu xitobni eshitgan hech bir 
odam undan bo`yin tovlashni o`ziga munosib bilmaydi-da . Negaki, ” Vatan” so`zi 
hurkak odamga ham jasorat bag`ishlaydi. 

Download 471.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling